Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Afg’oniston masalalari bo’yicha vakili Zamir Kabulov xorijiy askarlar Afg’onistonni tark qila boshlaganligi ortidan Tolibon va boshqa qurolli guruhlar turli harakatlarga qo’l urganligini ma’lum qildi. Rus diplomati Tolibon harakatining Tojikiston va Turkmaniston chegaralarida ikki harbiy baza qurganligini olg’a surdi.
Kabulovga ko’ra, bu yil Afg’onistonda katta tahdidga sabab bo’ladigan yangi omil pado bo’lgan.
“IShID mansublari bu erlarga safarbar qilina boshlaganligi haqida so’z yuritmoqchiman. Hozircha kichkina bir guruh, yuz nafar, balki undan ortiqroq kishi Afg’onistonga safarbar qilindi”, dedi Kabulov.
Afg’oniston masalalari bo’yicha Putinning vakili IShID tashkilotining boshqa qurolli guruhlardan xar tomonlama ustunligi juda tahlikali ekanligini bildirar ekan, Afg’onistondagi urush O’rta Osiyoga ko’chib o’tishini bashorat qildi.
“Bu faqat Afg’onistonga chegaralanib qolmaydigan keng miqyosli urushdan darak bermoqda. Qurolli kurashlarning O’rta Osiyoga ko’chib o’tishi aniq ko’rinib turipti. Hozirdan Tojikiston va Turmaniston chegaralarida ikki baza qurishdi. Bu bazalarda ular etarlicha harbiy quvvatga egadirlar. Tojikiston chegarasidagi bazada 4-5 ming, Turkmaniston chegarasidagi bazada esa 2500 harbiy jangchi mavjud. Jangchilarning asosiy qismi O’rta Osiyodan kelgan muhojirlardir”, dedi Putinning vakili.
Rus diplomati asli O’rta Osiyodan kelib chiqqan mujohid jangchilar ideologik jihatdan o’ta kuchli ekanligiga e’tibor qaratdi. Unga ko’ra, mujohid jangchilar o’z mamlakatlarini qo’lga kiritish uchun jang qilishadi. So’zi davomida Kabulov O’zbekiston va Tojikiston hukumatlari o’zlariga qaratilgan tahdidlarga qarshi kerakli tadbirlarni olganliklarini ham aytib o’tdi.
Turkiston:
Rossiya O’rta Osiyoda yangi fitna boshlamoqchi. U yuqoridagi O’zbekistonni chalg’itish maqsadida tarqatayotgan vaximali fikrlarini, Qirg’iziston va Tojikistonda xam ilgari surib borayapti. Maqsadi, mintaqani distobilizatsiya qilish. Bu Rossiya uchun xech qanday manfaat keltirmaydi. Lekin Putin o’z rejimi bilan Rossiyani olib tushib borayotgan bugungi xolatida, rus fuqorolarning yashash darajasi pasayishi kutilayotgan muqarrar xolat bo’lib qoldi. Putin bu protsessning muqarrarligidan, uni o’zi keltirib chiqarganini yashirish va ushbu protsessdan foydalanib qolishi mumkin bo’lgan G’arbparast quvvatlarni bartaraf etish maqsadida, O’rta Osiyoda yoki Qrimda urush qilish planini ko’rib chiqmoqchi. Qrim Rossiyaning ichki muammosi bo’lganidan, u avval o’zining nufuzi ostidagi tashqi mintaqalarida urush uyushtirishga xarakat qilib ko’radi. Chunki bu uning yordami bilan boshqa davlat ichida va o’sha yurtlarning fuqorolari ishtirokida bo’ladi. Bu Putin uchun, O’ Osiyo migrantlarini baxona qilib ichkarisida o’z rejimini yanada kuchaytirish bilan bir qatorda muxolif quvvatlarni xam biroz bo’lsada izolyatsiya qilib olish imkonini beradi.
O’zbekistonning xavfsizlik masalasini Rossiyaga nima qizig’i bor. O’zbekistonni uning uchun faqat qulay tomoni bor, u xuddi porox bochkasiga o’xshaydi. Karimovning rejimi, imkoniyatining boricha Musulmonlarga qarshi kurashib bo’ldi. Endi Musulmonlarning navbati, degan vaxima etakchi fikrga aylangan. Rossiya shu vaximali qo’rquvlarini kuchaytirmoqchi. Putinning O’zbekistonga qilgan tashrifi chog’ida, Karimovni qiziqtirgan masala shu xavfsizlik muammosi bo’lgan bo’lsa ajab emas. Uning vaximasi xam, Putinnikidan kam emas. Lekin vaximalar tarqatilishidan ko’zlanayotgan asosiy maqsad, Karimovni vaximaga solish orqali kechirib bo’lmaydigan xatolar qilishga undash. Qolgan davlatlarda xam asosan shu maqsad ko’zlangan. Bu xatolar Musulmonlarga qarshi xarakatlarida bo’lishi xam mumkin yoki xalqaro siyosatga nisbatan bo’lishi xam mumkin.