Bir oyga yaqin davom etib kelayotgan G’azo qirg’ini haqida birinchi marta so’z ochgan Saudiya arabistonining qiroli xalqqa murojaat qildi. Al-arabiya telekanali orqali jonli ravishda efirga uzatilgan bayonotda qirol Abdulloh G’azodagi qatliomlarni tanqid ostiga olib butun dunyoni jim tomosha qilib turishda aybladi. Lekin G’azo haqida qattiq gapirgan qirol Isroil nomini bir marta ham tilga olmadi.
“G’azodagi birodarlarimizning qonlari to’kilishiga guvoh bo’lmoqdamiz. Falastinliklarga qilingan hujum insoniyatga qarshi qilingan jinoyatdir, urush jinoyatidir va qatliomdir. Bunga halqaro jamiyatlar va tashkilotlar javobgar. Ular o’zlarining jim qarab turishlarini qanday izohlashlari mumkin? Insonlar qatl qilinmoqda, o’nlarcha qatliom amalga oshirildi. Bu butun dunyoning ko’z o’ngida amalga oshirildi. Dunyo esa jim”, dedi qirol Abdulloh.
Qirol tanqid yog’dirgan kunning o’zida Falastinning BMTdagi doimiy vakili Riyoz Mansur ham Isroilning G’azoga qilayotgan hujumlari ommaviy qirg’in nuqtasiga etganligini bildirdi. Riyoz Mansurga ko’ra, Isroilning hujumlarini BMTga a’zo aksar davlatlar tanqid qilmoqda. G’azoda dahshatli manzaralar yuzaga kelayotganini urg’ulagan Mansur Isroilning hujumlari juda ko’pchilikda nafrat o’yg’otayotganini ta’kidladi. Riyoz Mansur G’azoda biror xavfsiz makon qolmaganini qayd etib “buni qatliomdan boshqa nima deyish mumkin?”, deya savol tashladi.
Tunisdagi Nahza harakatining lideri Rashid G’annushiy ham 31 avgust kuni Isroil hujumlarini tanqid qilib chiqqan edi. G’annushiy oqqan qonlar erda qolmasligini bildirib Isroil bilan diplomatik aloqa qilayotganlarni uyalishga chaqirdi.
“Insha Alloh bu qonlar bekorga ketmaydi, yahudiylar buning javobini beradi. Isroil bilan diplomatik aloqalarini davom ettirayotganlar uyalishi kerak. Arab hokimlari o’z xalqlaridan uyalsin. Arab xalqlari eng kamida Londonda ko’rganimizdek, ko’chalarga chiqishlari va Isroilga arab ko’chalari ayoqqa turganligini ko’rsatishlari lozim. Xalqaro tashkilotlar orqali AQShga bosim o’tkazish va diplomatik yo’llar bilan G’azoga dastak berish kerak”, dedi G’annushiy.
Turkiston:
Islom o’lkalarining rahbarlari Isroilni qattiq tanqid ostiga olish bilan cheklanishmoqda. Hatto tanqid qilishganidan so’ng echim sifatida xalqaro tashkilotlarga yoki AQSh kabi kufr davlatlariga murojaat qilishni tavsiya qilishyapti. Hol buki, Isroil barcha jinoyatlarini ana usha AQSh va G’arb davlatlari hamda BMT kabi xalqaro tashkilotlarning dastagi bilan amalga oshirayotgani hech kimga sir bo’lmay qoldi.
Shu paytgacha Turkiya bosh vaziri Rajab Toyyib Erdug’on ham bundan qattiq gaplar bilan Isroilga tanqidlar yog’dirdi. Lekin nima o’zgardi?! Bu tanqidlar hech narsani o’zgartirmasligi o’z-o’zidan ko’rinib turipti. Tajovuzkor armiyaning tajovuzlariga chek quyish uchun uning o’ziga o’xshagan armiya ayoqqa turmog’i lozim. Ammo bu hokimlar Musulmonlar armiyasini kazarmalaridan tashqariga chiqishga yo’l qo’yishmayapti. Vaholangki musulmonlar armiyasi zamonaviy qurollarga, hatto yadro quroliga ham ega.
Masalan 2014 yil o’tkazilgan tadqiqotlarda Turkiya armiyasi dunyodagi o’nta eng kuchli armiyadan biri deb topildi. Bundan tashqari, Ular orasida Allohning yo’lida jonlarini ham fido qiladigan minglagan er yigitlar bor. Islom armiyasidan boshqa hech qanday armiya bunday sifatga ega emas.
Biroq mansablaridan ajralib qolishdan qo’rqadigan malay hokimlar ularni harakatga kelishdan to’sib turipti. Ular musulmonlarning nazaridan qolmasligi uchun faqat tillarida tanqid qilish bilan kifoyalanishmoqda, hatto ba’zilari shunga ham jur’at qilisha olmayapti.
Ammo Islom armiyasi safidagi muxlis zobitlar qayoqda qoldi? Nahotki ularning ham ko’zlari ko’r, quloqlari kar bo’lib qolgan bo’lsa! Nahotki ular hozirgi kunda G’azoda, Suriyada, Myanmarda, Markaziy Afrikada va dunyoning turli burchaklarida dahshatli sur’atda o’ldirilayotgan yosh go’daklar va ayollarning nolai fig’onlarini eshitmayotgan bo’lsa!
Biroq biz Allohdan umidimizni aslo uzmaymiz. Musulmonlar armiyasidan o’z vazifalarini ado etishlarini talab qilaveramiz. Shoyad Islom armiyasi safidagi muxlis zobitlar musulmonlarning ustiga yog’ilayotgan zulmlardan ta’sirlanib – Allohning tavfiqi ila – nusrat talabiga javob bersa. Ana o’shanda – Allohning izni ila – Payg’ambarlik minhoji asosidagi Xalifalik davlati tiklanadi va Islom lashkarlarini harakatga keltiradi. Ana o’shanda bosqinchi yahudiylar, ularning yordamchilari va hamtovoqlari qilgan qilmishlari uchun ummat oldida javob beradi.