Saud Faysal: Terrorga qarshi kurash barcha sohalarni o’z ichiga olmog’i lozim

517
0

السعودية تحث العالم على قبول طلب الفلسطينيين لعضوية الامم المتحدةSaudiya tashqi ishlar vaziri Saud Faysal terrorizmga (Islomga) qarshi kurash uchun qat’ay qarorlar qabul qilish va keskin siyosat qo’llashga chaqirdi. Uning ta’kidlashicha, kichik to’dadan katta qo’shinga aylanib ketgan va davlatga ko’z tikayotgan “terrorizm”ning rivojlanishiga jiddiy kurashmoq lozim.

“Terrorga qarshi kurash barcha sohalarni o’z ichiga olmog’i lozim. Shuningdek bu kurash harbiy, iqtisodiy, fikriy jihatlardan ko’zlangan maqsadlarni ro’yobga chiqaradigan ijroiy rejaga tayangan ravshan strotegiyaga muvofiq bo’lmog’i lozim”, dedi BMTning Nyu-Yorkda tashkil qilingan yig’ilishida nutq so’zlagan Saudiya tashqi ishlar vaziri.

Saud faysal nutqi davomida Saudiya mamlakati mo”tadil “demokratiyani yoqlovchi” Suriya milliy koalitsiyasini qo’llashda va Suriya tuproqlarida Asadga qarshi jang olib borayotgan mujohidlarga qarshi kurashda davom etishini ta’kidlab o’tdi.

G’azo xalqini qirg’in qilgan Isroil haqida esa Saudiya tashqi ishlar vaziri “Falastin xalqiga adolat ko’rsatish uchun va Isroilni zulmkor siyosatidan qaytarish uchun xalqaro hamjamiyat qachon harakatga keladi”, degan savolni o’rtaga tashlash bilan kifoyalandi.

Saudiya hukumati Asad rejimiga qarshi kurashayotgan mujohidlarni “terroristlar”, deya atab, Suriya xalqi ustidan bombalar yog’dirmoqda. Ammo kuni kecha Isroil G’azodagi musulmonlarni ommaviy qirg’in qilganda unga qarata bitta o’q otib qo’yishga ham yaramadi. Saudiya hukumati nazarida G’azodagi musulmonlarni yoshu-qari, erkagu-ayol demay qirg’in qilgan yahudiylar emas, balki, Asad zulmiga qarshi bosh ko’targan musulmonlar “terrorchilar”dir.

Shuning uchun ham Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyahu Tel-Avivning shimolida joylashgan Gertsliya shahrida tashkil qilingan konferentsiyada Arab o’lkalarini yahudiylarning dushmani sifatida emas, ittifoqdoshi sifatida ko’rishini bildirdi.

“Islomiy terrorizm o’rta sharqda yangi bir hamkorlikni yuzaga keltirdi. Chunki bir qancha arab davlatlari radikalizmni (siyosiyo Islomni) o’zlari uchun haqiqiy bir tahdid ekanligini anglab etishdi. Buning natijasida arab davlatlari Isroil bilan aloqalarini qayta ko’zdan kechirib, Isroilni o’zlari uchun dushman emas, balki mushtarak dushmanga qarshi ittifoqdosh ekanliklarini tushunib etishdi. Men bu holat o’zaro hamkorlik va tinchlik uchun imkoniyat tug’dirishiga ishonaman”, dedi Netanyahu.

Keyingi voqea-hodisalar Islomiy o’lkalar hokimlarining basharalarini yana ham ochib tashlamoqda. Isroil G’azoga havodan, quruqlikdan va dengizdan quturib hujum qilgan paytda bu hokimlarning ko’zlari ko’r, quloqlari kar bo’lib qolganligini, ammo AQSh Musulmonlarga qarshi koalitsiya tuzganda esa qiruvchi samalyotlar bilan musulmonlarni qirg’in qilganligini Ummat o’z ko’zi bilan ko’rib turipti. Izohga hojat yo’q.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.