Rossiya OAV xabariga ko’ra, 1 noyabr kuni Ingushetiya rahbari Yunusbek Yevkurov shayx Ali Muxiddin al-Qoradog’iy boshchiligidagi Butunjahon musulmonlar ulamolari kengashi (BMUK) delegatsiyasi bilan uchrashdi. BMUK bosh kotibining so’zlariga ko’ra, mazkur tashrif katta yo’lning boshlanishi. Avvalroq BMUK delegatsiyasi Nalchik shahrida bo’lib o’tgan konfessiyalararo “An’anaviy dinlar: mo”tadillik va yaxshi qo’shnichilikka chaqiriq” nomli xalqaro ilmiy konferentsiyada ishtirok etish uchun tashrif buyurgan edi. Konferentsiya yakunida musulmonlar hamjamiyatining davlat va jamiyat bilan munosabatlarini o’zida mujassam etgan bayonot qabul qilingan edi.
Izoh: Dinlarni birlashtirish, toqatlilik va mo”tadillik fikrlarini tarqatish uchun BMUK delegatsiyasi Rossiyaga yana bir bor tashrif buyurdi. Ammo “an’anaviy islom” qarashlarini targ’ib qilish uchun arab olami ulamolari amalga oshirayotgan bunday tashriflar Rossiyaning Islomga qarshi siyosatini yashirishdan ojizlik qiladi. Aksincha, Rossiya musulmonlari BMUK ham tog’utni himoya qilayotgan rus muftiyotidan hech qanday farq qilmasligiga yanada ko’proq ishonch xosil qilmoqdalar. Rossiya musulmonlari arab olamining mo”tadil ulamolari vositasida mo”tadil islom fikrini ma’qullanishini himoya qilinishini oqlovchi tizimga muhtoj emaslar. Agar rasmiy hukumat, bunday ulamolar Shimoliy Kavkaz respublikalariga tashrif buyurishlari orqali musulmonlarning o’zlariga bo’lgan munosabatlarini o’zgartiramiz, deb o’ylayotgan bo’lsa qattiq adashmoqda.
Birinchi navbatda, musulmonlarni o’g’irlash, o’ldirish va qiynoqqa solish orqali qurquv muhitini barpo qilish o’rniga, jamiyatda inson tabiati talab qiluvchi xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashlari zarur bo’ladi. Islomiy adabiyotlar, Qur’on va payg’ambarimiz Muhammad sollallohi alayhi va sallam hadislarini ta’qiqlash hamda maktab va universitetlarda hijob kiyishga to’sqinlik qilishni to’xtatishlari zarur. Bularsiz radikallashuvni to’xtatish yoki Qoradog’iy ta’kidlaganidek, Shimoliy Kavkaz hududi, olam hududi ekanligiga musulmonlarni ishontirish mumkin bo’lmaydi.
BMUK ulamolariga kelsak, ular Islom Ummati manfaatlarini himoya qilmagunlaricha va adolatsiz hukumdorga Haq so’zni aytmagunlaricha Shimoliy Kavkaz musulmonlarining ishonchini qozona olmaydilar. Rossiya hukumati esa Shimoliy Kavkaz musulmonlarining hukumatga nisbatan salbiy munosabatlarining sababi avvalom bor mazkur mintaqada va umuman butun mamlakatda olib borilayotgan siyosat natijasi ekanligini tan olishi, muammoni echimi o’zlariga sodiq ulamolarni taklif qilishda emas, balki, munosabatni o’zgartirishda ekanligini anglab etishi kerak bo’ladi.
Abdulloh ibn Yahyo
Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot bo’limi uchun maxsus tayyorladi