Wikileaks: Isroil AQSh bilan Gazo iqtisodini bo’g’izlash rejasini ishlab chiqqan

493
0

1018561956 Maxfiy ma’lumotlarni oshkor qilish bilan nom chiqargan Wikileaks saytining xabar qilishicha, Tel-Avivdagi AQSh elchixonasi Isroil hukumati sun’iy ravishda G’azo mintaqasidagi iqtisodni eng quyi darajada ushlab turganligi haqida ishonchili ma’lumot ega.

 AQSh elchixonasining 2008 yil 3 noyabr kungi xabarida, isroillik amaldorlar elchixona rasmiylariga bir necha bor o’z niyatlarini tasdiqlashgan. Xabarda aytilishicha, Isroil Falastindagi iqtisodiy vaziyatni inqiroz darajasiga etkazmagan holda saqlab turishga harakat qilib kelmoqda. Elchixonaning mazkur ma’lumotni o’z ichiga olgan maxfiy maktubi AQSh moliya vazirligi va davlat departamentigan jo’natilgan.

 O’z maqsadiga erishish uchun Isroil hukumati mintaqa uchun zarur bo’lgan mablag’larni kelib tushmasligi uchun G’azoga nisbatan keskin pul-kredit siyosatini qo’llab kelmoqda. Elchixona xodimlari Isroilning bunday harakatlarini, hokimiyat tepasiga HAMAS harakati kelganidan so’ng G’azo mintaqasini “dushman birlashma” sifatida qabul qilganligi bilan izohlashmoqda.

 Wikileaks saytida paydo bo’lgan navbatdagi xabar Isroil va HAMAS harakati o’rtasida vujudga kelgan navbatdagi to’qnashuv asnosida paydo bo’ldi. Isroil iyul oyi boshlarida G’azo mintaqasida “Buzilmas qoya” shartli nom ostida harbiy operatsiya boshlagan va 17 iyul kuni Isroil harbiylari G’azoga bostirib kirgan edi.

 So’ngi xabarlarga ko’ra, yahud vujudini G’azo mintaqasiga qarshi boshlagan urishi natijasida 1626 falastinlik qurbon bo’lib, 8830 nafari yarador bo’lgan. Isroil tomonidan yo’qotishlar esa 66 kishi, shu jumladan 63 nafar askar va zobitdan iborat.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.