Islomiy shior uchun jarima
2014 yil 7 noyabrda «Shar’iy tibbiyot va qonun tadqiqotlari» www.ceur.ru elektron sayti chop etgan maqolada Qozon shahrida yashovchi Ilnar Zyalilov musulmonlar e’tiqodini o’zida gavdalantirgan va shahodat kalimasi yozilgan Uqob bayrog’ini shaxsiy mashinasiga o’rnatib olgani uchun ma’muriy jazoga tortilgani aytiladi. Qonun vakillari va uni tatbiq etishga ma’mur shaxslar Ilnarning bu ishini olamshumul siyosiy islomiy Hizb ut-Tahrir shiorlariga targ’ib o’laroq baholashgan.
Sovet rayoni sudi Ilnarni bu ishini qoralab, 20.1 moddaning 1-qismi (ekstremistik tashkilot fikrlari va shiorlariga ochiq targ’ib qilish) bilan aybdor, deb topdi va ma’muriy jarima belgiladi. Ayni saytda «Rossiya islomiy Hizb ut-Tahrirni terroristik partiya, deb hisoblagan yagona davlat» ekani ta’kidlangan.
Biz o’z navbatida, ayni sud qarorini ahmoqona pastkashlik, deya baholaymiz. Chunki bu bir islomiy bayroq bo’lib, Muhammad Nabiy s.a.v.ning tarixlari ham buni ochiq isbotlab turibdi. Har qanday kishi islomiy bayroqlar haqida ma’lumotlar berilgan shar’iy nususlarga murojaat qilib, musulmon birodarimiz Ilnardan topilgan bayroq Rosululloh s.a.vning bayroqlaridan bo’lganini bilib olsa bo’ladi.
Bu bayroqlar barcha musulmonlarga xos bayroqlar. Ular na Hizb ut-Tahrirga va na biror jamoaga xos emas, binobarin, bu bayroqlarni Hizb ut-Tahrirning bayroqlari, deyishga hech kimning haqqi yo’q. Tabiiyki, islomiy Hizb ayni bayroqlarni islomiy bayroq sifatida ishlatadi, hatto har bir musulmonda ularning bo’lishi ham tabiiy, albatta. Shu sababdan, Qozon sudi qarori Rossiya Federatsiyasining Islom va uning shiorlariga qarshi olib borayotgan quturgan urushlarining bir qismi hamda Hizb ut-Tahrir nomini qora qilishga bo’layotgan navbatdagi bir urinishdir.
Hizb ut-Tahrirning Rossiyadagi matbuot bo’limi
Rasmiy sayt: www.hizb-russia.info
Elektron pochta: mediaoffice.htr@gmail.com