«Al-Jazira» saytida chop etilgan maqolaga raddiya

503
0

01-11«Al-Jazira» saytida chop etilgan maqolaga raddiya

 2014 yil 8 iyunda «al-Jazira» saytida «Payg’ambarlik minhoji asosidagi Xalifalik bilan «IShID» minhoji asosidagi Xalifalik» sarlavha asosida maqola chop etildi. Maqola shayx Yusuf Qurzoviy raislik qiluvchi Islom Ulamolari Xalqaro Ittifoqining rais o’rinbosari doktor shayx Ahmad Raysuniy qalamiga mansub. U maqolada bunday da’vo qiladi: «Shariat bizga Xalifalik yoki Islomiy Xalifalik yoki Xalifalik davlati, deyilayotgan narsani hech qachon farz qilgan emas, bunday Xalifalikning yoki uning davlatining na muayyan shaklini yoki ko’rinishini barpo etish bizga farz emas, biz rahbarimizni xalifa, boshqaruvimizni Xalifalik, deya – bitta jumlani bo’lsa ham – atashga buyurilgan emasmiz».

 Biz quyida Xalifalik voqeini, shar’iy hukmini va uni barpo etishni farz qiluvchi dalillarni ro’yi-rost keltiramiz:

 Xalifalik islomiy shariat ahkomlarini barpo qilish va islomiy da’vatni dunyoga etkazish uchun dunyodagi butun musulmonlarga raislikdir. U imomlikni aynan o’zi, chunki imomlik va Xalifalik bitta ma’noda. Ushbu ikki so’z sahih hadislarda kelgan, ulardan birortasi ham biror shar’iy nususda, ya’ni Kitob va Sunnatda bir-biriga zid ma’noda kelgan emas, chunki faqat Kitobu Sunnatgina shar’iy nususdir.

 Bitta xalifa barpo etish butun dunyodagi musulmonlarga farz. Alloh musulmonlarga farz qilgan barcha farzlar singari bitta xalifa barpo etish hech qanday ixtiyorga ham, ikkilanishga ham o’rin yo’q bo’lgan qat’iy buyruq, uni barpo etishda sustkashlik qilish eng katta osiyliklardan biri bo’lib, uning uchun Alloh qattiq azobga giriftor qiladi.

 Barcha musulmonlarga Xalifalikni barpo etishning farzligiga dalil: Qur’on, Sunnat va sahobalar ijmoi.

 Qur’ondan dalil: Alloh Taolo Rosululloh Ani musulmonlar o’rtasida Alloh nozil qilgan narsalar bilan hukm yuritishiga buyurdi va bu buyrug’i qat’iy shaklda bo’ldi. Alloh Taolo O’z Rosuli Aga qarata bunday dedi:

 «Bas, odamlar o’rtasida Alloh nozil qilgan narsalar bilan hukm yuriting va sizga kelgan haqdan yuz o’girib, ularning havoyi nafslariga ergashmang!» [Moida 48]

«Ular o’rtasida Alloh nozil qilgan narsa bilan hukm qiling, ularning havoyi nafslariga ergashmang va Alloh sizga nozil qilgan hukmlarning ayrimlaridan sizni (burib) fitnaga solib qo’yishlaridan ehtiyot bo’ling» [ Moida 49]

 Rosulullohga qilingan xitob Ummatga qilingan xitobdir, agar ul zotning o’ziga xoslovchi dalil kelmagan bo’lsa. Bu erda unday dalil yo’q, shuning uchun bu xitob barcha musulmonlarga mana shunday hukmni barpo etishlari uchun bo’lgan xitobdir. Xalifa barpo etish hukm va hokimiyat barpo etishdan boshqa narsani anglatmaydi. Bundan tashqari, Alloh Taolo musulmonlarga ish egalariga itoat qilishni farz qilgan, bu esa musulmonlarga ish egasi bo’lishi shartligiga dalolat qiladi. Alloh Taolo bunday dedi:

 «Ey mo’minlar, Allohga itoat qiling va Rosulullohga, orangizdagi ish egalariga itoat qiling» [Niso 59]

 Alloh mavjud bo’lmagan kishilarga itoat qilishni buyurmaydi. Shu bois bu oyat ish egalarini vujudga keltirish zarurligiga dalolat qiladi va bu vujudga keltirish mandub ham emas, muboh ham emas, balki farzdir, chunki Alloh nozil qilgan narsalar bilan hukm yuritish farz. Alloh Taolo ish egalariga itoat qilishga buyurar ekan, ularni vujudga keltirishga ham buyurdi. Ish egasini vujudga keltirish bilan o’z-o’zidan shar’iy hukmni barpo qilish ham kelib chiqadi, uni vujudga keltirishni tark etish bilan esa shar’iy hukmni zoe qilish kelib chiqadi, shuning uchun uni vujudga keltirmaslikdan harom – ya’ni shar’iy hukmni zoe qilish – kelib chiqishi sababli uni vujudga keltirish farz bo’lib qoladi.

 Sunnatdan dalil: Imom Muslim Nofe yo’lidan rivoyat qiladi: Menga Ibn Umar bunday dedi: men Rosululloh Aning bunday deganlarini eshitgandim:

 «مَنْ خَلَعَ يَدَاً مِنْ طَاعَةٍ لَقِيَ اللهَ يَوْمَ الْقِيَامَةِ لاَ حُجَّةَ لَهُ، وَمَنْ مَاتَ وَلَيْسَ فِي عُنُقِهِ بَيْعَةٌ مَاتَ مِيتَةً جَاهِلِيَّةً»

 «Kimki itoatdan bosh tortsa qiyomat kuni Allohga hujjati yo’q holda yo’liqadi. Kimki bo’ynida bay’at yo’q holda o’lsa johiliyat o’limi bilan o’libdi».

 Bu erda Nabiy A barcha musulmonga bo’ynida bay’at bo’lishini farz qildilar va bo’ynida bay’atsiz vafot etgan kimsani dinsiz holda vafot etdi, deya sifatladilar. Bay’at faqat xalifaga qilinadi, boshqaga qilinmaydi. Rosululloh har bir musulmonga zimmasida bay’at bo’lishini farz qildilar, har bir musulmonga xalifaga bay’at qilishni farz qilmadilar, chunki bu erdagi farz har bir musulmon elkasida bay’at bo’lishidir, ya’ni bitta xalifaning bor bo’lishi har bir musulmon elkasida bay’at sifatida mavjud bo’lishga haqli. Chunki aynan xalifaning bor bo’lishi har bir musulmon elkasida bay’atni bor qiladi, u amalda bay’at qiladimi yo qilmaydimi, farqi yo’q. Shuning uchun mazkur hadis xalifa saylash farzligiga dalil bo’lgan, har bir shaxsning xalifaga bay’at qilishi farzligiga dalil bo’lmagan. Chunki Rosululloh A musulmon zimmasida bay’at bo’lmagan holda vafot topishiga dashnom berdilar, to’g’ridan-to’g’ri bay’at bermaslikka dashnom bermadilar. Nabiy Adan rivoyat qilinadi:

 «كَانَتْ بَنُو إِسْرَائِيلَ تَسُوسُهُمُ الأنْبِيَاءُ، كُلَّمَا هَلَكَ نَبِيٌّ خَلَفَهُ نَبِيٌّ، وَإِنَّهُ لا نَبِيَّ بَعْدِي، وَسَتَكُونُ خُلَفَاءُ فَتَكْثُرُ. قَالُوا: فَمَا تَأْمُرُنَا؟ قَالَ: فُوا بِبَيْعَةِ الأوَّلِ فَالأوَّلِ، وَأَعْطُوهُمْ حَقَّهُمْ فَإِنَّ اللهَ سَائِلُهُمْ عَمَّا اسْتَرْعَاهُمْ»

 «Banu Isroilga payg’ambarlar siyosat yurgizardi. Qachon bir payg’ambar halok bo’lsa, ortidan boshqa bir payg’ambar kelardi. Mendan keyin esa payg’ambar bo’lmaydi. Xalifalar bo’ladi va ular ko’payib ketadi. Shunda: bizga nimani buyurasiz? – deyishgan edi, aytdilarki: birinchisining, faqatgina birinchisining bay’atiga vafo qilinglar va ularning haqlarini beringlar, zero Alloh ulardan fuqaroni qanday boshqarganlari haqida so’raydi».

 Ibn Abbos rivoyat qiladiki, Rosululloh A bunday dedilar:

 «مَنْ كَرِهَ مِنْ أميرِهِ شَيْئًا فَلْيَصْبِرْ عَلَيْهِ، فَإنَّهُ لَيْسَ أحَدٌ مِنَ النَّاسِ خَرَجَ مِنَ السُّلْطانِ شِبْراً فَماتَ عَلَيْهِ إلاَّ ماتَ مِيتَةً جاهِلِيَّةً»

 «Kim amiridan biror narsani yoqtirmasa, unga sabr qilsin, chunki biror kishi sultonga qarshi chiqqan holda vafot topgan bo’lsa, dinsiz holda vafot topibdi». (Imom Muslim rivoyati).

 Bu hadislarda Rosulullohdan musulmonlar boshlariga voliylar kelishi hamda xalifa qalqon himoyachi ekani xabar qilingan, chunki Rosulullohning imom-xalifani qalqon deb sifatlashlari xalifani bor bo’lishi foydali ekanidan xabar ya’ni talabdir. Chunki Allohdan va Rosulidan xabar agar dashnomni o’z ichiga olgan bo’lsa, bu tark qilishga bo’lgan talabni ya’ni qaytaruvni anglatadi. Agar maqtovni o’z ichiga olgan bo’lsa, qilishga bo’lgan talabni anglatadi. Agar talab qilingan amalni qilishdan shar’iy hukm kelib chiqsa yoki uni tark qilishdan shar’iy hukmni zoe ketkazish kelib chiqsa, bu talab qat’iy bo’ladi.

 Shuningdek, bu hadislarda musulmonlarga siyosat yurituvchi xalifa bo’lishi aytilgan. Bu esa shu xalifa barpo qilish talab etilayotganini anglatadi. Yana bu hadislarda musulmonning sultonga qarshi chiqishi haromligi aytilgan, bu ham musulmonning sulton barpo qilishni ya’ni bu farz hukmini olishini anglatadi. Binobarin, Rosululloh A xalifalarga itoat qilishga va undan Xalifalik talashgan kimsani qatl qilishga buyurdilar. Bu ham xalifa barpo qilishga hamda u bilan Xalifalik talashgan barcha kimsalarni qatl qilish orqali uning Xalifaligini muhofaza qilishga bo’lgan buyruqni anglatadi. Imom Muslim rivoyat qilgan ushbu hadisda Nabiy A bunday marhamat qiladilar:

 «وَمَنْ بَايَعَ إِمَامًا فَأَعْطَاهُ صَفْقَةَ يَدِهِ وَثَمَرَةَ قَلْبِهِ فَلْيُطِعْهُ إِنِ اسْتَطَاعَ، فَإِنْ جَاءَ آَخَرُ يُنَازِعُهُ فَاضْرِبُوا عُنُقَ الآخَرِ»

«Kimki bitta imom bilan bay’atlashib unga qo’lini va qalbi qo’rini bersa qo’lidan kelganicha unga itoat qilsin. Endi agar boshqa birov kelib u bilan imomlikni talashsa, uning bo’yniga qilich bilan uringlar».

Demak, imom-xalifaga itoat qilishga bo’lgan buyruq uni barpo qilishga bo’lgan buyruqdir, u bilan Xalifalik talashgan kimsani qatl qilish buyrug’i doimo bitta xalifa mavjud bo’lib turishi to’g’risidagi qat’iylikka qarinadir.

 Sahobalar ijmoidan dalil: Sahoba Glar Rosululloh Aning vafotlaridan so’ng bitta xalifa barpo qilish shartligiga ijmo qilganlar. Avval Abu Bakrni xalifa qilishga ijmo qildilar, u vafot etgach, Umarni, u vafot etgach, Usmonni, u vafot etgach, Alini xalifa qilishga ijmo qildilar. Darvoqe, sahobalarning xalifa barpo etishga qilgan ijmolari Rosululloh A vafot etganlaridan so’ng ul zotni dafn qilishni kechiktirishib, xalifa saylash bilan band bo’lganlaridan ham tasdiqlangan, holbuki, mayyitni dafn qilish farz edi, uni yuvib kafanlab dafn qilishi kerak bo’lgan kishilarning boshqa ish bilan band bo’lishlari harom edi. Rosululloh Ani yuvib kafanlab dafn qilish bilan shug’ullanishlari lozim bo’lgan sahobalarning bir qismi xalifa saylash bilan shug’ullandilar, qolgan qismi bunga sukut qildilar va buni inkor etishga ham, o’zlari dafn qilishga ham qodir bo’lisha turib, ushbu kechiktirishga sherik bo’ldilar. Natijada, mayyitni dafn qilishdan ko’ra xalifa saylash muhimligiga ijmo bo’lib qoldi. Bu qachon xalifa saylash mayyitni dafn qilishdan ham zarurroq bo’lgan holdagina bo’ladi.

 Bundan tashqari, barcha sahobalar butun hayotlari davomida xalifa saylashning zarurligiga ijmo qilganlar, faqat kimni xalifa qilish masalasida ixtilof qilganlar, na Rosululloh Aning hayotlik paytlarida, na vafot etganlaridan so’ng xulafoi roshidinlar davrida xalifa saylash borasida mutlaqo ixtilof qilgan emaslar, shuning uchun sahobalarning ushbu ijmolari xalifa saylash farzligiga ochiq kuchli dalil bo’lib qoldi.

 Binobarin, dinni barpo qilish, dunyo va oxirat ishlarining barcha sohalarida shariat ahkomlarini tatbiq etish subuti ham, dalolati ham qat’iy dalil orqali farzdir. Buni esa hokimiyatga ega rahbarsiz aslo ado etib bo’lmaydi. Shar’iy qoidada «vojibni ado etish uchun zarur bo’lgan narsa ham vojibdir», deyilgan bo’lib, bitta xalifa saylash shu jihatdan ham farz bo’lgan.

 Mana, ushbu dalillar shunga ochiq dalolat qilmoqdaki, musulmonlar orasidan ularga boshqaruv va hokimiyat barpo etish ham, boshqaruv va hokimiyatga o’tiradigan bitta xalifa barpo etish ham farzdir, chunki bundan faqat boshqaruv va hokimiyatgina emas, balki shariat ahkomlarini tatbiq qilish ham maqsad qilingan. Shuning uchun Islom ahkomlarini qoim qiluvchi, musulmonlarga farz sifatida da’vat yukini ko’taruvchi xalifani barpo etish islomiy boshqaruvni barpo etish va musulmonlar daxlsizligini himoya qilish kabi Alloh musulmonlarga buyurgan farzlardan biri bo’lishidan tashqari sahih shar’iy nususlarda isbotlanganiga aslo shubha yo’q bir ish hamdir. Biroq bu farz musulmonlarga farzi kifoya bo’lib, agar ulardan ba’zilari uni ado etsa, farzlik topiladi-da, boshqa musulmonlardan soqit bo’ladi. Agar shu ba’zilari barpo etiladigan hamma amallarni qilish bilan ham uni barpo etishga qodir bo’lmasalar, u hamma musulmonlarga farzga aylanadi va mudom musulmonlar xalifasiz ekanlar, bu farz hech kimlarining zimmasidan soqit bo’lmay turadi.

 Musulmonlar uchun xalifa barpo etishdan o’tirib qolish eng katta osiyliklardan biri, chunki bu Islomning eng muhim farzlarini qilishdan o’tirib qolishdir. Bunga din ahkomlarini barpo qilishgina emas, balki hayotning hamma sohasida Islomning mavjud bo’lishi ham bog’liqdir. Shuning uchun musulmonlar hammalari o’zlari uchun bitta xalifa barpo etishdan o’tirib qolganliklarida qattiq gunohkordirlar.

 Ahmad Raysuniy mazkur maqolasi bilan o’zidan oldingi Ali Abdurazzoqqa taqlid qildi. U ham o’zining «Islom va boshqaruv usuli» (1925) nomli mashhur kitobida mana bunday iddiolar qilgandi: «To’g’risi, Islom dini musulmonlar o’rtasida ma’lum bo’lgan ana shu xalifalikdan pokdir,musulmonlar uning tevaragida paydo qilishgan rag’bat-istak, qo’rquv, azizlik va quvvat degan barcha narsadan pokdir. Xalifalikning diniy rejalarning birortasiga mutlaqo aloqasi yo’q. Qozilik va boshqalar ham boshqaruv vazifalaridan va davlat mansablaridan emas. Aksincha bu boshqaruv vazifalari va davlat mansablari dinga hech bir aloqasi bo’lmagan bir quruq siyosiy rejalardir, xolos. Shuning uchun din ularni tan ham olmaydi, inkor ham qilmaydi, din ularga buyurmagan ham, ulardan qaytarmagan ham, balki ular borasida aql hukmlariga, boshqa ummatlar tajribalariga va siyosat qoidalariga murojaat qilishimiz uchun ularni o’zimizga tashlab qo’ygan».

 O’shanda Azhardagi Katta Ulamolar Hay’ati Abdurrazzoqning bu uydirmasiga qarshi chiqqan va uni mahkamaga tortib, ulamolar guruhidan chiqarib tashlashga hukm qilgan hamda «Adolat» nomli haqqoniylik vazirligidagi shar’iy qozilar ta’zir kengashi undan shar’iy qozilik huquqini olib qo’yishga ijmo qilgan edi. Demak, bugun ham Islom Ulamolari Xalqaro Ittifoqi Raysuniyning bunday qilmishi uchun hisobga tortmoqlari lozim!

 Usmon Baxxosh

 Hizb ut-Tahrirning

 markaziy matbuot bo’limi raisi

Manzil: al­Mazraa- «KolumbiaTSentr» – blok b – ikkinchi qavat
Pochta qutisi14­5010
telefon: 009611307594
uyali telefon: 0096171724043
elektron pochta: media@hizb-ut-tahrir.info

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.