Iroq va Shomda bir-biri bilan jang qilayotgan tashkilotlar va urug’-qabilalarga yo’llangan nido: o’zaro jangni to’xtatinglar, zero Amerika bundan yurtingizga harbiy aralashish uchun foydalanmoqda
Iroq va Shomda hodisalar tezlashdi, ular bilan bir vaqtda 2014 yil 18 avgustda Obamaning bayonotlari ham qizg’in tus oldi, uning mudofaa vaziri Xeygel va bosh shtab boshlig’i Dempsi 2014 yil 22 avgustda o’tkazilgan matbuot konferentsiyasida Obamaning bu mintaqada harbiy aralashuvga oid uzoqqa mo’ljallangan strategiyasi haqida… Amerika harbiy aralashuvini qo’llaydigan bir xalqaro koalitsiya tuzish yo’lini tutish haqida so’z yuritishdi… Bularning barchasi mintaqaning ba’zi aholisi, siyosatchilar va harbiylar tomonidan Amerikaning qutqazish uchun aralashuvini ochiq talab qilishlar paydo bo’lganidan keyin bo’ldi! Amalda ham Amerika Iroqqa havo orqali aralashuvni boshladi… Suriya koalitsiyasi 2014 yil 16 avgustda Amerikadan Iroqdagi aralashuviga o’xshab Suriyaga ham aralashuvini qattiq talab qildi. Bu koalitsiya «nega Amerika ikki xil standartlar bilan ish tutadi, chunki Iroqqa aralasha turib nega Suriyaga aralashmayapti» deb qoralab yoki yalinib Amerikaga murojaat qildi!
Afg’oniston va Iroqda Amerikaning vahshiyona bosqinchiligidan, Pokiston va Yamanda uchuvchisiz samolyotlar hujumlaridan aziyatlar chekkan musulmonlar va mintaqa ahli tuflab tashlagan Amerikadan bugun yaxshilik umid qilinadigan bo’lib qoldi, balki uning harbiy aralashuvini rozilik va ixtiyor bilan qattiq talab qilinadigan bo’lib qoldi! Holbuki bu uning zo’ravonlik va majburlash bilan bo’ladigan aralashuvidan ham yomonroq bo’lgan muqarrar yomonlikdir. Chunki senga agar zaharli ilon hujum qilsa unga qarshilik ko’rsatishing o’z qo’ling bilan bu ilonni uyingga olib kirishing, natijada u seni, farzandlaringni va hovlidagi barchani o’ldirishidan ko’ra ming marta yaxshiroqdir! Amerika olovi bilan isinmoqchi bo’layotgan anavi kimsalarning ko’zlarini parda bosgan, quloqlari kar va ko’zlari ko’r shekilli!
Lekin zamon va makonni bunday yomon hodisalarga nima tayyorladi o’zi? Amerika harakat qilgan va rejalashtirgan fitnalarga, u istagan aralashuvga nima qulay sharoit yaratdi o’zi? Bularning barchasini mintaqaning ba’zi aholisi hech uyalmay va xijolat bo’lmay talab qilayotgan ishga nima aylantirdi o’zi? Buni yaxshilab atroflicha o’ylab ko’rgan kishi Amerikaning Suriya va Iroqdagi qo’zg’olonchi harakatlarning bir-biri bilan jang qilayotganidan foydalanganini ko’radi… Chunki bu harakatlar oldin tog’utlar boshqaruvini yo’q qilish uchun maydonga chiqqan edi. Endi esa bu harakatlar – Robbim rahm qilgan harakatlarni mustasno qilganda – bir-biri bilan jang qilishga o’tdi. Alamlisi, bu jang ular bilan mustamlakachi kofir o’rtasidagi jang emas yoki ular bilan o’zgartirish uchun o’zlari maydonga chiqqan rejim o’rtasidagi jang emas! Shunga qaramay bu taraflardan hech qaysisi bir to’xtalib bir-biriga ushbu savollarni bermayapti: bularning barchasi nega yuz beryapti? Yuz berayotgan bu narsalar qaerdayu bu harakatlar amalga oshirish uchun chiqqan, e’lon qilingan maqsad qaerda? Ulardan hech qaysisi bir to’xtalib bir-biriga quyidagi savollarni ham bermayapti: nega bu taraflar: Iroq va Shom Islom Davlati (IShID) tashkiloti va boshqa harakatlar o’zaro nizolashyapti? Nega ular rejim qo’lidagi boshqa mintaqalarni ozod qilish uchun kurashish o’rniga bir-birlarining qo’lidagi, rejimdan ozod qilingan mintaqalarni talashib o’zaro nizolashishmoqda?!
Ey musulmonlar: biz Hizb ut-Tahrirdagi mavqeimizdan turib IShID, qurolli harakatlar va urug’-qabilalardagi musulmonlarga nido qilmoqdamiz. Ular bir-birlari bilan jang qilishni to’xtatsinlar, o’rtalarini o’nglab isloh qilish yo’liga o’tsinlar va zolimlarga suyanmasinlar. Aks holda ularga do’zax olovi etadi… Biz ularga musulmonlar manfaatlariga haris bo’lish bobidan kelib chiqib xitob qilmoqdamiz, IShID va boshqa harakatlarning bir-biri bilan jang qila turib, har biri boshqasini bo’g’ib tashlashga haris bo’la turib barchasi baland ovoz bilan takbir aytishayotganini ko’rar ekanmiz alam va qayg’u qalblarimizni tilka-pora qilmoqda! Alam, og’riq bizni ezib tashlayotgan mana shu lahzada biz umid va ilinjda ularning hammasiga xitob qilib ushbu nidoni yo’llamoqdamiz:
Avvalo: IShIDga, bu tashkilot qilayotgan ishlari borasida Allohdan qo’rqsin, musulmonlarni o’ldirishni to’xtatsin. Chunki musulmon qonining qadr-qiymati Alloh nazdida buyukdir. Bu tashkilot o’zi nohaq e’lon qilgan soxta xalifalikdan qaytsin. Chunki Xalifalikka yo’l noma’lum emas, ma’lumdir. Zero uni Rosululloh A o’zining siyratida aniq-tiniq, yorqin bayon qilib berganlar. U davlat tiklanishi omillari mavjud biron yurtdagi quvvat ahlidan nusrat talab qilish bilan, so’ngra ana shu yurt ahlining rozilik va ixtiyor ila bay’at berishi bilan bo’ladi… Lekin IShID shariat vojib qilgan narsani dasturul amal qilib olmadi. Shariat amri bo’lmagan har qanday ish esa o’zaro nizoga va fitnaga olib boradi. Shunday ham bo’ldi. Chunki IShID bilan boshqa harakatlar o’rtasida o’zaro jang alanga oldi, ularning o’rtasidagi aloqa qonli tus oldi, IShID kirib boradigan har bir yurt aholisi bu tashkilot qanoti ostida omonlik topish o’rniga undan qochadigan bo’ldi… Shuning uchun bu tashkilot ana shu xatolardan qaytsin. Zero xatodan qaytish ham bir fazilatdir.
Ikkinchidan: Amerika, G’arb, malaylar va tobelardan yordam so’rayotgan boshqa jangari harakatlarga… sizlarning mustamlakachi kofirlardan yordam so’rashingiz bir ulkan xatodir, u ko’z va basiratni yo’qotib qo’yganlikni ham ko’rsatadi. Axir, sizlar yo’q qilmoqchi bo’layotgan malaylarni Amerika va G’arbning o’zi o’rnatib qo’ygan bo’lsa bu malaylarni yo’q qilishingiz uchun Amerika va G’arb sizlarga qanday yordam berishi mumkin, axir?! Faqat agar Amerika sizlarni ana shu eski malaylar o’rniga yangi malaylarga aylantirishni istasa o’shanda yordam berishi mumkin?! Har bir oqil odam buning yomg’irdan qochib do’lga tutilishdek ekanini yaxshi biladi. Nahotki orangizda bironta rashid kishi bo’lmasa?!
Uchinchidan: urug’-qabilalarga… er kishilarning mardligiga, qaynoq islomiy tuyg’ularga, odamlarning sizlarni yuksak taqdirlashiga va ehtirom qilishiga asoslanib xitob qilamiz. Bir-biri bilan urushayotgan bu taraflardan hech qaysisini qo’llab-quvvatlamang. Chunki ular mustamlakachi kofirlarga qarshi jang qilishmayapti. Holbuki ular o’zlarining tog’ut rejimlarga ularni o’zgartirish uchun chiqishganini e’lon qilishgan edi, lekin ular ana shu rejimlarga qarshi birgalikda kurashish uchun birlashishmayapti, aksincha ular bir-birlari bilan urushish uchun bor makru hiylalarini ishga solishmoqda… Shuning uchun ularni temir qo’l bilan ushlab tiyib qo’ying, ularni hidoyat ustida birlashtiring. Zero o’shanda ularning yo’nalishlari bitta islomiy yo’nalish, roshid Xalifalik bo’ladi, odamlar Xalifalik soyasida qo’rqmay, omonda bo’ladilar… Shuning uchun ular bo’linishni, mintaqalar va iqlimlarni bo’lib olishni tark qilib, uloqtirib tashlashsin…
To’rtinchidan:
«Parvardigoringiz rahm qilgan kishilargina mustasno» [Hud 119]
bo’lgan kishilarga, Allohga bergan ahdlarida sodiq turganlarga va roshid Xalifalikni qurish uchun Allohga va Rosuliga yordam berishga ahd berganlarga… hamda boshqa islomiy harakatlar bilan jang qilishdan o’zlarini yiroq tutgan va o’zlari ko’zlab chiqqan maqsadni amalga oshirish uchun harakatni davom ettirgan ana shu harakatlarga xitob qilamiz… O’zingiz asoslangan haq ustida sobit turing. Sizlarni musulmonlar qoniga cho’milayotgan anavi harakatlardan soni oz deb bilayotgan anavi kimsalarning gap-so’zlari sizlarga zarar qilolmaydi. Chunki haq yo’lini tutgan sodiq ozchilik Alloh mezonida botil yo’lini tutgan ko’pchilikdan og’irdir. Zero go’zal oqibat muttaqiylar uchundir.
«Biz esa u erda xorlangan kishilarga marhamat qilishni, ularni (xor-bechoralikdan chiqarib, barchaga) peshvo zotlarga aylantirishni va ularni vorislar qilishni istaymiz» [Qasos 5]
Ey musulmonlar: Hizb ut-Tahrir oltmish yillik davrni o’zi da’vat qilayotgan haq ustida sobit turib o’tkazdi, Rosululloh Aning er yuzida Islom hukmini o’rnatish uchun nusrat talab qilishdagi tariqatini mahkam tutdi, bu tariqatdan qilcha ham chiqmadi, nusrat talab qilish uzoq yo’ldir, kuchni ishga solib odamlarga boshqaruvni joriy qilish esa eng qisqa va eng yaqin yo’ldir, degan gap-so’zlarga, mish-mishlarga qaramay bu tariqatdan qilcha ham chiqmadi. Ana shu kimsalar masala qanday bo’lmasin hokimiyatga erishish emasligini, har qanday yo’lni tutish emasligini, aksincha masala Payg’ambarlik minhoji asosidagi Xalifalik ekanini, tariqat esa Rosululloh A chizib bergan, Rosululloh A Aziz Hakim Zot tomonidan kelgan vahiy bilan yoritib munavvar qilib bergan tariqat ekanini tushunib etishmadi… Undan boshqa har qanday tariqat qisqaroq vaqt ichida hokimiyatga olib kelishi mumkin, lekin u nosog’lom, alamli hokimiyat bo’ladi, Alloh, Rosuli va mo’minlar rozi bo’lmaydigan hokimiyat bo’ladi… Chunki Xalifalik bir mazmunsiz quruq nom emas… Aksincha u soyasidan odamlar tinchlik, omonlik istab hijrat qilib borishadigan osudalik, xotirjamlik hukm suradigan Xalifalikdir. Undan odamlar qo’rquvga tushib, zo’ravonlik bo’lishidan qo’rqib qochishmaydi… U odamlarning jonlari, or-nomuslari, mol-mulklari va diyorlari omonda bo’ladigan Xalifalikdir. Unda qonlar to’kilmaydi, or-nomuslar poymol qilinmaydi, uylar vayron qilinmaydi, mol-mulklarga tajovuz qilinmaydi… U yaxshilikni musulmonlar yurtlarigagina yoyib qolmasdan, balki yaxshilikni o’z hazorati bilan butun olamga etkazadigan Xalifalikdir. U musulmon ham, g’ayrimusulmon ham omonda bo’ladigan, har bir inson o’z haq-huquqiga adolat va osudalik soyasida ega bo’ladigan Xalifalikdir…
O’z ahlini aldamaydigan etakchi Hizb ut-Tahrir bu nidoda sizlarning vakilingizdir va sizlar bilan birgadir… U barcha qalb va fikr sohiblariga, guvoh bo’lgan holda haqqa quloq tutadigan barcha insonlarga shunday deb nido qiladi: har bir aql va qalb sohibi bor kuchini sarflasin, kuchi yarimta so’zni aytishga etsa ham uni sarflasin, IShID, boshqa qo’zg’olonchi harakatlar va urug’-qabilalardan iborat musulmonlar o’rtasidagi jangni to’xtatishga harakat qilsin. Shoyad qolgan vaqtda shunday bo’lib musulmonlar o’zaro janglarini to’xtatishsa va Amerika rejalashtirayotgan va boshchilik qiladigan harbiy aralashuv koalitsiyasiga qarshi bitta saf bo’lib safarbar bo’lsalar. O’shanda bu safarbarlik ana shu koalitsiyaning jon joyiga halokatli zarba beradi va uning yomonligi avj olmasidan oldin uning yomonligini tiyib qo’yadi… Bu nido Alloh izni ila sidqidildan ixlos bilan qilingan nidodir. Biz bu nido bilan qalbi bor yoki o’zi guvoh bo’lgan holda haqqa quloq tutadigan har bir kishiga xitob qilmoqdamiz. Chunki o’shanda bu nidoning Islom va musulmonlarga yordam berishda va mustamlakachi kofirlarning hiylayi nayrangini o’zlarini bo’g’ziga qaytarib urishda kuchli, ta’sirli roli bo’ladi… Ammo haqqa quloq solmaydigan va haqni ko’rmaydigan anavi kimsalarga kelsak, kuchli, Aziz Zot ularning ishi haqida bizga bunday deb xabar berdi:
«Albatta, kar va soqov bo’lib olgan aqlsiz kimsalar Allohning nazdida eng yomon hayvonlardir» [Anfol 22]
Hizb ut-Tahrir
28 shavvol 1435h
24 avgust 2014m