Tojikistonga Rossiyadan “yuk-200” kelishi davom etmoqda

477
0

Tojikistonda chuqur ildiz otgan ishsizlik, korruptsiya va tanish-bilishchilik illatlari oqibatida har yili o’n minglab odamlar chet o’lkalarga, xususan Rossiyaga ish izlab chiqib ketishga majbur bo’ladilar. Prezident Imomali Rahmon esa xalq mulkini talon-taroj qilib, oddiy xalqni qishli-qirovli kunlarda ham bir necha soat elektr energiyasi berish bilan aldab qo’yib, Afg’oniston, Pokiston va boshqa davlatlarga milliardlab kilovatt elektr sotish, Xitoy kompaniyalariga oltin konlarini o’zlashtirish uchun keng imkoniyatlar berish orqali ulkan boylik to’plab yotipti.

O’z kunini o’zi ko’rishga majbur bo’lgan oddiy fuqarolar esa yuqorida aytganimizdek, bir burda non topish, yashash sharoitini yaxshilash umidida Rossiya, Qozog’iston va boshqa davlatlarga ish izlab chiqib ketishmoqda. Tojikiston hukumati o’z fuqarolarini o’z yurtlarida ish bilan band qilishni uddasidan chiqmagani etmaganidek, ularni chet o’lkalarda haq-huquqlarini himoya qilish yo’lida hech qanday chora-tadbir ko’rmay kelmoqda. Buning natijasida esa oddiy insoniy huqulardan ham mahrum bo’lgan tojikistonliklarni o’z oyoqlari bilan tark etgan vatanlariga temir tobut – yuk-200da qaytib kelmoqda.

Tojikiston mehnat va ijtimoiy muxofaza vadiri Sumangul Tog’ayzodaning hisobiga ko’ra, o’tgan 2014 yilda Rossiyadan Tojikistonga 862 muhojirning jasadi olib kelingan. Uning so’zlariga ko’ra, muhojirlarning o’limi sabablari turlicha – qotillik, baxtsiz xodisa va kasallik.

2013 yili Rossiyadan 1006 nafar tojikistonlik mehnat muhojirini jasadi olib kelingan bo’lsa, 2012 yili 1055 muhojir temir tobutlarda olib kelingan, ulardan 93 nafarini ayollar tashkil etgan edi. 2011 yilda esa, chet eldan 816 ta Tojikiston fuqarolari jasadlari keltirilingan bo’lsa, shulardan 51 tasini ayollar tashkil etgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.