Qirg’izistonda elektr narxi 1 dekabrdan uch barobarga oshadi

567
0

Qozog’istondan elektr energiyasi sotib olinishi munosabati bilan ayni vaqtda elektr energiyasiga yangi narx joriy etish masalasi qizg’in muxokama qilinmoqda.

O’rta muddatli tarif siyosatiga kiritilgan yangilikka muvofiq, elektr energiyasi iste’molchilari yagona ro’yxatga kiritiladi. Endilikda iste’molchilar uch fazali yoki bir fazalikka ulanganliklariga qarab emas, balki maishiy yoki ishlab chiqaruvchiligiga qarab narx belgilanadi. Bu iste’molchilarni har biriga bir oyda 700 kVt-soatgacha 70 tiyindan limit ajratiladi. Agar iste’molchi ajratilgan miqdordan ko’p elektr energiyasi ishlatadigan bo’lsa, miqdordan ortgan har bir kVt-soat elektr uchun maishiy iste’molchilar 2 som 5 tiyindan, ishlab chiqaruvchilar 2 som 19 tiyindan to’laydilar.

“Kelishuv kuchga kirishi bilan biz bu ma’lumotlarni xalqqa e’lon qilamiz. O’ylashimcha, bu dekabr oyidan boshlab amalga oshadi. Hozir bir fazaliklar 70 tiyindan, uch fazaliklar esa 1 som 20 tiyindan to’lashyapti, chunki avvalgi qaror hozircha amalda qo’llanilmoqda”, – dedi Davlat departamenti direktori Nurlan Eleboev.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.