Jabhatun Nusra mujohidlari o’tgan hafta oxirlarida Turkiya chegaralariga yaqin joylashgan Idlib viloyatining shimolida harbiy amaliyotlarini kuchaytirdi. Natijada u “Suriya inqilobi” va “Azim harakati” nomli ikki mo”tadil (demokratiyani yoqlovchi) muxolif harakatlarni mag’lubiyatga uchratdi.
AQSh hukumati umid bilan qo’llab quvvatlab kelgan Suriyadagi mo”tadil (demokratiyani yoqlovchi) muxolif kuchlardan iborat bu ikki guruh o’zlariga tegishli bo’lgan harbiy bazalar va AQShdan olgan barcha qurol yaroqlarni Jabhatun Nusra mujohidlariga topshirdi. AQSh bu mo”tadil muxolif kuchlarni Allohning kalimasini oliy qilish maqsadida jang qilayotgan xolis mujohidlarga qarshi qo’yish uchun harbiy mashg’ulotdan o’tkazib, turli qurol aslahalar bilan ta’minlab kelayotgan edi.
Xabarlarda aytilishicha, Voshington “Suriya inqilobi” va “Azim harakati” nomli ikki guruhga Suriyadagi muxlis mujohidlarga qarshi jang olib boradigan quruqlikdan hujum qiluvchi kuchlar sifatida qarab, olti oydan buyon “Grad” va “tow” nomli tankka qarshi otiladigan raketalar kabi og’ir qurollarni yuborib turgan.
Har ikki guruh o’zlariga qarashli harbiy bazalarni va qurol yaroqlarini Jabhatun Nusra mujohidlariga topshirar ekan, ularning barcha a’zolari taslim bo’ldi, ya’ni bir so’z bilan aytganda, Jabhatun Nusra mujohidlari safiga qo’shildi. Ularning qo’l ostida bo’lgan bazalar va qurol aslahalar Jabhatun Nusra mujohidlarining qo’liga o’tishi AQSh uchun og’ir zarba sifatida baholanmoqda.
Suriyadagi mo”tadil muxolifat bu ishda Vashingtonni ayblamoqda. Ular “AQSh bizni tark qilib, Asad rejimiga yordam qildi”, deb, AQSh tarafidan tuzilgan koalitsiyaning Suriyaga uyushtirgan hujumi Asad rejimi uchun foydali bo’lganligini ta’kidlashmoqda.
Bu hodisalar ortidan Suriya ozod armiyasi parchalanib ketishi borasida xavotirlar yuzaga kelgani aytiladi xabarda. Chunki Suriyaning Shimolida joylashgan Idlib viloyati Suriya ozod armiyasi katta nufuzga ega bo’lgan oxirgi mintaqadir.