Xitoy xukumati yangi qonun joriy qildi

492
0

Bosqinchi Xitoy xukumati tarafidan Sharqiy Turkistonlik musulmonlarga nisbatan yangi tahdidli qonun joriy qilindi. Yangi qonunga ko’ra, jinoiy ishlarda gumon qilingan uyg’ur musulmonlari qo’lga tushmagan taqdirda oila a’zolari jazoga tortiladi va uy-joylari buzib tashlanadi.

Sharqiy Turkistonning Hoten shahrida istiqomat qilib kelgan Zokir ismli uyg’ur yigiti ustidan o’tgan sentyabr oyida jinoiy ish ochilgan edi. Xitoy hukumati bu yigitni mamlakatda faoliyati ta’qiqlangan Hizbut Tahrirga a’zolikda ayblab, qamoqqa olish uchun qaror chiqqargan. Hukumat kuchlari bir oy ichida Hizb yigitini qo’lga ololmagach, uning oilasiga tahdidli xabarnoma yubordi.

Bir qancha majburiyatlar bitilgan xabarnomada jumladan shunday so’zlar keladi:

Ayblanuvchi Zokir Yosin. Siz qonunan ta’qiqlangan Hizbut Tahrir uyushmasiga a’zolikda ayblanmoqdasiz. Darhol Langzu shahar politsiya markaziga taslim bo’lishingiz talab qilinadi. Aks holda quyidagi rasmiy qarorlar sizga joriy qilinadi. Bularning javobgari faqat siz bo’lasiz.

  1. Sening fuqaroliging bekor qilinadi.
  2. O’zingga va oilangga oid davlat bergan uy va barcha boshqa ko’chmas mulklar qaytarib olinadi.
  3. Nomingga qayd qilingan barcha ko’chmas mulklar musodara qilinadi.
  4. Sen va oilang yashayotgan uy va xujalik qurilishlari tamoman buzib tashlanadi.
  5. Oilang, ota-onang, aka-ukalaring va barcha qarindoshlaring foydalanayotgan qonuniy haq-huquqlar tamoman qaytarib olinadi va bu huquqlar to’lig’icha bekor qilinadi.

Turkiston:

Xitoy xukumatining yuqorida xaddidan oshib qabul qilayotgan qonunlari, bu xalqaro sistemaning mafkuraviy inqirozidan darak beradi. Dunyo sistemasi, mafkuraviy inqirozga yuz tutib borayapti. Bu ularning demokratiya aqidasining asosi bo’lgan, inson erkini himoya qilish negizining darz ketayotganini bildiradi. Bundan ham yomoni, xalqaro hamjamiyatlarining dunyo fuqorolarini bir necha toifalarga bo’lib, ba’zilariga keragidan ortiqroq e’tibor bersa, ba’zi yurtlardagi zulmlarga ko’z yumishadi. Ular dunyoni boshqarishda shu aqidalaridan kelib chiqadigan mafkuraviy adolatlariga asoslanishayotganlari bilan dunyoga jar solishadi. Lekin bu erkinliklarni ximoya qilish masalasi Islom va Musulmonlarga qaratilayotgan zulmlarni bartaraf etishda beparvolik qilishadi, ularga terrorist yoki ekstremistlar kabi atamalar berish bilan, zulmga huquqiy tus berishadi. Bu muomila, o’sha zulm qilayotgan yoki zulmlanayotgan davlatlarning xalqaro siyosatdagi tutgan o’rinlariga bog’liq bo’lib, ularning xar biriga alohida baho beriladi va munosabat bildiriladi. Yuqoridagi Xitoy tomonidan qabul qilinayotgan qonunlarga bo’lgan munosabat ham uning xalqaro munosabatlardagi o’rniga, soddaroq aytganda, Rossiya bilan G’arb olami o’rtasida kechayotgan sovuq urushga munosabati va aloqasi bilan belgilanadi.

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.