Tashkilotlar terrorchiligini ko’rasizu, nega Amerika va uning malaylari terrorchiligini ko’rmaysiz, bu ishingiz juda ajoyib!

563
0

Ey musulmonlar ulamolari!

Tashkilotlar terrorchiligini ko’rasizu, nega Amerika va uning malaylari terrorchiligini ko’rmaysiz, bu ishingiz juda ajoyib!

Hijriy 1436 yil robiul-avval oyining 2-6 kunlari Islomiy Vaqf muassasasi Gollandiyaning Eyndxoven shahrida yigirma beshinchi sessiyasini o’tkazdi. Seshanba kuni «mo”tadillik shar’iy va madaniy yo’ldir» shiori ostida boshlangan bu konferentsiya «terrorizm illati, uning tushunchasi, sabablari va undan himoyalanish yo’llari», deb ataldi. Unda ishtirok etgan ulamolar musulmonlarning bugungi ahvolini ayblashdi, dunyoda ular «terrorizm illati», deya atashayotgan narsaning paydo bo’lishida javobgarlikni musulmonlarning bugungi ahvoliga yuklashdi. Ular ayni kasallikka tashxis qo’yib, buning davosi axloqqa rioya qilishda va sof Islomga qaytishda deb belgilashdi. Ularga ko’ra, sof Islom musulmonga boshqalar bilan muomala qilishda «madaniyatli» bo’lishni hamda millatlar va Rabboniy ehtiromga sazovor mazhablar o’rtasidagi nizolardan yiroq bo’lishni farz qiladi.

Bugun G’arb Ummatga terrorist, deya sifatlab, har bir musulmonni terrorchiga, har bir terrorchini esa musulmonga aylantirayotgani e’tiboridan, biz Islom Ummatining ahvolini alam bilan kuzatmoqdamiz. Bularni kuzatar ekanmiz, shunday bir paytda, siz ulamolar tutgan pozitsiyangizdan juda taajjubdamiz. Chunki siz qonlari daryo qilib oqizilayotgan Ummatingizni ko’rib, uning tarafini olish o’rniga, Amerika siyosatini qo’llash bilan Ummatingizga dushmanona pozitsiyani egalladingiz. Biz orangizda Amerikaning Shomdagi yuz minglab birodarlaringiz qonini ichayotgan Asadni qo’llab-quvvatlashini, Kanona eridagi qirg’inlarga sukut qilishini, Liviyadagi xavfsizlik va boyliklar masalasiga panja orasidan qarashini, Yaman qo’zg’olonchilarini terror qilishini, Birmadagi birodarlaringiz qirg’iniga yordam berishini qoralaydigan er kishilar orangizda bor, deb qanchalar umid qilardik! Nahotki, isloh qiluvchilar ham, buzuvchilar ham hukmdor va ulamolar ekanini bilmagan bo’lsangiz? Hokimlardanku mutlaq hayratga tushdik, chunki ularning hammasi o’zlarining G’arb yuvindixo’rlari ekanini allaqachon aniq isbotlashgan. Biroq Ummatning yangi-yangi ulamolari guruhi Islomning ashaddiy dushmani bo’lgan G’arb ko’rsatmalarini ijro etayotganidan har kuni qayta-qayta hayratga tushmoqdamiz. Chunki bu qalbni o’rtaydi, ko’zlarni yoshga to’ldiradi!!

Bu terrorizm, degan narsani – janob ulamolar – Shom qo’zg’olonchilari o’ylab topmagan va u arab bahori orasidan ham kelib chiqqani yo’q. Balki terrorizmni «Oq uy» shaytonlari topib rejalashtirishgan, ularning sehrgarlikda pirlari bo’lgan katta shayton esa uni anbiyolar zaminida pokiza qonlarimizni daryo qilib oqizishlari uchun o’zining yurtlarimizdagi yollangan malaylariga etkazgan. Afsuski siz Asadning terrorchiligidan emas, Shom qo’zg’olonchilari terrorchiligidan tashvishlanadigan bo’lib qoldingiz! Siz o’z uchoqlari bilan Riqqa, Mosul kabi shaharlar osmonidan bomba yog’dirayotgan, erdan kishilar, ayollar va bolalar jasadlarini yig’ishtirib olayotgan Iordaniya, Saudiya, Amirlik va Qatar terrorchiligidan tashvishlanmay, balki G’azo va G’arbiy Sohil terrorchiligidan tashvishlanyapsiz. Zotan, sizlar «Isroil» terrorchiligidan, qolaversa Abbosning Amerikani va uning arzandasini rozi qilish yo’lida o’zining majruh xalqiga qarshi amalga oshirgan terrorchilikdan ko’z yummoqdasiz…

Shularning barchasidan so’ng siz ulamolarga savol: Gollandiya bilan Yevropa Ittifoqining konferentsiyangizga mezbonlik qilib, uni olqishlab, iliq kutib olayotgani juda taajjubli hol emasmi. Axir, ular bugun suriyalik qochqinlarni qochqinlar chodirlarida namoz o’qishlariga ham qo’ymayotgan bo’lishsa, xavfsizlik kuchlari Yevropaning turli davlatlarida musulmonlarni qamoqqa olayotgan bo’lishsa, uylariga qoq tunlari bostirib kirib, ularni bolalari va ayollari ko’z o’ngida tahqirli ahvolda sudrab chiqib ketishib, masjidga qatnash va ilm halqalariga borishdan o’zga «ayb»lari yo’q bo’lgan bu musulmonlarni hech qanday ayblovsiz, sudsiz haftalab zindonlarda ushlab turgan bo’lishsa? Biroq sizdan bu mezbonlaringiz sodir etgan shuncha qilmishlarga qarshi birorta ham qoralashni eshitmayapmiz?!!

Ummatga ulamolaridan etgan baxtsizlik, hukmdorlaridan etgan baxtsizlikdan qattiqdir. Chunki Ummat Alloh Subhanahu va Taologa jonini fido qilgan va shu orqali – insha Alloh – Uning rizosiga noil bo’lgan imom Ahmad, Izz ibn Abdussalom va Taqiyyuddin Nabahoniy kabi zotlar pozitsiyalarini egallovchi rabboniy bir olimni mushtoqlik bilan kutib turgandi…

Ummat ko’zlarini ochdi, uyg’ondi va do’st kimu dushman kim, rabboniy kimu dunyoparast kim tushunib etdi! U salafi solihlar singari kuchli taqvoli olimga ko’z tikmoqda.

Bas, shunday ekan, siz o’sha salafi solihlar bo’ling, bunday qulay imkoniyatni qo’ldan boy bermang, Allohingiz, Rosulingiz, Ummatingiz va uning qo’zg’oloni tarafiga o’ting, G’arb va uning malay hukmdorlaridan voz keching, ularning yuziga haqni tik ayting, bu haq sizni shahidlar sayyidi Hamza ibn Abdulmuttolib  r.a. darajasiga olib chiqsin.

 ﴿يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا لَا تَخُونُوا اللَّهَ وَالرَّسُولَ وَتَخُونُوا أَمَانَاتِكُمْ وَأَنْتُمْ تَعْلَمُونَ * وَاعْلَمُوا أَنَّمَا أَمْوَالُكُمْ وَأَوْلَادُكُمْ فِتْنَةٌ وَأَنَّ اللَّهَ عِنْدَهُ أَجْرٌ عَظِيمٌ﴾

«Ey mo’minlar, Alloh va Rosuliga xiyonat qilmang va sizga ishonib berilgan omonatlarga bila turib xiyonat qilmang! Bilingki, albatta mol-dunyolaringiz va bola-chaqangiz faqat bir fitna-aldovdir, xolos, yolg’iz Allohning huzuridagina ulug’ ajr-savob bor» [Anfol 27-27]

Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot bo’limi

Manzil: al­Mazraa – «Kolumbia TSentr» – Blok B – ikkinchi qavat

Pochta qutisi 14­5010

Telefon: 00961 1 30 75 94

Uyali telefon: 00961 71 72 40 43

Elektron pochta: media@hizb-ut-tahrir.info

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.