Kemeron: Britaniyaga ko’proq sarmoya yotqizing

457
0

Britaniya poytaxti Londonga safar qilgan Qatar amiri shayx Tamim bin Hamad as-Soniy Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron bilan uchrashdi. Uchrashuvda iqtisodiy va xavfsizlik masalalari kabi bir qancha masalalar ustida hamkorlik qilish yo’llari muhokama qilinar ekan, Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron Qatar amiridan Britaniyaga ko’proq sarmoya yotqizishni so’radi.

Ikki rahbar har ikki davlatda ham xavotirga sabab bo’layotgan mavzular ustida fikr almashish uchun yana ham ko’proq hamkorlik qilish lozimligi ustida kelishib olishdi. Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron Qatar amiri shayx Tamim bin Hamad as-Soniydan Britaniyaga ko’proq sarmoya yotqizishni alohida iltimos qilib so’radi.

Uchrashuvga doir Britaniya bosh vazirligidan berilgan bayonotda Qatar amirining Britaniyaga ziyorati chog’ida ikki davlat tashqi ishlar vazirlari “Sharaka” bitimini imzolaganligi bildirildi. Bitimga ko’ra, Qatar va Britaniya o’rtasida madaniyat, mudofaa, ta’lim-tarbiya, tijorat va energetika sohalariga oid aloqalar kuchaytiriladi.

Shuningdek bosh vazirlikdan chiqarilgan bayonotda aytilishicha, Kameron Qatarning Britaniyaga oxirgi marta 20 milliard funt sterling miqdorida yotqizgan sarmoyasidan g’oyat mamnun bo’lgan.

“Kameron Qatar amirini, xususan mamlakat shimolida amalga oshirilishi rejalashtirilgan elektrostantsiya va tez yurar poezd kabi mavzularda fursatni g’animat bilishga targ’ib qildi. Britaniyaning Qatarda shifoxonalar va universitetlar bino qilishi kabi tashqi ishlari ham ko’rib chiqildi”, “Kameron Qatar hukumati tarafidan chiqarilgan “terrorni dastaklashni man qilish qonuni”ni mamnunyat bilan qarshilar ekan, bu qonun amalda ijro qilinishini to’rt ko’z bo’lib kutishini bildirdi. Har ikki davlat xavf-xatarga sabab bo’ladigan mavzularda ma’lumot almashish uchun yana ham ko’p ishlar qilish kerakligi ustida kelishib olishdi”, deyiladi bayonotda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.