Amerika Qo’shma Shtatlari 13 yildan oshiq Afg’onistonda olib borgan bosqinchilik urishlaridan so’ng hech qanday natijaga erishmagan bo’lishiga qaramay u erdan asosiy qo’shinlarini olib chiqib ketishga majbur bo’ldi. Biroq, Afg’onistondan qisman chiqib ketayotgan bo’lsada Markaziy Osiyo ustidan o’rnatgan nifuzidan voz kechish niyati yo’qligi aniq. Shu maqsadda AQSh avvalo Toshkentda NATOning rasmiy vakolatxonasini ochdi. 2014 yilning 16 may kuni bo’lib o’tgan ochilish marosimida Shimoliy Atlantika ittifoqining Markaziy Osiyo va Kavkaz bo’yicha maxsus vakili Jeyms Appaturay ishtirok etgan edi.
Ochilish marosimidan so’ng ommaviy axborot vositalarining vakillari bilan uchrashgan Appaturay O’zbekiston bilan bo’ladigan aloqalarga to’xtalib, “Biz O’zbekiston bilan hamkorlikning asosiy yo’nalishlarini kelishib oldik. Ustivor yo’nalishlardan biri harbiy sohadagi islohatlardir. Hamkorlikning yana bir yo’nalishi terrorizmga qarshi kurash bo’lib, biz bu masala bo’yicha o’zbekistonlik hamkorlarimiz bilan bir qator tadbirlarni amalga oshirishni rejalashtirdik. Yaqinda bir gurux o’zbekistonlik harbiylar NATO dasturi bo’yicha malaka oshirib qaytishdi”, – degan edi. Aslida esa rasmiy vakolatxonini ochilishi Afg’onistondagi NATOning harbiy texnikalarini O’zbekistonga joylash uchun jiddiy qadam bo’ldi.
AQSh Markaziy Osiyoda o’z o’rnini yanada mustaxkamlash maqsadida 5 yanvar kuni Qozog’iston poytaxti Ostona shahrida mamlakatning NATO bilan aloqalari markazini ochdi. Avvalroq, Qozog’iston Tashqi ishlar vazirligi Estoniyaning Ostonadagi elchiligi 2015 yil yanvar oyidan Qozog’iston va NATO aloqalari markazi sifatida faoliyat qilishini e’lon qilgan edi.
Qozog’iston Tashqi ishlar vazirligi e’lon qilishicha, mazkur markazining asosiy maqsadi Qozog’istonni NATO vazifalari va faoliyati bilan tanishtirish hamda bu o’lkaning NATO bilan aloqalarini kuchaytirish va kengaytirishdan iboratdir.
Bundan qaryib bir yarim yil avval, 2013 yilning may oyida Qozog’iston prezidenti Nursultan Nazarbaev NATO qo’shinlarini Afg’onistondan olib chiqib ketilishi uchun Aktaudagi NATO tranzit markazini harbiy baza sifatida bo’shatib berishga tayyor ekanligini ma’lum qilgan edi.
Bundan tashqari AQSh Kaspiy dengiziga suqulib kirishga harakat qilmoqda. Chunki, rasmiy xabarlarga ko’ra, Kaspiy neftining 55% Qozog’istonga tegishli. Neftga boy bu hududni qo’ldan chiqarib yubormaslik uchun AQSh Qozog’istonga harbiy dengi flotini tashkil etishga yaqindan ko’mak ko’rsatib kelmoqda.
2009 yilgacha AQSh Qozog’istonga kichik turdagi 15ta “Aerobot”, 3ta “SAFYe Boats Internatsional” va 4ta desant qo’shinlariga mo’ljallangan o’rtacha hajmdagi katerlarni taqdim qildi. Bundan tashqari Qozog’iston NATOning tinchlik va hamkorlik dasturi orqali Turkiya va Germaniyadan patrul hizmatlari uchun katerlar, Ispaniyadan esa Kaspiy dengizini havodan kuzatish uchun qo’riqlash samolyotlarini qo’lga kiritdi. Iqtisodiy hamkorlikni yaxshilash maqsadida Janubiy Koreya Qozog’istonga o’zining o’rta hajmdagi 3ta qo’riqlash kemalarini taqdim qildi.
Markaziy Osiyoda o’z nufuzi va o’rniga ega bo’lgan ikki respublika, O’zbekiston va Qozog’iston bilan hamkorlikni yo’lga qo’yish orqali AQSh Markaziy Osiyoda o’z nufuzini kengaytirib olmoqchi.