Rikoz hukmi to’g’risidagi savolga javob

566
0

Hizb ut-Tahrir amiri olim, shayx Ato ibn Xalil Abu Roshtaning Feysbuk sahifasidagi ziyoratchilarning bergan savollariga javoblaridan

Abu Xattob Maqdisiy (ابو خطاب المقدسي)ning rikoz hukmi to’g’risidagi savoliga javob

Savol:

Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh, Alloh sizni hifzu himoyasida asrasin! Shuni izohlab bersangiz, nega rikoz xiroj bobiga qo’yilgan, zakot bobiga qo’yilmagan, qachon nisobga etsa, rikoz uchun beshdan biri beriladimi? Alloh g’ayratingizga g’ayrat qo’shsin!

Javob:

Va alaykum assalom va rohmatullohi va barokatuh!

Buxoriy va Muslim Ibn Shihobdan, u Said ibn Musayyabdan, u Abu Salama ibn Abdurrahmondan, u Abu Hurayra Gdan ushbu rivoyatni chiqarganlar:

Rosululloh A bunday dedilar:

«وَفِي الرِّكَازِ الْخُمُسُ»

«Rikozda beshdan biri beriladi».

Rikoz qadimda ko’mib qo’yilgan mol yoki muayyan kon ildizlari bo’lib, kim uni o’zining eri yo uyidan iborat mulki ichida topib olsa o’zining mulki bo’ladi. Kim birovning erida yo uyida rikoz yo kon topib olsa, bu rikoz yoki kon o’sha er va uy egasining mulki bo’ladi, ularni topib olganniki bo’lmaydi, rikoz topilishi bilan uning beshdan biri beriladi va Baytulmolga uning berilishini kechiktirib bo’lmaydi.

Endi, rikozning zakot yo fay-davlat mulki bo’lishi to’g’risidagi savolga kelsak, javob shuki, u zakot emas, balki faydir. Buning dalillaridan: Abu Ubayda Mujoliddan, u Sha’biydan rivoyat qiladi: «Bir kishi Madina tashqarisida ko’milgan ming dinor topib oldi va uni Umar ibn Xattobga olib keldi, Umar uning beshdan birini, ya’ni ikki yuz dinorni olib, qolganini kishiga qaytarib berdi, so’ng ikki yuzni atrofidagi musulmonlarga ulashib berdi va undan ham bir miqdorini oshirib, dinorlar egasi qani, deb so’radi, egasi o’rnidan turdi, Umar unga bu dinorni oling, sizga, dedi».

Sha’biyning ushbu hadisidan ayon bo’lyaptiki, Umar rikoz topib olgan kishidan olgan miqdor beshdan bir bo’lgan, xolos, beshdan biridan qolgan qismi uni topib olgan kishiga qaytarilgan va bu olingan beshdan biri zakot bo’lmagan, fay o’rnida bo’lgan. Chunki agar zakot bo’lganda edi, uni zakot beriladigan o’rinlarga sarflagan bo’lardi va undan rikozni topib olgan kishiga ham bermasdi, chunki u kishi boy edi, zakot esa boyga berilmaydi.

Shuning uchun rikozning qiymati qancha bo’lmasin, uning beshdan biri Baytulmolga, beshdan biridan qolgan qismi topib olgan kishiga bo’ladi va u zakot bo’lmagani uchun nisobga taqalmaydi, bu rikozning qiymati nisobga etadimi yo etmaydimi, farqi yo’q. Uning beshdan biri musulmonlarning Baytulmoliga berilishi lozim. Bugungi kunda musulmonlarning Baytulmoli yo’q paytda rikozning beshdan biri musulmonlarning manfaati yo’lida yoki ulardan muhtoj kishilarga sarflanadi, uni topgan kishi ikkisidan qay birini yaxshi deb topsa, o’shani qiladi.

Birodaringiz Ato ibn Xalil Abu Roshta

23 zul-qa’da 1435h

18 sentyabr 2014m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.