Qrimda ta’qiqlangan diniy kitoblar ro’yxati e’lon qilindi

561
0

sasa Qrim yarim orolini o’ziga qo’shib olgan Rossiya davlati mintaqadagi musulmon xalqlarga bosim o’tkazishda davom etmoqda. Hukumat mulozimlariga ko’ra, Musulmon xalqlar dinlarida buyurilgan ibodatlarni o’zlari istagan kitoblardan emas, balki davlat belgilab bergan kitoblardan o’qib o’rganishlari lozim.

 Qrim muftiligi Rossiyada ta’qiqlangan “ekstrimistik” ruhdagi kitoblar ro’yxatini e’lon qildi. Muftilikning ogohlantirishicha, Qrimdagi musulmonlarning ro’yxatdan o’rin olgan kitoblarni chop qilishlari, tarqatishlari va uylarida saqlashlari ularning jazoga tortilishiga sabab bo’ladi. Qrim muftiligi mintaqadagi islomiy tashkilotlar va jamiyatlarga hamda diniy shaxslarga bu ro’yxat Qrimda ham amalda qo’llanishini bildirdi. Muftilik ulardan ta’qiqlangan kitoblarni topib yo’q qilishni va bu borada turli chora-tadbirlar ko’rishni talab qildi.

 “Ekstrimistik” ruhdagi kitoblar ro’yxatiga Hizbut Tahrirning barcha kitoblari, Rosululloh s.a.v.ning hayotlari bayon qilingan siyrat kitoblar, turkchadan tarjima qilingan “Islomda odob-axloq madaniyati” (Kultura povedeniya v Islame) kitobi, Badiuzzamon Said Nursining “Risolai nur” asari va yana bir qancha kitoblar kiritilgan. Jami bo’lib, Muftilik e’lon qilgan ro’yxatda Islom diniga aloqador 75 ta kitobning nomi keltirilganligi aytilmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.