AQSh kongresi Isroilga 621 million dollar yordam ko’rsatishini ma’lum qildi.
AQSh kongresining qarori bilan Isroilga yordam sifatida ajratilgan 621 million dollar yordam puli Isroil davlati o’zini o’zi yana ham yaxshiroq himoya qilish uchun sarflanishi bildirildi. Ammo ayni paytda Isroil tarafidan emas, G’azo tarafdan o’lganlarning soni 500 nafardan oshganligi aytilmoqda.
Senatning mudofaa komissiyasi Isroilga moddiy yordam berishni o’z ichiga olgan qonun loyihasini tasdiqladi. Beriladigan yordam Isroilning harbiy quvvatini oshirish uchun, xususan Isroilda qurilgan “Temir gumbaz” raketa mudofaa tizimini kuchaytirish uchun ishlatiladi. Ayni qo’mita 2013 yilda “Temir gumbaz” raketa mudofaa tizimi uchun bir milliard dollar yordam ajratishga qaror qabul qilgan edi.
1988 yildan buyon Isroil mudofaa tizimini dastaklab kelayotgan Amerika hukumati oxirgi kunlarda G’azoning ustidan bomba yog’dirayotgan Isroil hukumatining himoya tizimini kuchaytirish uchun harakatga keldi.