Rossiyaning “Gazprom” tashkiloti, Qirg’izistonni yana gaz bilan ta’minlay boshladi

522
0

Turkiston:

Aprel oyida “gazprom” Qirg’izistondan “qirg’izgaz”ning 100% aktsiyalarini sotib olgan edi. Sotib olish shartnomasi kuchga kirishi bilan, O’zbekiston Qirg’izistonga berayotgan gaz quvirlarini berkitib olgan. Shu kungacha Qirg’izistonning janubiy mintaqasiga O’zbekistonga keladigan gaz to’xtab qolgan edi.

Qirg’iz hukumati, biror marta ham “gazprom”ni ayblab, uni bu muammoning kelib chiqishidagi ishtiroki yoki javobgarligi haqida gapirmadi. Hukumat ham bu muammoda o’z aybi bor ekanligi haqida hech qanday bayonot qilgani yo’q. Atambaev o’zining yil tugashi munosabati bilan bergan matbuot anjumanida, O’zbekistondan gaz undirish Rossiyaning muammosi, shuning uchun u Karimov bilan Qirg’izistonga keladigan gaz masalasida gaplashayapti dedi.

Rossiya O’zbekistonda 2002yil “O’zbekneftgaz” bilan “gazprom” o’rtalarida shartnoma tuzilgandan buyon ishlab keladi. U 2006 yili O’zbekistonda er osti yangi gaz zaxiralarini izlab topish haqida shartnoma tuzgan. 2012 yili “gazprom” O’zbekiston bilan, 2013 yildan 2015 yilgacha O’zbekistondan gaz sotib olish va uning mintaqasi bo’ylab gazni transportirovka qilish haqidagi shartnomani imzolashdi.

Demak 2014 yili Rossiya 2012 yilgi shartnoma asosida Qirg’izistonga yangi quvur tortishi yoki eskisini sotib olishi yoki vaqtinchalik ishlatib turishi mumkin bo’lgan. Nega u Qirg’izistonni shuncha muddat qiyin ahvolda ushlab turdi. Nega endi shu kunga kelib, hatto Qirg’iz hukumatini ogohlantirib ham o’tirmay xuddi syurpriz singari muammoni bir pastda hal qilib qo’ydi. Atambaev shu kunlardagi matbuot anjumanda, “endigi yiligacha sabr qilinglar, kelasi yildan o’z gazimiz bo’ladi. Ungacha gaz bo’lmaydi” degan edi. Demak Atambaevning bu protsesslarda ishtiroki yo’q. Hatto u Rossiya xohlasa O’zbekiston gaz beradi degan avvalgi ishonchlarini ham yo’qotib bo’lgan edi.

Xulosa qilib aytsak, Qirg’izistonni sakkiz oy gazsiz qolishi, Rossiyaning o’z maqsadlaridan kelib chiqib, atayin uyushtirilgan. U bizlarning boshimizga tushib borayotgan barcha og’ir holatlarimizdan, o’z maqsadi yo’lida foydalanib boradi. Ba’zi muammolarni hatto uning o’zi sun’iy uyushtiradi.

Mazkur yuqoridagi holatda ham, Qirg’izistondagi Boj ittifoqiga a’zo bo’lish yoki bo’lmaslik masalasi qattiq talqin qilina boshlangani va bu ittifoq faqat Rossiyaning manfaati uchun bo’layotgani haqidagi fikrlar g’olib bo’la boshlaganidan kelib chiqdi. Qirg’iziston etakchilari buni ochiq tan olishib, hatto ministr Sariev ham, ittifoqqa qo’shilmasak neft qimmatlaydi yoki mutlaqo to’xtaydi, migrantlar masalasi muammoga aylanadi degan ma’nodagi xavf xatarlarni ayta boshlashdi.

Rossiya, qolgan mustamlakachilar kabi o’ta xudbin va vaxshiy hamkordir. U Qirg’izistonda ikki marta davlat to’ntarishini uyushtirdi. Ikki marotaba millatlar aro urush keltirib chiqardi. Minglagan odamlar halok bo’lishdi. Abxaziya, Qorabog’, Serbiya, Checheniston, Ukrainada ham, har birida minglagan odamlar qatag’onga uchragan. Suriyada ham Asadning vaxshiyliklarida u bilan elkama elka turib, yuz minglagan musulmonlarning yostig’ini qurutishga yordam berib keladi.

Atambaev o’zidan avvalgilar olib kelib qo’ygan zaif holatni me’ros qilib oldi. Qirg’izistonning nufuzi o’ta zaif. Lekin xalq bu qudratli kuch. Uni fikriy etakchilikni to’g’ri yo’lga solib tarbiyalay olsakgina, biz yana o’z nufuzimizni qaytarib olishimiz mumkin. Aks holda, Rossiya kabi boshqa nufuzli davlatlar bizni oyog’ osti qilishda davom etishaveradi. Hozirda nafaqat Rossiya singari, o’zimiz kabi uchinchi olam toifasiga mansub yon qo’shni davlatlar ham bizlarga tahdid qila boshlashdi. Biz esa, yuqorida Rossiya neft va gazni bizlarga bosim berish quroli qilib olganini bila turib, aybni o’zimizga olishga majbur bo’laveramiz.

Qirg’izistonning boshiga tushub borayotgan yangi muammolarining barchasi, faqat bir echimga borib taqaladi. Muammo, xalq bilan davlat o’rtasidagi sun’iy paydo qilinayotgan jarlikning kengayishida. Muammoning echimi, shu jarlikni toraytirish bilan amalga oshadi. Mazkur holatimizda bu jarlik, qariyb 90% dan ortiq fuqorosini Musulmonlar tashkil etadigan Qirg’iziston mamlakatini, atayin islomiy jangarilaridan qo’rqitish operatsiyasi bilan, Hukumatni o’z xalqiga qarshi qo’yish bilan, o’rtalaridagi jarlikni kengaytirib borilmoqda. Shularning barchasi Qirg’iziston mamlakati manfaatlariga zid atayin uyushtirilmoqda. Bu holatning davom etaverishi, Qirg’izistonni porox bochkaga aylantirib boraveradi. Natijada biz qutulish maqsadida olib borgan amallarimiz bilan, aynan o’sha qo’rqayotgan vaziyatlarni paydo qilib olamiz.

Qirg’iziston matbuot bo’limi raisi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.