Putin boshchiligidagi Rossiya hukumati Islom va musulmonlarga qarshi kurashda har qanday qonun va insoniy qiymatlarni bir chetga surib qo’yib o’z imkoniyatidagi barcha jirkanch va tuban vositalarni ishga solib kelyapti.
Musulmonlarni kuppa-kunduzi o’g’irlab ketish, tergov hibsxonalarida g’ayriinsoniy qiynoqlar qo’llash bugungi kunda Rossiya kuch organlari uchun odatiy hol bo’lib qoldi. Dog’istonlik student Magamed Aliev terrorizmga aloqadorligda gumonlanib qo’lga olinganidan so’ng tergov mobaynida ko’ziga avtoruchka tiqib tashlanishi natijasida bir necha kundan buyon koma holatida yotipti. Ammo prokuratura bu vaxshiylikni amalga oshirgan politsiya xodimlariga chora ko’rish o’rniga koma holatida yotgan odamni yana qayta hibsxonaga qaytarish masalasini ko’tarmoqda.
Rossiya davlat Dumasi tomonidan terroristik hujumlarni amalga oshirgan shaxsni nafaqat o’zi, balki qarindosh-urug’ va oila a’zolarini ham qo’shib jazolash, hujum natijasida etkazilgan zararni oila a’zolari hisobidan undirish to’g’risidagi qonun loyihasi tasdiqlandi. Mazkur qonun tasdiqlanganidan hech qancha vaqt o’tmay, 4 dekabrga o’tar kechasi Checheniston poytaxti Grozniy shahriga mujohidlar tomonidan hujum uyushtirildi. Hujum ayni avjiga chiqqan vaqtda Putin yaloqxo’ri bo’lgan Ramazon Qodirov Moskvaga, o’z xojasidan maslaxat olish uchun uchib ketdi va uchrashuvdan qaytib kelgan zaxoti vazirlar, kuch organlari rahbarlari, shahar va tuman hokimlari bilan shoshilinch yig’ilish o’tkazdi.
Mazkur yig’ilishda barchaga barobar tahdid qilgan Ramazon Qodirov, “Agar biror tuman yoki shahardan loaqal bitta odam qo’liga noqonuniy qurol olib banditlar safiga qo’shilsa, mazkur tumanni mas’ul shaxslari darhol iste’foga ketadi. Bu ish amalga oshmasligi uchun kecha-kunduz ishlaylar… Men rasman ma’dum qilamanki, ota-onalar farzandlari hatti-harakati uchun javobgar emas deguvchilarni vaqti o’tdi. Chechenistonda javob berishadi… Agar Chechenistonda biror terrorist politsiya xodimi yoki boshqa odamni o’ldiradigan bo’lsa, terroristning oila a’zolari Chechenistondan qaytib kelish huquqidan mahrum qilingan holda badarg’a qilinadi”, degan edi. Qodirovning mazkur bayonotidan so’ng noma’lum shaxslar tomonidan hujumda ishtirok etgan mujohidlarning uylariga o’t qo’yib ketildi va tabiiyki butun boshli xalq va musulmonlarni qo’rquv ostida ushlab turgan birinchi raqamli terrorist Putin yaloqxo’rlari o’z qilmishlari uchun hech qanday javob berishmadi.
Boshqa mustabid tuzumlar qatori Putin boshchiligidagi hukumat ham Islom va musulmonlarga qarshi kurashda ayollarni ham chetlab o’tmayapti.
Sverdlov viloyati Pervouralsk shahar sudi 23 yoshli muslima Elvira Sultonaxmetovani yangi yil va boshqa g’ayriislomiy bayramlarni nishonlamaslikka chaqirgani uchun sud qilmoqda. Bu muslima singlimizni RF jinoyat kodeksning 282 (Nafrat yohud adovat qo’zg’ashlik) moddasi bo’yicha ayblashmoqda. Mazkur moddaga asosan Elviraga nisbatan 300 ming rubl jarima solish yoki ikki yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlanishi mumkin.
Prokuraturaning iddaosicha, Sultonaxmetova ijtimoiy tarmoq orqali musulmonlarni “gunohkor kofirlarga” taqlid qilib yangi yil, g’alaba bayram va pasxa singari bayramlarni nishonlamaslikka chaqirgan.
Ayblov xulosasida Sultonaxmetovaning “yosh bolalarni bolalar bog’chasidan boshlab Allohga emas, balki Santa Klaus, Qorbobo va boshqa tog’utlarga ishonishga chaqirishmoqda. Bu yosh bolalarni aldash va ularni mushrik qilib tarbiyalashdan boshqa narsa emas”, degan so’zlarini dalil sifatida keltirilgan.
So’zi boshqayu, ishi boshqa bo’lgan munofiq hukumatlar uchun Allohni, payg’ambarimiz Muhammad sallollahu alayhi va sallamni, islomiy ramz va qadriyatlarni xaqorat qilish so’z va fikr erkinligi hisoblanadi. Musulmonni o’z e’tiqodi talab qilgan asosda yashashi va buni boshqalarga etkazishi esa jinoyat sifatida baholanadi va unga terrorist va ekstremist tamg’asi yopishtirilib, ozodlikdan mahrum etiladi.