Rossiya bosh vaziri Dimitriy Medvedov chorshanba kuni bergan bayonotida Amerika Qo’shma Shtatlari Suriya prezidenti Bashar Asadning prezidentlik lavozimidan ketishini qattiq talab qilmaganligini va Damashq bilan alohida-alohida aloqa qurishga xarakat qilib kelganligini ochiqladi.
“To’g’risini aytish kerak bo’lsa, Qo’shma Shtatlar Asadning prezidentlikdan ketishini xohlamaydi. Xohlash u yoqda tursin, Suriya rejimi bilan alohida-alohida aloqa qurishga xarakat qilib kelmoqda”, dedi Medvedov CNBC televizion kanaliga bergan intervyusida.
Rossiya bosh vaziri IShIDga qarshi kurash nomi ostida Suriyadagi terrorchi (Islomiy) guruhlarga qarshi kurash borasida olib boriladigan bahs munozaralar Suriya hukumati ishtirokida amalga oshirilishi lozimligini urg’uladi.
“Agar bu turdagi harakatlarni amalga oshirish kerak bo’lsa, u holda hamkorlikda bir pozitsiyani egallamog’imiz lozim. Suriya hukumati mana shu yo’l bilan o’z qonuniyligini saqlab qolishi mumkin”, “Bu fikrni ba’zilar tasdiqlamasligi yoki Bashar Asadni sevmasligi, hatto uning qulashini ko’rish istagida bo’lishi mumkin. Ammo Suriya hukumati Suriya xalqining mustaqilligini yuzaga keltiradigan yagona omildir. Asadning ketish yoki ketmasligi muhokama qilinar ekan, bu omil yodda saqlanmog’i lozim”, dedi Dimitriy Medvedov.
Suriyada qo’zg’olon boshlangandan buyon Rossiya ochiqchasiga Asadni dastaklab kelayotgan bo’lsa, AQSh uni parda ortidan turib qo’llab quvvatlab kelayotgani sir emas. Ammo so’zda esa Asad rejimini qoralab uning istefosini talab qilib kelmoqda. Bu esa AQShning ikki yuzlamachilik siyosatidan darak beradi.
Turkiston:
Ha, Rossiya endi Asad va Suriyadan umidini uzgan ko’rinadi. U Shom ulkalarida borayotgan siyosiy drammatik spektakllarning haqiqiy rejisyori AQSh ekanini, Rossiya bu o’yinda oddiy bir ijrochi bo’lganini tan olmoqda. Asadning ta’sir quvvati deyarli nolga teng bo’lib qoldi. Demak Rossiya ham Suriya mojarolaridan qo’lida puch yong’oqlar bilan chiqdi. AQSh Rossiyani Asadning oldiga qo’yib olib, uning barcha iflos ishlariga sherik qildi. Medvedevning bayonotidan, Rossiyaning Suriya muammosida tarixiy juda katta xato qilganini tan olish manolari ko’rinadi.
Xizb ut Taxrir Rossiyani bu muammolar boshlangan avvalgi kunlaridan ogohlantirgan edi. AQSh Asad bilan hamkor, u Rossiya va Eronni o’z manfaatlari yo’lida ishlatib kelayapti, Rossiya Asadga tikib musulmonlarni qirg’in qilishda unga sherik bo’lib, juda katta xatolar qilayapti, degan ma’nodagi bayonotlar ko’p aytildi. Lekin Rossiya quloq solmadi.
Endi Rossiya ichki siyosatida xam musulmonlarga qarshi kurashlarini xam o’ta qo’pol uslublar bilan olib borish bilan, yana AQShga uni bo’lib tashlash operatsiyasini muvoffaqqiyatli amalga oshirish uchun qulay sharoitlar paydo qilib beryapti. Bularni u qastdan qilyaptimi, yoki bir gurux Putinning rejimining siyosiy ko’rligi bilanmi, farqi yo’q natija buning bilan o’zgarmaydi. Negaki Islom va Musulmonlar Rossiyaning asosiy quvvati yoki juda katta muammosi. Putinning rejimi shu quvvatni o’zi uchun juda katta muammoga aylantirib olmoqda. Kavkaz va Tataristondagi bugungi xolat bu so’zlarimizga dalil bo’la oladi. Bundan tashqari Rossiya o’ziga tobe’ bo’lgan barcha tashqi xududlarni xam Islom va Musulmonlarni taqib qilishga undab, masalani yanada taranglashtirib kelmoqda. Qozog’iston, Tojikiston, Qirg’iziston kabi davlatlar bunga misol bo’la oladi.
Agar Rossiya Musulmonlarga qarshi siyosatini o’zgartirmasa, yaqinda yana Medvedevga yuqoridagi kabi afsuslanarli yangi xatolarini tan oladigan bayonotlar qilish vazifasi yuklatilinaveradi.