Qirol Abdulloh bilan uchrashuv o’tkazish uchun ikki kunlik rasmiy safar bilan Saudiya Arabistoniga yo’l olgan Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisi Qirol Abdulloh bilan G’azodagi oxirgi vaziyatni muhokama qilishi hamda Saudiya arabistoni boshchiligida tashkil qilinadigan doner davlatlar konferentsiyasi haqida bahs yuritishi xabar qilingan edi. Safarda as-Sisiga Misr bosh vaziri Samih Shukri va prezident so’zchisi Ihab Badaviy hamroh bo’ldi. Ammo Misr prezidenti fursatdan foydalanib bir yo’la umra qilib qaytishga bel bog’ladi.
Yahudiy bosqinchilar G’azoda qirg’in o’tkazayotgan bir payda Saudiya harbiylari va politsiyachilari G’azoga emas, Umra ziyoratiga otlangan Misr prezidenti as-Sisini himoya qilish uchun safarbar qilindi. As-Sisi Ka’bani tavof qilar ekan, harbiylar va politsiyachilar himoyani kuchaytirib, biror kishini Ka’ba tarafga harakatlanishiga yo’l qo’yishmadi. Buning uchun Ka’ba atrofida harbiylar va politsiyachilardan jonli devor yaratildi. Safo-Marva o’rtasida say’ qilish uchun esa prezident as-Sisi bir-birining qo’llarini mahkam tutgan politsiyachilar va harbiylardan iborat bir necha qator jonli halqa ichida yugurdi.
Albatta bu xavfsizlik choralari as-Sisini dushmanlardan himoya qilish uchun amalga oshirildi. Biroq dushman kim? Amerika yo G’arb davlatlari yoki Isroilmi? Albatta yo’q! Chunki as-Sisi AQShning xizmatida yugurib elayotgani, Yevropa mulozimlari bilan og’iz-burun o’pishayotgani va Isroilning xavfsizligi uchun tunellarni portlatib, Misr-G’azo chegaralarini bekitib tashlayotgani hech kimga sir emas. Ular tarafidan as-Sisiga xech qanday xavf kelmaydi.
Ko’rinib turganidek, As-Sisi ham, boshqa malay hokimlar ham faqat o’z xalqidan, ya’ni Islom Ummatidan qo’rqishadi. Chunki ular o’z xalqiga qattiq zulm qilishdi. Ularning boshiga falokatlar yog’dirishdi.
Tarixda Kisro o’z elchisini Islom davlatining poytaxti Madinai Munavvaraga yuborganligi shunday rivoyat qilinadi: Elchi Islom yurtiga kelib sahobalardan Xalifaning qasrini so’radi. Sahobalar kulishib, uni Umar r.a.ning kulbasiga yo’llab qo’yishdi. Elchi faqirlarning uyiga o’xshash bir kulbani ko’rib dong qotib qoldi. Chunki u er kurrasining yarmiga hukm yuritgan Xalifaning shunday joyda turishini aqliga sig’dira olmagan edi. Uyning atrofida birorta ham qo’riqchi yo’q. Keyingi manzara elchining yanada lol qolishiga sabab bo’ldi. Elchi ne ko’z bilan ko’rsinki, Umar r.a. hech qanday qo’riqchisiz, qumning ustida uxlab yotardi. O’shanda elchi quyidagi mashhur so’zini aytdi:
“Adolat qilding, xotirjam uxlading”.
Qiyomuddin