Karim Og’axon Qirg’izistonga keldi

561
0

Dunyo ismoiliylar rahbari, shahzoda Karim Og’axon IV Qirg’izistonda keldi. 4 noyabr kuni Karim Og’axon Qirg’iziston prezidenti Almazbek Atambaev, Bosh vazir Jo’mart O’torbaev, Jo’gorku Kenesh spikeri Asilbek Jeenbekov bilan uchrashdi.

Uchrashuvlarda Qirg’iziston va Og’axon taraqqiyot tarmog’i (Aga Khan Development Network) o’rtasida ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik masalalari muhokama etildi.

Karim Og’axon IV tashrifidan ko’zda tutilgan asosiy maqsad Norin shahrida ochilishi rejalashtirilayotgan Markaziy Osiyo universiteti bilan bog’liq vaziyat bilan tanishishdir. 2016 yilning sentyabrida bu erda 30 nafar talabani bakalavriat bosqichiga qabul qilish ko’zda tutilgan. Universitetda Gumanitar va aniq fanlar maktabi (bakalavr), Taraqqiyot maktabi (magistratura va doktorantura) hamda Kasbiy va uzluksiz ta’lim maktabi ochiladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.