Falastin uchun birdan bir echim Xalifalikdir

1524
0

20140718_1_istanbul-gazze-icin-tek-yurekHizbut Tahrir Turkiya viloyati Isroilning G’azo bo’lkasiga uyushtirgan hujumini qoralab namoyish o’tkazdi. Isroilga la’natlar yog’ilgan namoyish juda ko’p xalq ishtirokida bo’lib o’tdi.

Turkiyaning Fotih jomesida o’qilgan juma namozidan so’ng katta yo’lni to’ldirib “Sarajxona” xiyoboniga qarab yo’l olgan musulmonlar Amerika va Isroilga la’natlar aytishdi. Takbirlar sadosi ostida o’tgan namoyishda barcha musulmonlar bir og’izdan “Falastin uchun birdan bir echim xalifalikdir”, degan shiorlarni baralla aytishdi. Namoyishga “Yeni Akit” gazetasining jurnalisti Ahmad Varol va tadqiqotchi jarnalist Hamza Er yordam ko’rsatishdi.

“Sarajxona” xiyobonida o’tkazilgan namoyishda Hizbut Tahrirning faol yigitlaridan biri Mahmud Kar matbuot bayonotini o’qib eshittirdi. Matbuot bayonotida AQSh va Isroilga la’natlar aytilar ekan, G’azo fojeasi Islom o’lkalaridagi hokimlar tarafidan nomigagina qoralab qo’yilganligi tanqid ostiga olindi.

“Ey musulmonlar! Biz bu hujumlarga qarshi sukut saqlaganlarni qattiq tanqid ostiga olamiz. Qo’lidan bir ish kelmasligi aniq, biroq bir og’iz qoralab qo’yishdan ham ojiz qolganlarni tanqid qilamiz. Og’izda gapirib qo’yib amalda bajarmaganlarni tanqid qilamiz. Armiyalarini kazarmalarida ushlab turib, terrorist Isroilning qalbiga qo’rquv solmagan qo’rqoqlarni tanqid qilamiz. Musulmonlarning qonlariga belangan kofirlarning qo’llarini mahkam tutgan kimsalarni tanqid qilamiz. Marmara shahidlarini arzimas chaqalik kompensatsiyaga sotganlarni tanqid qilamiz. Musulmonlarning ilk qiblasi bo’lgan Aqsoni ishg’ol etgan yahudiylar bilan razvedka bo’yicha bitim tuzganlarni tanqid qilamiz. Isroil bilan tuzilgan harbiy va iqtisodiy bitimlarni bekor qilmaganlarni tanqid qilamiz. Isroil elchixonasi va konsulligini mamlakatda bemalol ishlashiga imkoniyat yaratib bergan davlat rahbarlarini tanqid qilamiz. Falastinda sionist yahudiy vujudiga haddini bildirib qo’ymagan rahbarlarni tanqid qilamiz”, deyiladi matbuot bayonotida.

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.