Savolga javob
Iroq maydonidagi siyosiy jarayonlar
Savol:
Axborot agentliklari oxirgi kunlarda Amerika samolyotlari Iroq shimolida IShID (Iroq va Shom Islom Davlati) tashkilotining ba’zi ob’ektlariga havo hujumlarini amalga oshirgani haqida xabar tarqatdi… Obama va ba’zi amerikalik mas’ullarning bu ish insoniylik undovlariga ko’ra va ommaviy qirg’in yuz berishidan xavotirlanib amalga oshirildi degan gaplari va shunga o’xshash gap-so’zlar paydo bo’ldi. Vaholanki Suriyada bundan ham qattiqroq va shafqatsizroq qirg’inlar bo’ldi, lekin Amerika aralashmadi. Balki hatto Iroqning o’zida ham Anbar va Falluja qirg’inlari bo’ldi, o’shanda ham Amerika aralashmadi. Bu esa shuni anglatadiki, insoniylik undovlari va shunga o’xshash da’volar Amerika samolyotlarining Iroq shimolida hujumlarni amalga oshirishini oqlovchi ishonarli sabab emas. Buni hodisalarni kuzatishdan tushunib olish mumkin… Savol quyidagicha: Agar bu tushuncha to’g’ri bo’lsa va anavi da’volar bu hujumlarning asl sababi bo’lmasa… u holda men, agar mumkin bo’lsa, sizning yuz bergan hodisalarga doir siyosiy tahlilingizga muvofiq o’zingiz ko’ra olayotgan haqiqiy sababni bayon qilib berishingizni iltimos qilaman. Alloh sizlarga yaxshilikni mukofot aylasin.
Javob:
1 – Ha, shunday, sizning insoniylik undovlari haqiqiy sabab emas, degan tahlilingiz to’g’ri. Chunki Amerikaning ishlarini va aralashuvlarini kuzatib boruvchi odam insoniylik undovlari Amerikadan o’ta yiroq ekanini ko’radi. Buni Amerikaning Iroq va Afg’onistonda qilgan jinoyatlari aytib turibdi… Buni Abu G’urayb va Guantanamo qamoqlaridagi qiynoq jarayonlari aytib turibdi… Buni Amerikaning Myanma bilan bo’lgan aloqalari aytib turibdi. Myanmadagi musulmonlarga qarshi amalga oshirilgan shuncha qirg’inlar, fojialar va ommaviy qirg’inlarga qaramasdan Amerika Myanma hukumatiga zarar etkazadigan chora u yoqda tursin hatto bu hukumatni bezovta qiladigan chorani ham qo’llamadi… Aksincha Amerika Myanma bilan iqtisodiy aloqalarini yanada kuchaytirdi… Amerikaning bu boradagi jinoyatlarini sanab chiqish uchun tom-tom sahifalar kerak bo’ladi.
2 – Amerika Iroqni 2003 yilda bosib olganidan buyon Iroqni parchalanib ketishga tayyorlashni davom ettirmoqda. Shu maqsadda Bremmer toifachilik, mazhabchilik asosida ishlab chiqqan konstitutsiya toifalar va mazhablarga ulushlarni beradigan bo’ldi… bu ulushlarni jumhuriyat prezidentiga, parlament raisiga va bosh vazirga bo’lib berdi. Bosh vazir ijroiy hokimiyatga ega bo’lgani uchun va Bremmer uni mazhabchilik asosidagi mansab qilib qo’ygani uchun demak bosh vazirlik mansabi boshqa qatlamlarga nisbatan g’alamislik va fitna qo’zg’ovchi mansab bo’ldi… Ahvol shu darajaga etdiki oqibatda Iroq haqiqatdan ham bo’linib qoldi: shimoliy sharqdagi kurdlarga, g’arb va shimoldagi sunniylarga va janubdagi shialarga bo’linib qoldi. Bag’dod esa shu bo’linishlar o’rtasida bo’lib qoldi…
3 – Konstitutsiya loyihasining o’zi ham regionlardan iborat federal boshqaruv bo’lishini va regionlarning salohiyati kuchli bo’lishini aytib turibdi. Demak Amerika Iroqni uchta regionga parchalab tashlash uchun shart-sharoitlarni tayyorlashga muvaffaq bo’ldi. Har bir region o’z muammolarini o’zi hal qilibgina qolmay, balki nizolashgani boshqa regionga chiqib o’tirmay o’zining ichida ham o’zaro nizolashadigan bo’ladi. Amerika mana shunday yo’l tutdi. Amerika 2011 yilda Iroqdan harbiy kuchlarini olib chiqib ketganidan keyin Iroqda tartibni ushlab turadigan xavfsizlik kelishuvini tayyorlagan bo’lsa-da lekin xavfsizlikni Iroqni bo’lib tashlashni ta’minlash mazmunida, o’zi tushunadigan tariqada belgiladi. Ana shu kelishuv bo’yicha regionlarni markaz bilan bir mo’rt rishta bog’lab turadigan bo’ldi. Amerika bu kelishuvni kelajakda agar qo’lidan kelsa Iroqni butunlay bo’lib tashlash yo’lida tashlangan qadamlar sifatida ishlab chiqdi. Demak Amerika xavfsizlikni mana shunday tushunadi, ya’ni region qatlamlarining o’ziga o’zi tajovuz qilishigina emas, balki bir regionning boshqasiga tajovuz qilishi ham deb tushunadi.
4 – Shuning uchun agar sunniylarning muammolari faqat o’zlarining regioni doirasidagina qolsa yoki kurdlarning muammolari o’zlarining regioni doirasidagina qolsa yoki shialarning muammolari o’zlarining regioni doirasidagina qolsa, Bag’dod esa uchala regionga qarab ketgan va uchalasini mo’rt rishta bilan bog’lab turadigan yo’l bo’lib qolaversa u holda bu erda xavfsizlikka putur etdi, degan narsa bo’lmaydi, binobarin Amerikaning aralashuviga bahona qolmaydi… Shunga ko’ra demak agar bir region boshqasiga tajovuz qilsa demak buni Amerika xavfsizlikka putur etish deb biladi-da o’sha xavfsizlik kelishuvini ro’kach qilib darrov aralashadi. Shuningdek agar biron region markaz Bag’dodga tajovuz qilsa Amerika buni ham xavfsizlikka putur etishi deb hisoblaydi-da darrov aralashadi… Amerika Iroq bilan tuzilgan xavfsizlik kelishuvi bo’yicha faqat kurdlar uchun bir alohida region bo’lgan paytda ham shunday yo’l tutdi… Ana shundan keyin Amerika oxirgi yillarda qolgan regionlarni: sunniylar va shialar regionini ham amaliy suratda tayyorlay boshladi… Bu esa sunniylar bilan shialar o’rtasida bir-biriga kuchli nafrat uyg’otuvchi tarzda adovatni paydo qilish uchun bir alohida iflos tayyorgarlikni talab qilar edi. Shu maqsadda Amerika qo’g’irchog’i Molikiy mazhabchilik fitnasi bilan alohida ajralib turadigan bo’ldi. U boshqalarga g’alamislik qilib ularning g’azabini qo’zg’adi. Natijada regionlarga bo’lib tashlash uchun sharoit muhayyo bo’ldi. Molikiy bu rolni muvaffaqiyatli bajardi. Chunki Molikiy sunniylar bilan kurdlar o’rtasiga adovat urug’ini ekdi. Oqibatda Iroqning bo’linib ketishi ko’plab odamlarning talabiga aylandi… Molikiy bu adovatni paydo qilishga va regionlarga bo’linib ketish uchun muhitni tayyorlashga muvaffaq bo’ldi. U Amerika Molikiyga yuklagan asosiy vazifa edi. Shu qabih vazifani amalga oshirishi uchun Amerika Molikiyni bosh vazir qilib qo’ygan edi… Shuning uchun Amerika o’z istagiga erishgan ko’rinadi. Chunki Molikiy Iroqdagi odamlar o’rtasida adovat muhitini tayyorlab ulgurdi va uning roli tugadi. Shuning uchun bir oz bosiqroq hukumatga ehtiyoj tug’ildi. Bu hukumat adovat muhitidan foydalanib regionlar yoki mintaqalar ishini ularni o’z joylarida ish yuritadigan qilib qo’yadigan tarzda tartibga soladi, bu mintaqalar markaz bilan federatsiya deya atalayotgan bir davlatsimon narsada mo’rt rishta bilan bog’lanib turadi… Shunday qilib Molikiyning roli nihoyasiga etdi va o’zining xo’jayini Amerika tomonidan, hatto o’zining «enagasi» Eron tomonidan ham haydaladigan, qoralanadigan bo’lib qoldi. Molikiy bu haydalishni kutmagan ko’rinadi. Chunki u Amerikaga va uning manfaatlariga shuncha xizmat qilganidan keyin hamda Eron va uning talablariga shuncha xizmat qilganidan keyin haydalishini kutmagan edi. Shuning uchun u tutaqib kuyib-yonib ketdi va g’azablandi… U agar oqil bo’lganida edi bu uning uchun kutilmagan ish bo’lmas edi. Chunki malaylar o’z rollarini to’liq bajarib bo’lishganidan keyin ular yo’l chetiga uloqtiriladi. Ba’zilarini xo’jayinlari toshsiz yo’lga uloqtirib ularga «izzat-ikrom» ko’rsatsa, ba’zilarini toshlari bo’rtib chiqib turgan va tanalarini qonga belaydigan toshloq yo’lga uloqtirishadi…!
5 – Yuqorida aytilganlarga binoan demak Amerika sunniylar mintaqasida urug’-qabilalar, IShID, baaschilar va naqshbandiylar o’rtasida yuz bergan qonli hodisalarni xavfsizlikka putur etish deb hisoblamadi. Shuncha qirg’inlarga qaramay ularni bunday deb hisoblamadi. Modomiki bu qirg’inlar nizo va o’zaro qir-pichoq janglar bitta region ichkarisida yuz bergan ekan Amerika ularni bunday deb hisoblamaydi… Amerika IShIDning 2014 yil 10 iyunda Mosulgacha yoki Tikritgacha yoki boshqa joylargacha etib kelishida ham hech qanday xavfsizlikka putur etishni, ommaviy qirg’inni va insoniylikka tajovuzni ko’rmadi… Chunki bu o’zaro qir-pichoq janglar bitta regionda bo’ldi-da… Lekin Amerika IShIDning va boshqa sunniy jamoatlarning Bag’dodga yaqinlashib qolganini va unga bo’lgan tahdidini xavfsizlikka putur etish deb hisobladi. Shuning uchun u Bag’doddagi elchixonasiga xavfsizlik bo’yicha ekspertlarni yubordi. Buni Psaki 2014 yil 16 iyun dushanba kuni aytdi. Bag’doddagi Amerika elchixonasi fitnalar uyasi sifatida dunyodagi eng katta elchixonadir. Bu fitnalar «oshxonasi»da bashariyatga tajovuz qilish uchun iflos vositalar va bulg’anch uslublar «pishiriladi»… Shundan keyin Amerika 2014 yil 31 iyunda Bag’dodga qo’shimcha 300 askarni hamda bir to’p vertolyot va uchuvchisiz samolyotlarni yubordi. Pentagon amerikalik harbiylarni Bag’dod aeroportidagi xavfsizlik binolariga joylashtirishga qaror qildi. Pentagon voizi admiral Jon Kirbi Iroq poytaxti Bag’doddagi Amerika elchixonasi, uning infrastrukturalari va Bag’dod xalqaro aeroporti xavfsizligini kuchli ta’minlash uchun 200ga yaqin askar Iroqqa kelganini va qo’shimcha 100ta askar «xavfsizlik va ta’minot yordamini ko’rsatish uchun» Bag’dodga yo’l olishi qaroriga kelinganini aytdi… Bularning barchasi ana shu tashkilotlarni Bag’dodga etib kelishdan man qilish uchun qilingan tahdidli ishoralar bo’ldi. Shuning uchun bu tashkilotlar ortga chekinib, Bag’dodga qarshi hujumlar to’xtadi… Vaholanki Molikiy va uning kuchlari shunday bir zaif ahvolda ediki ana shu tashkilotlarning Bag’dodga etib kelib o’z istaklariga erishishi juda oson bo’lib qolgan edi. Lekin bu tashkilotlar Amerikaning tahdidli ishoralarini jiddiy qabul qilib, ortga chekindi…!
6 – Shunday qilib demak Amerikaning Iroqdagi hodisalar yuz berishini tartibga solishga doir tartib-qoidalarini buzish Amerika nazdida insoniy huquqlarni buzish, ommaviy qirg’indan xavotirlanish o’rni va «qizil chiziqlar»dan o’tib ketadigan xavfsizlikka putur etish hisoblanadi… Lekin bunga Amerika amalga oshirayotgan qirg’in jinoyatlari, u daryo qilib oqizayotgan qonlar, bashar, dovu daraxt va tog’u toshni vayron qilishlari – modomiki bu qirg’inlar va jinoyatlar Amerika manfaatlarini ro’yobga chiqarar ekan va uning qabih rejalarini amalga oshirar ekan – kirmaydi… Shunga ko’ra demak IShIDning sunniylar regioniga tajovuz qilishi va Kurdiston regioniga tahdid tug’diradigan tarzda yaqinlashib kelgani Amerika nazdida xavfsizlikka putur etish, inson huquqlarini buzish va ommaviy qirg’in bo’ldi. Buni Obama «Nyu-York tayms»ning u bilan 2014 yil 9 avgustda bo’lgan muloqotda unga Iroq shimoliga samolyotlar hujumlari bilan harbiy aralashuv haqida bergan savoliga javob berib aytdi. Obama bunday dedi: «Qarshingda ommaviy qirg’in yuz berishi mumkinligidan xavotirlanadigan va bizning u erda mavjud bo’lib turishimizni istamaydigan bir qandaydir davlat bo’ladigan sharoit paydo bo’lsa… demak bunday qilish senga lozim bo’lib qoladi». Obama buni Suriyada portlovchi bochkalar bilan amalga oshirilayotgan qattiq va shafqatsiz qirg’inlar yuz berayotgan bir vaqtda aytmoqda… Shunga qaramay Obama Suriyadagi bu qirg’inlardan xavotir bo’lmayapti, ularni ommaviy qirg’inlar deb hisoblamayapti! Shuning uchun Obama Suriya tog’uti qirg’inlariga qarshi aralashmadi… Lekin u Iroq shimolida tahdid Kurdiston regioniga yaqinlashib qolgani uchun darhol aralashdi. Shuning uchun uning 2014 yil 8 avgustdagi murojaati aralashish haqida bo’ldi, uning o’rinbosari Bayden esa Barzoniy bilan bog’lanib unga Amerika uni qo’llab-quvvatlajagini ta’kidladi. Ana shundan keyin 2014 yil 9 avgust shanba kunidan boshlab Amerika hujumlari bo’ldi…
7 – Amerika aralashuviga asosiy sabab IShID tomonidan Kurdiston regioniga qarshi har qanday hujumlarga yo’l qo’ymaslikdir. Amerikaning Iroqni hech qaysi region boshqasini bosib olmasdan, markaz bilan mo’rt rishta bog’lab turadigan uchta regionga bo’lib tashlashga doir siyosati shuni taqozo qiladi. Demak Amerika Iroqning qaysi shaklda bo’lmasin yana bitta davlat bo’lishini istamaydi. Aksincha Amerika Iroqning regionlarga parchalangan holda qolaverishini istaydi. Bu parchalanish oxir-oqibat Amerika rejalari bo’yicha qonuniy bo’linishga olib boradi. Ayni vaqtda Amerika bu regionlardagi ichki nizoni Amerika aralashuviga ijozat beradigan xavfsizlik kelishuviga zid keladigan xavfsizlikka putur etish deb bilmaydi…
Haqiqiy sabab mana shudir. Bunda hech qanday insoniylik undovi yoki ommaviy qirg’indan xavotirlanish degan narsa yo’q… Chunki Amerika boshchiligidagi kapitalistik davlatlar qaysidir insoniy yoki axloqiy omilga zarracha ham ahamiyat bermaydi. Aksincha bu davlatlar nazdidagi asosiy masala hatto ekinzorlar payhon bo’lib va naslu nasab halok bo’lib ketsa ham o’zlarining fitnalarini avj oldirish va qabih rejalarini targ’ib qilishdir… Mustamlakachi kofirlarning haqiqiy basharasi mana shunday, ular mo’min borasida ahdga ham, burchga ham vafo qilishmaydi. Aksincha ularning qo’li qaerga borsa qonga belanadi. Bu qo’llar ularning ziyoniga guvohlik beradi. Ularning qilmishlaridan ularning o’ziga halokat bo’ladi.
8 – So’zimiz yakunida shuni aytamizki, asrlar bo’yi dunyoga etakchi bo’lib kelgan Islomiy Ummatning tog’ut, ruvaybiza hokimlar zo’ravonligi ostiga tushib qolganini ko’rishimiz juda alamlidir. Bu ruvaybizalar Ummat bo’yniga minib olib uni mustamlakachi kofirlar va ularning malaylari o’z fitnalari va qabih rejalarini amalga oshiradigan bir maydonga aylantirishdi… Bu Ummat to’qson yildan oshiqroq vaqt oldin o’z xalifaligi qulatilishiga sukut qilib turaverganidan boshlab uning ustiga qattiq musibatlar va falokatlar yog’ildi. Xalifaligi qulashi natijasida bu Ummatning saqlovchi himoya qalqoni va go’zal boshqaruv yo’q bo’lib ketdi. Oqibatda uning boshiga musibatlar yog’ildi… Lekin bu alamni engillatadigan narsa biz bu Ummatda guvohi bo’lib turgan mana bu ta’sirli uyg’onishdir. Chunki Ummat bugun kuchli harakatga kelmoqda va salobat bilan jonlanmoqda… Qolaversa bu alamni insha Alloh yo’q qiladigan narsa da’vatni etkazayotgan ana o’sha pokiza kishilarning borligidir. Ular tunni kunga ulab da’vatni etkazmoqdalar. Ular Payg’ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni tiklab islomiy hayotni yana boshlash uchun Alloh izni ila pokiza, taqvoli Hizb tarkibida ish olib bormoqdalar. Xalifalik tiklansa Ummat Alloh Subhanahu izni ila yana ilgarigi azizlik va sayyidlik holatiga qaytadi va haqli ravishda odamlar uchun chiqarilgan eng yaxshi ummat bo’ladi. Bu esa Allohga aslo qiyin emas…
«Albatta sizlar uning xabarni (ozgina) vaqtdan so’ng bilib olursizlar» [Sod 88]
16 shavvol 1435h 12 avgust 2014m