“RIA Novosti” nashrining O’zbekiston MXX chegarani qo’riqlash qo’mitasidagi manbaga tayangan holda xabar qilishicha, O’zbekiston 2015 yilning birinchi haftasida qo’shni Afg’onistonning chegaraoldi hududida qurolli tuzilmalar va narkotrafik faollashib qolgani munosabati bilan chegarani kuchaytirish bo’yicha qator choralarni amalga oshirgan.
Manbaning so’zlariga ko’ra, “Operativ ma’lumotlar Afg’oniston hukumatiga bo’ysunmaydigan qurolli tuzilmalarning ko’payib borayotganini ko’rsatmoqda”.
Uning aytishicha, O’zbekistonga qo’shni mamlakatlarda vaziyat o’zgarib borayotgan davrda chegara postlarining o’zaro harakatining sxemasi ishlab chiqarilgan bo’lib, bu chegarani belgilangan tartibda, qo’shimcha kuchlarni jalb etmasdan qo’riqlashga imkoniyat beradi. “Bu choralar, birinchi navbatda, texnik hamkorlikni kuchaytirish, razvedkaning qo’shimcha maxsus vositalaridan foydalanish, axborot to’plash bilan bog’liq”, – deya aniqliki kiritdi manba.
O’zbekiston maxsus xizmatidagi manba bergan xabar ortidan Tojikiston maxsus xizmatlari ham o’z davlat chegaralari yaqinida qurollangan jangarilarning xavfli katta guruhi to’plangani haqida axborotga ega ekanliklari hamda chegara hududlarini mustaxkamlash uchun bir qator choralarni ko’rayotgani haqida xabar qildi.
Tojikiston milliy xavfsizligidagi manba, “Biz Afg’oniston bilan chegara hududlarimizdagi ayniqsa, Badaxshon va Panj yo’nalishlaridagi chegaralarimizdagi vaziyatni sinchkovlik bilan kuzatib boryapmiz. Razvedka ma’lumotiga ko’ra, bu erda rasmiy hukumatga bo’ysunmaydigan “Tolibon” va “O’zbekiston Islom harakati” terrorchi guruhlarning qurollangan jangarilari guruhi to’plangan”,- dedi.
Turkiston:
Rossiya O’rta Osiyoda o’z nufuzini saqlab qolish uchun bu mintaqadagi mustabid hokimlarni vahimaga solish orqali ularni jiddiy xatoga yo’l qo’yishga va shu orqali mintaqada beqororlikni vujudga keltirishga harakat qilmoqda.
Avvalroq, Rossiyaning Afg’oniston bo’yicha maxsus vakili Zamir Qobulov Afg’onistonning Tojikiston va Turkmaniston bilan chegarasida mujohidlarning yirik kuchlari o’rnashib olgani hamda ular bahorda faol harakatga tushib qolishlari mumkinligi haqida bashorat qilgan edi.
Albatta O’rta Osiyoda beqarorlik hukm surishidan Rossiya manfaatdor emas, ammo mana shu yo’l bilan Putin o’z siyosati natijasida Rossiyaning bugungi kunda tushib qolgan holatidan va fuqorolarining yashash darajasi pasayishi ortidan paydo bo’lishi mumkin bo’lgan keskinliklardan qutulish uchun O’rta Osiyo yoki Qrimda urush qilish rejasini ishlab chiqmoqchi bo’lyapti.