Qirg’iz-tojik chegarasida yana otishma

483
0

Qirg’iziston hukumati matbuot xizmatining xabar qilishicha, 16 yanvar kuni soat taxminan 22:50da Qirg’izistonning Tojikiston bilan chegaradosh Laylak tumanidagi “Aykol” chegara zastavasiga noma’lum qurollangan shaxslar tomonidan hujum uyushtirildi.

Hujum oqibatida chegara zastavasi boshlig’i, katta leytenant T. M. Ismailov halok bo’ldi, chegara zastavasi boshlig’ining o’rinbosari, leytenant N. R. Osmonov va oddiy askar J.Sag’inbay o’g’li yaralandi.

Yengil yaralangan J.Sag’inbay o’g’liga Isfana shahridagi kasalxonada tibbiy yordam ko’rsatilgan bo’lsa, axvoli og’ir bo’lgan N. R. Osmonov O’sh shahridagi kasalxonaga olib kelingan.

Yuz bergan hodisa tufayli chegarani qo’riqlash kuchaytirildi. Hodisa tafsilotlari o’rganilmoqda.

Prezident Almazbek Atambaev halok bo’lgan chegarachining yaqinlariga ta’ziya izhor qildi, yaralangan chegarachilarga tezroq tuzalishlarini tiladi. Shuningdek, prezident huquq-tartibot organlariga chegara zastavasiga hujum qilganlarni aniqlashga ko’rsatma berdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.