BMT xavfsizlik kengashi G’azoda darhol o’t ochishni to’xtatishni e’lon qilishga chaqirdi.
Iordaniyaning tashabbusi bilan favqulodda yig’ilish o’tkazgan BMT xavfsizlik kengashi maxfiy uchrashuvdan so’ng G’azo mintaqasida o’lganlar soni ortib borishidan jiddiy tashvishda ekanligini bildirdi. BMT bosh kotibi Pan Gi Mun ham G’azoning Shejayya tumani bombalanishini vahshiylik deb atadi.
Ammo Isroil BMT xavfsizlik kengashining chaqiruviga parvo qilmay G’azoni erdan ham, osmondan ham bombalashni davom ettirmoqda. Isroilning qiruvchi samalyotlari erta tong paytida Shejayya va Maghaz tumanlarini havodan bombardimon qilar ekan, quruqlikdan tanklar bilan o’qqa tuta boshladi. Bu qirg’in ikki hafta avval boshlangan qirg’inlar ichida eng qonlisi bo’ldi. Hujum oqibatida yuzdan ortiq musulmon hayotdan ko’z yumdi.
Voqeani jonli tarzda yoritib borayotgan Aljazira muxbiri Wael Dahdouh hodisalar haqida xabar qilar ekan, ko’z yoshini tutib tura olmadi. Tong otishi oldidan hujumga uchragan Shejayyadan efirga jonli bog’langan Wael Dahdouh yig’idan o’zini to’xtata olmaganligi uchun jonli efir to’xtatildi. Hatto og’ziga talqon solib olgan Falastin prezidenti Mahmud Abbos – qo’lidan bir ish kelmasa ham – Isroilning bu galgi hujumini “qirg’in” deya sifatlashga jur’at qildi.
BBSning arab xizmatiga intervyu bergan Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyahu esa Shejayya tumanini “terror qal’asi”, deya nomladi. Netanyahuning da’vo qilishicha, Isroilga otilayotgan raketalar Shejayya tumanidan otilmoqda. U Isroil armiyasi aholi zich yashaydigan mintaqalargi kirishi aytib, hujumlarni davom ettirishini bildirdi.