Rus axborot vositalariga yo’llangan bayonot: «Xalifalik sizlar da’vo qilayotgandek emas»
2014 yil 29 iyundan boshlab, «IShID» tashkiloti «xalifalik qurilganini»ni e’lon qilganidan keyin butun dunyodagi axborot vositalari bu hodisaga va Xalifalik mavzusiga misli ko’rilmagan ahamiyat bera boshladi. Rus axborot vositalarida ham bu mavzu tilga olinmasdan qolmadi.
Masalan internetdagi ruscha saytlarda «Rossiya yangi Xalifalikning asosiy dushmani» va «Xalifalik 2» degan va boshqa sarlavhalar paydo bo’ldi. Qariyb barcha gazetalar, barcha telekanallar va barcha axborot agentliklari Islomiy davlat mavzusida bahs qilishni o’zining vazifasi deb bildi.
Ko’pgina maqolalar va hisobotlardagi barcha asosiy fikrlar quyidagi nuqtalar atrofida aylandi:
• Xalifalik – qoloqlik hukm surgan o’rta asrlardagi davlatdir, uning asosiy belgisi qattiqqo’l jinoiy jazo choralaridan iborat va davlat sultoni demokratiyaga zid bo’lgan yomon struktura asosiga quriladi.
• Xalifalik 1924 yilda bekor qilinganidan keyin uni qayta tiklash uchun bo’lgan barcha urinishlar faqat zo’ravonlikni bunga erishish yo’li qilib tanlagan jihodiy harakatlardangina iborat bo’ldi.
1953 yilda ta’sis etilgan Hizb ut-Tahrir o’sha vaqtdan beri Xalifalikka da’vat qilib keldi va hamon da’vat qilmoqda. Hizb Xalifalikni tiklash va unga qanday harakat qilish kerakligini aniq, batafsil sharhlab beradigan ko’plab nashrlarni chiqargan. Axborot vositalarida Xalifalik davlati loyihasi haqida adashtiruvchi yolg’on fikrlar keng tarqatilgani, jumladan «IShID» tashkilotining shu maqsadga xizmat qiladigan bayonotlari va ishlari haqida gap-so’zlar keng tarqalgani sababli biz quyidagi izohlarni beramiz:
1 – «IShID» tashkilotining xalifalik tiklangani haqidagi e’loni hech qanday shar’iy asosga tayanmagan. Bu tashkilot bir harbiy tashkilotdir, xolos. Shunga binoan demak Abu Bakr Bag’dodiy shu tashkilot etakchisidir, xolos, ya’ni u musulmonlar xalifasi emas. Zero davlat tayanchlarining yo’qligi, jumladan ichki va tashqi tahdidlarga qarshi tinchlik va xavfsizlikni ta’minlovchi omillarning yo’qligi Xalifalik davlatining tiklanishiga olib kelmaydi.
2 – Nabiy Muhammad A tariqati Islomiy Xalifalik davlatini tiklash tariqatidir. Chunki Payg’ambarimiz A yirik arab qabilalarini 10 yil davomida Islomni qabul qilishga va uning hukmlarini tatbiq etishga da’vat qildilar. Payg’ambarimiz bu da’vatni Alloh u kishiga Madina ahlini muhayyo qilib, ular u kishining da’vatini qabul qilgunlariga qadar davom ettirdilar. Hizb ut-Tahrir mana shu tariqatni tabanniy qilgan va Xalifalikni tiklash uchun yarim asrdan ko’proq vaqtdan beri bo’layotgan siyosiy faoliyatga shu tariqat asosida etakchilik qilib kelmoqda. Hizb bu loyihaga taalluqli barcha masalalarni odamlarga yoritib bermoqda.
3 – Xalifalik nizomi – Islom asosiga qurilgan siyosiy nizomdir. U shu xildagi yagona, tengsiz nizomdir. Xalifalik tarixi Islomdagi boshqaruv nizomi naqadar yaroqli ekanini aniq ko’rsatib turibdi. Bu tarix shuningdek bu nizomning bugungi mavjud barcha nizomlardan ustun ekanini ham aniq ko’rsatib turibdi.
Xalifalik davlati ba’zi rus axborot vositalari tasvirlashga uringanidek odamlarni qo’rquvga solish va repressiya qilish uchun kelgan nizom emas. Aksincha Xalifalik davlati butun bashariyat uchun nozil qilingan Islomni tatbiq etadigan davlatdir. Islom butun bashariyat uchun nozil qilingan. Chunki Islom inson fitratiga muvofiq keladi. Islomning musulmonlarga, yahudiylarga va nasroniylarga yaqinligining sababi mana shu. Bizning bu gapimiz hech bir dalil bo’lmagan bir quruq balandparvoz gap emas. Aksincha u hamma odamlarga yaxshi ma’lum faktlarga asoslangan. Chunki Islomiy Xalifalikning uzun tarixi islomiy nizomning tatbiq etilishi davlat va jamiyatning asosiy qoidalarini a’lo tarzda himoya qilajagini isbotlab turibdi. Buni esa biz bugun «demokratiya davlatlari» degan davlatlarda yoki Rossiyada aslo topolmaymiz. Aksincha biz bu davlatlarda jamiyatning tez tubanlashib borayotganini ko’rib turibmiz, davlatning odamlarni axloqsiz demokratiya qiymatlarining keng tarqalib borishidan himoya qilishga qudrati etmayotganiga guvoh bo’lib turibmiz.
4 – Butun bashariyat bugun ichki ziddiyatlar burdalab tashlayotgan demokratiya va «huquq va erkinliklar» degan narsaga ibodat qilishni himoya qilish G’arb jamiyatlarining oxir-oqibat juda og’ir tubanlik bosqichiga olib keldi. Chunki demokratiya hatto oilaning asosiy qiymatlarini ham emirib tashladi. Bularning barchasi qiymatlar sistemasining o’zi ham fasod ekanligi sababli yuz bermoqda. Chunki bu qiymatlarni bashariy havoyi xohishlar joriy qilgan. Shuning uchun musulmonlarning bunday davlatda, ya’ni Xalifalik davlatida yashashni istashlari tabiiydir. Chunki bu davlat o’z fuqarolariga g’amxo’rlik qilishga to’la asoslanadigan odil davlatdir. Bu Xalifalik davlati haqiqiy insoniy qiymatlarni – ular jamiyatda tatbiq etilishi uchun – qayta tiklaydi. Haqiqatda odamlar «kuchli zaifni eydigan» va ishlar o’lchovi moddiy manfaat bo’lgan jamiyatda yashashdan juda charchashdi.
Hizb ut-Tahrir siyosiy hizb bo’lib, uning mabdasi Islomdir. Hizb Islomni yoyishga va uning hukmlarini tatbiq etishga harakat qilmoqda. Chunki Islomda qiymatlar sistemasini odamlar joriy qilmaydi, aksincha ularni Xoliq Subhanahu va Taolo nozil qilgandir. Hizb ut-Tahrir Xalifalik davlatini tiklab islomiy yurtlarni Islom bag’riga qaytarishga harakat qilmoqda va G’arb jamiyatlariga Islomning isbot talab qilmas haqiqatlariga oid chuqur tushunchani taqdim qilmoqda.
Payg’ambarimiz Muhammad A bunday dedilar:
«مَثَلُ الْقَائِمِ عَلَى حُدُودِ اللهِ وَالْوَاقِعِ فِيهَا كَمَثَلِ قَوْمٍ اسْتَهَمُوا عَلَى سَفِينَةٍ فَأَصَابَ بَعْضُهُمْ أَعْلاَهَا وَبَعْضُهُمْ أَسْفَلَهَا، فَكَانَ الَّذِينَ فِي أَسْفَلِهَا إِذَا اسْتَقَوْا مِنْ الْمَاءِ مَرُّوا عَلَى مَنْ فَوْقَهُمْ فَقَالُوا: لَوْ أَنَّا خَرَقْنَا فِي نَصِيبِنَا خَرْقًا وَلَمْ نُؤْذِ مَنْ فَوْقَنَا، فَإِنْ يَتْرُكُوهُمْ وَمَا أَرَادُوا هَلَكُوا جَمِيعًا وَإِنْ أَخَذُوا عَلَى أَيْدِيهِمْ نَجَوْا وَنَجَوْا جَمِيعًا»
«Allohning qonunlariga rioya qiladigan inson bilan ularga amal qilmaydigan kishi kemada hamroh bo’lgan bir guruh odamlarga o’xshaydilar, ba’zilari kemaning yuqori qismidan, ba’zilari esa quyi qismidan joy oldilar. Kemaning quyidan joy olganlar suv ichmoqchi bo’lsalar, yuqoridagilarni bosib o’tar edilar. Shunda ular yuqoridagilarni bezovta qilmay, shu erdan teshib ola qolsakchi, deb qoldilar… Kemadagi hamrohlar ularni o’z holiga qo’ysalar, barcha halok bo’ladi. Agar ularni qo’lidan tutib to’xtatib qo’ya olsalar, o’zlari ham, kemadagi hamrohlarning barchasi ham najot topadi». (Bu hadisni Buxoriy rivoyat qildi).
Hizb ut-Tahrirning Rossiyadagi matbuot bo’limi
Hizb ut-Tahrirning Rossiyadagi matbuot bo’limi: www.hizb-russia.info
Elektron pochta: mediaoffice.htr@gmail.com