Shuningdek prezident Obama ham Erdoganga qo’ng’iroq qilib, u bilan suhbat o’tkazgani aytilmoqda. Prezidentlik manbalaridan olingan ma’lumotga ko’ra, ikki rahbar o’rtasidagi telefon so’zlashuv Erdoganning Jo Bayden bilan uchrashuvidan avval bo’lib o’tgan.
Erdogan AQSh vitse-prezidenti Jo Bayden bilan “The Peninsula” mehmonxonasida uchrashuv o’tkazdi. Ikki soatga yaqin davom etgan uchrashuvda ikki davlat o’rtasidagi aloqalar va “Terrorga” (Islomga)ga birgalikda qarshi kurash hamda mintaqaviy mavzular, xususan Suriya va Iroqdagi oxirgi vaziyat haqida fikr almashildi.
Uchrashuvda Turkiya va AQSh o’rtasidagi hamkorlik doirasini yanada kengaytirish va Suriyada yangi nizomni vujudga keltirib, barqarorlik bilan ta’minlash lozimligi haqida ham bahs qilindi. Mintaqada qochqinlar muammosi toboro kuchayib borar ekan, bu muammoga echim topish uchun ham hamkorlikda faoliyat olib borish o’ta muhimligi urg’ulandi.
Uchrashuvda ikki davlat o’rtasida terrorga (Islomga) qarshi mushtarak strotegiya va birgalikda qarshi kurash mavzusida doimo fikrlar almashib turishga kelishib olindi. Qarshi kurash faqat IShIDga emas, Suriya va Iroqdagi barcha terrorchi (Islomiy) guruhlarga qarshi amalga oshiriladi. Mushtarak strotegiyaning nechog’ligi esa Erdoganning Turkiyaga qaytishi ortidan Hukumat va xavfsizlik organlari bilan o’tkaziladigan yig’ilishlardan so’ng oydinlashadi.
Olingan xabarlarga ko’ra, prezident Erdogan Suriyada Asadni iqtidordan ketishi va demokratik boshqaruvga o’tilishi lozimligini aytib o’tgan. Erdoganning ta’kidlashicha, Suriyada demokratik bir hukumat tashkil qilish o’ta zarurdir.