Sobiq O`sh hokimi ustidan zhinoiy ish qo`zg`atildi

505
0

Qirg`izistonning sobiq prezidenti Qurmanbek Bakiev davrida O`sh shahrining hokimi etib tayinlangan va Bakiev 2010 yilgi ommaviy namoyishlar ortidan hokimiiatney tashlab qochib ketgandan keyin ham O`sh shahri hokimi lavozimida qolgan Melis Mirzakmatov o`tgan yilning 5 dekabrida Qirg`iziston Bosh vaziri buyrug`i bilan ishdan olingan edi.

27 noiabr chorshanba kuni Qirg`iziston bosh prokroturasi Qirg`iziston Zhinoiat Kodeksining 304-moddasiga ko`ra, sobiq hokimni aybdor dep topdi. O`sh shahar sudi uni qamoqqa olish haqida qaror chiqardi. Habarlarga ko`ra, Mirzakmatov hizmat vakolatini suiistemol qilish, mamlakat qonunlarini buzishlikda ayblanmoqda.

Qirg`iziston bosh prokroturasining vakili Almanbet Abdramanovning bildirishicha, Mirzakmatov  o`tgan yili ikki marta noqonuniy tender o`tkazganligi sababli mamlakat biudzhetiga 27 million somdan ortiq zarar keltirgan.

“Tergov natizhasida Mirzakmatov Melisbek Zhooshbaevich hokimlik mansabini egallab turgan paytda Qirg`iz respublkasining bir qancha qonunlarini buzganligi aniqlandi. U O`sh shahrida ko`p miqdorda sarf harazhat talab qiladigan qurilish ishlarini boshlashga o`z boshimchalik bilan buyruq bergan. O`shda qurilayotgan katta ko`prikning texnikaviy va iqtisodiy taianchi va hech qanday loyihasi bo`lmay turib, unga pul azhratilgan. Mirzakmatovning ishlari ko`rib chiqilgandan so`ng 304-moddaga ko`ra, uning ustidan zhinoiy ish qo`zg`atildi. Shu kunning o`zida O`sh shahar sudi tarafidan qamoqqa olish haqida qaror chiqarilib, qidiruv e`lon qilindi”, dedi Almanbet Abdramanov.

Millatchiligi bilan tanilgan Melis Mirzaqmatovning o`zi hozir qaerdaligi noma`lum. Shuning uchun hozirda unga qidiruv e`lon qilingan. Uning tarafdorlari bu qarorni “Siyosiy quvg`in”, deia baholashmoqda.

Shuni aytib o`tish zhoizki, Mirzaqmatov o`tgan yili vazifasidan ozod qilinishidan avval Atambaev hukumati uni uch yil davomida lavozimidan bo`shatishga bir necha marotaba uringan, biroq eplay olmagan edi. So`ngra 2013 yilning dekabrida Qirg`iziston Bosh vaziri buyrug`i bilan ishdan olindi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.