Xitoy hukumati butun dunyoning ko’z o’ngida Sharqiy Turkistonda amalga oshirayotgan g’ayriinsoniy faoliyatlarini davom ettirmoqda. Yangi-yangi qatliomlarni uyushtirgan Xitoy hukumati oxirgi paytda Sharqiy Turkistonning shimolida joylashgan mintaqalarda soqol qo’ygan erkaklar va hijob kiygan hamda rumol o’ragan ayollar avtobuslarga chiqishini ta’qiqladi.
Bu cheklov kiyimida Islomiy belgilardan sanalgan yulduz va yarim oy tasvirlangan kishilarga ham tegishlidir. Hukumatga ko’ra, bunday shaxslarga tahdid unsurlari sifatida qaraladi. Bu cheklovlarga mintaqada Islomiy jangarilar xavfi ortib borayotgani sabab qilib keltirilmoqda. Xitoy hukumati Sharqiy turkistonda amalga oshirilgan barcha qirg’in va zulmlarga doimo mana shu sababni ro’kach qilib keladi. Bu chekovlarga amal qilmagan kishilar esa politsiyaga topshiriladi va kerakli jazoga tortiladi.
Xitoy hukumati 1949 yilda Islomiy o’lkalardan biri bo’lgan Sharqiy Turkistonni bosib olib, o’ziga tobe viloyatga aylantirgan. “Sharqiy Turkiston” nomini “Shinjon”ga aylantirgan bosqinchi hukumat millionlagan xitoyliklarni bu o’lkaga joylashtirib, Sharqiy Turkistondagi musulmonlarga aql bovar qilmaydigan zulmlar o’tkazib keldi. Bu zulm va tazyiqlar turli yangi-yangi uslublar bilan davom ettirilmoqda. Gohida qatli omlar mahalliy xitoyliklar qo’li bilan amalga oshiriladi, so’ngra hukumat ularning jinoyatidan ko’z yumadi. Ammo hukumat bu ishlarni jamoatchilikdan doimo yashirib keladi. Hattoki, Xitoyning turli joylarida isitiqomat qilayotgan musulmonlar ham bu voqealardan bexabar qolishadi.