Suriyada yangi partiya tashkil qilish bilan yangidan maydonga chiqqan Muoz al-Hatib Asad rezhimi bilan iuzma-iuz uchrashuvlar o`tkazishi mumkinligini bildirdi.
Frantcuz akhborot agentligi tarqatgan habarlarga ko`ra, al-Hatib Suriya halqining manfaatlarini himoya qilish va qiyinchiliclarga barham berish uchun har qanday shakhs bilan yangidan uchrashuvlar o`tkazishi mumkinligini ma`lum qildi. Muoz al-Hatib Asadning alal-oqibat iqtidordan ketishi asosiy shartlardan biri ekanligini bildirar ekan, uchrashuvlar natizha berguniga qadar muvaqqat hukumat tiklangan holda Asadning ma`lum bir vaqt iqtidorda qolishiga rozi bo`lishlarini qayd etdi.
Mamlakatdagi muammolarni imkon qadar tezroq hal qilinishi lozimligini ta`kidlagan Hatib Suriya halqi ham, Asad rezhimi ham va unga qarshi kurashayotgan muholifat ham og`ir ahvolda ekanligini aytib o`tdi.
Muoz al-Hatib 2013 yil aprel oyida Suriya milliy koalitciyasi rahbarligidan isteyfo bergan va uning o`rniga Zhorzh Sabra kelgan edi. Hatib o`tgan noyabr oyining boshlarida bir guruh muholifatchilardan tuzilgan hay`at bilan birga Moskvaga safar qildi. Suriya milliy koaliciyasining Qatardagi elchisi Nizar al-Hiraki ham ishtirok etgan uchrashuvda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov rus hukumati Asadning iqtidorda qolishi haqida oyoq tirab turib olmaganini bildirgan edi.