Qirg`iziston Iqtisodiyot vaziri Temir Sariev parlament yig`ilishida qirg`iz mamlakati kelgusi yilning may oyigacha bojhona ittifoqiga va Evrosiyo iqtisodiy ittifoqi komissiiasiga to`liq a`zo bo`lishini bildirdi.
Sarievning ma`lum qilishicha, bu holat Qirg`izistonda narx-navoning ko`tarilishiga sabab bo`lishi mumkin.
“Qirg`iziston bojhona ittifoqiga a`zo bo`lgandan so`ng mamlakatda qishloq xo`jalik mahsulotlarining narxlari ko`tarilishi mumkin. Biroq Qirg`iziston uchun 170 million kishiga ega katta bozor ochiladi”, Temir Sariev.
Joriy yilning 23 dekabrida Moskvada Evrosiyo iqtisodiy ittifoqi komissiiasining navbatdagi yig`ilishi bo`lib o`tadi. 23 dekabrgacha Qirg`iziston “Yo`l haritasi”da ko`rsatilgan barcha ko`rsatmalarni bajarib o`sha yig`inda 2015 yilning 1 ianvarida belgilangan ittifoqqa qo`shilish haqidagi bitimga qo`l qo`iadi. Biroq undan so`ng bu bitimni parlament tasdiqlashi lozim.
Ko`plagan talash-tortishishlar va qarama-qqarshiliclarga qaramay, Qirg`iziston bojhona ittifoqiga a`zo bo`lishi aniq bo`lib qoldi. Qirg`iziston prezidenti Almazbek Atambaev bu ittifoqqa a`zo bo`lish Qirg`iziston uchun o`ta zarur ekanligini bildirdi.
“Biz bu ittifoqqa o`zimiz qo`ygan shartlar bilan a`zo bo`liapmiz. Qo`shnilarimiz biz qo`ygan shartlarni qabul qilganligi uchun ularga rahmat aytamiz. Bu ittifoqqa a`zo bo`lish o`zimizga kerak. Ba`zilar bojhona ittifoqiga a`zo bo`lsak reeksport (eksportney qayta amalga oshirish) amalga oshmay qoladi deyishmoqda. Bojhona ittifoqiga a`zo bo`lmasak ham reeksport amalga oshmay qolaveradi. Bu qadam etti o`lchab qo`yilgan qadamdir. Bu ittifoq biz uchun iqtisodiy jihatdan suvday zarurdir”, dedi qirg`iz prezidenti.
Mutuhassislarning aytishicha, agar Qirg`iziston bojhona ittifoqiga va Evrosiyo iqtisodiy ittifoqi komissiiasiga a`zo bo`lsa bu mamlakatneyng tashqi aloqalariga salbiy ta`sir qiladi. Masalan, chet davlatlar bilan bo`layotgan savdo sotiq aloqalarida qiyinchiliclar iuzaga kelishi mumkin. Bojhona to`lovlari qimmatlashi va ba`zi chetdan kelayotgan tovarlarning narhi ko`tarilishi aytilmoqda.
Turkiston: Boj ittifoqiga qo`shilish, Qirg`izistonning ichki muammolari bilan unchalik havfli emas. Chunki Rossiiadagi kutilayotgan iqtisodiy bo`xron natijalaridan, fuqorolarining iashash darajalari pasayishi bilan, ular Qirg`iziston darajasiga tushishlari mumkin halos. Muammo, o`sha iqtisodiy pasayish Rossiia uchun jarga qulash bilan barobar kulfatlar olib kelishi mumkinligida. U Qirg`izistonni ham o`zi bilan tortib ketishi mumkin. Qirg`iziston giopolitik jihatdan katta davlatlar o`rtalarida strotegik ahamiiat kasb etib turibdi. Har bir hato, qimmatga tushishi mumkin. Qirg`iz siyosiy elitasi o`ta zaiflashib ketdi. Ularning deiarli hammasini, Sariev singari halqaro miqyosda fikrlay olmaydigan, faqat oyog`i tagidagi manfaatlarnigina ko`ra oladigan, shaxsiy manfaatlarini davlat manfaatidan ildam qo`iadigan nosog`lam siyosatchilar tashkil etib qoldi. Shuning uchun bulardan sog`lom echimlar kutish deiarli mumkin bo`lmay qoldi.