Laylak tumanining Qulundu qishloq hukumatiga qarashli Maqsat va Internatsional qishloqlarini tutashtiruvchi ko’prikni qurilishi boshlanishi kerak edi. U erga qirg’iz tomonidan kerakli bo’lgan texnikalar etkazib kelingan edi.
Mahalliy aholining ma’lumotlariga ko’ra, bu er bahsli hudud bo’lganligi sababli ko’pirik qurilishini tojik tomoni ma’qullagan edi. Shunga qaramay, u erga tojik chegarachilari kirib kelib, texnikalarni chiqarishga harakat qilgan va qirg’iz chegarachilariga qarata birinchi bo’lib o’q uzishgan. Tojik chegarachilari minomyotlardan ham foydalanishgani xabar qilinmoqda.
Yil boshidan buyon qirg’iz-tojik chegarasida 28 marotaba ziddiyat kelib chiqdi. Bu ziddiyatlar natijasida o’nlab odamlar jarohatlanib, bir necha kishi qurbon bo’ldi.