Shveytsariya prezidenti Qirg’izistonga keldi

438
0

 

O’rta Osiyo respublikalari bo’ylab safar boshlagan Shveytsariya konfederatsiyasi prezidenti va konfederatsiya Tashqi ishlar vaziri, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT)ning amaldagi raisi Dide Burkxalter 21 noyabr kuni O’zbekistonga tashrif buyurigan edi. Bugun 22 noyabr kuni Dide Burkxalter Qirg’izistonga keldi.

Ishchi tashrif bilan Qirg’izistonga kelgan Dide Burkxalterni Almazbek Atamboev “Ala-Archa” davlat qarorgohida qabul qildi.

Uchrashuvda ikki mamlakat o’rtasidagi savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlik masalalari muhokama etildi. Shuningdek, mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashildi. Ikki tomonlama uchrashuv yakunlangach, Almazbek Atambaev va Dide Burkxalter matbuot uchun bayonot berishdi.

Almazbek Atambaev ikki davlat o’rtasida diplomatik aloqalar o’rnatilganidan beri Shveytsariya prezidentining Qirg’izistonga ilk tashrifi amalga oshganini ta’kidladi. “Muhokama etilgan barcha masalalar yuzasidan fikrlarimiz mos keldi. Jumladan, bahslarga sabab bo’lgan masala – jamoat xavfsizligiga oid loyiha bo’yicha ham kelishib oldik. Biz loyihani 2015 yilning oxiriga qadar uzaytirishga qaror qildik”, – dedi Atambaev.

O’z navbatida Dide Burkxalter Shveytsariya turli yo’nalishlardagi qo’shma loyihalarni amalga oshirishda Qirg’izistonda ko’mak ko’rsatishni davom ettirishini, jumladan, Qirg’izistonda 2015 yilda o’tkaziladigan parlament va 2017 yilda bo’lib o’tadigan prezidentlik saylovlariga yordam berishga tayyorligini ma’lum qildi. “Qirg’iziston YeXHTning har tomonlama qo’lloviga loyiq. Qirg’iziston bilan bog’liq rejalarimiz va umidlarimiz talaygina”, – dedi u.

Prezidentlar uchrashuvda 2015 yil martida Almazbek Atambaevning Shveytsariyaga tashrifi borasida kelishib olinganini ma’lum qilishdi.

Turkiston:

Qirg’izistonda vaziyat Ukrainaning avvalgi holatini eslata boshladi. Qirg’izistonda ham G’arb bilan Rossiya o’rtasida saqofiy ta’sir quvvatlarini mustaxkamlash uchun kurash avj olib bormoqda. Bu o’ta havfli kurash bo’lib, u fuqorolarni bir necha bo’laklarga bo’lib yuborishi kutiladi. Eng xavfli tomoni shundaki, bu kurash Qirg’iziston yurti uchun yomonliklardan boshqa hech narsa olib kelmaydi. Fuqorolar urushi esa, faqat o’sha kufr davlatlarining qiziqchiliklari ustida boradi. Ukraina voqe’alari bunga yorqin dalil bo’la oladi.

Lekin Qirg’izistondagi voqe’lik, saqofiy mustamlaka ta’sirini ikkinchi darajaga surib yuboradi. Bu erda birinchi va ikkinchi davlat ag’darilishi xolatlariga qaraganimizda, faqat moliyaviy aralashishning o’zi kifoya qilishi mumkin. Birinchidan, xalq bilan davlat o’rtalarini bog’lab turuvchi mafkuraviy robita yo’q. Ikkinchidan adolatli xokimiyatning yo’qligi tufayli, davlatni o’z fuqorolari bilan o’rtalarida hech bo’lmaganda muhabbat va yaqinlik ham mavjud emas. Bu holat, xalq bilan davlat o’rtalarida har qanaqangi kelishmovchiliklarni uyushtirish uchun o’ta qulay vaziyat hisoblanadi.

Qirg’isiston hukumati esa, fuqorolarining deyarli 90% musulmonlar bo’la turib, atigi fuqorolarining 10% ni Musulmonlar tashkil etuvchi Rossiyaning etagini tutib, uning Islom va Musulmonlarga qarshi olib borayotgan harakatlar uslubini o’zi uchun harakat dasturi qilib olish arafasida turibdi. Atambaev, biz avval Qirg’izmiz so’ng Musulmonmiz degan manodagi nutqlari, g’alamis kuchlar uchun juda qo’l keladi. Chunki bu fikr, milliy mafkurani ilgari surish uchun aytilganiga qaramay, mamlakat fuqorolarining deyarli yarmini tashkil etuvchi etnik va o’troq bo’lgan boshqa millat vakillarni o’rtalaridagi mavjud qarama qarshiliklarni yanada kuchaytiradi. Prizident o’z quvvatini yarmini yo’qotadi. Endi deyarli kamida fuqorolarning yarmi islomiy qadriyatlarni muhofaza qiladi. Ular xar qanday islomiy diskrimitatsiyani o’zlari uchun kamsitish elementi deb bilishadi. Prizident o’z xalqining yana bir qismini yo’qotadi. Prizident, tengrichilik harakatlarining tomir otib ketishidan umid qilgan bo’lishi mumkin. Chunki millatchilik g’oyasi, shu harakat tomonidan ilgari surilmoqda. Qirg’iz xalqi Islom ansorlaridan bo’lgan bobolarimiz avlodlari bo’lganlaridan, shirk ustiga qurilgan tangrichilik xarakatini qabul qilmadi. Prizident qolgan Musulmonlarni ham yo’qotib qo’yishi mumkin. uning atrofida faqat kreslo yoki boshqa moddiy manfaat ilinjidagi bir guruh tilyog’lamachi lo’ttibozlar qoldi. Ular prizidentimizni jar yoqqasi tomon tortib borishmoqda.

Endi yuqoridagi holat hatto ixtiloflik tahlillar ham emas, voqe’dagi haqiqat ekanligini inobatga olsak. G’arb va Rossiya tomonidan davom etib borayotgan kurashga, Qirg’izistonda davom ettirilishi uchun o’zimiz o’ta qulay sharoit yaratib bergan bo’lamiz. Hali ham kech emas, vaziyatni o’nglash mumkin.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.