Hizbulloh guruhi Suriyada Asad kuchlari tarafida turib Musulmonlarni qirg’in qilayotgan bir paytda, Falastinda yahudiylarga qarshi faoliyat olib borish bilan tanilgan Hamas tashkiloti Hizbulloh guruhi bilan mustahkam aloqaga ega ekanligini ochiqladi.
Hamas tashkilotining tashqi aloqalar bo’yicha mas’uli Usoma Hamdan Livanda chaqadigan As-Safir gazetasiga intervyu berdi. U intervyusida Eron davlati va Hizbulloh guruhi bilan Hamas tashkiloti o’rtasida aloqalar juda faol ekanligini, hatto ba’zilar o’ylagandan ham ko’ra mustahkamroq aloqalar mavjudligini ta’kidladi.
“Dushmanimiz bitta. Dushmanimiz dushmanlariga qarshi ishga soladigan taktikalar ham bit xil. Shu sababli tajribalarimizni o’rtoqlashish uchun mushtarak faoliyat olib bormoqdamiz. Eron davlati va Hizbulloh guruhi bilan aloqalarimiz ba’zilar o’ylaganlan ham ko’ra juda yaxshi ketmoqda. Hizbulloh bilan aloqalarimiz ba’zi insonlarning yaxshi taxmin qilganidan ko’ra ham yaxshiroqdir. Shart-sharoitlar har qancha o’zgarsa uzgarsin, bu aloqalarni bor kuchimiz bilan himoya qilamiz”, dedi Usoma Hamdan.
Hamas tashkilotining tashqi aloqalar bo’yicha mas’uli “Dushmanimiz bitta”, degan iboradan yahudiylarni nazarda tutgan bo’lsa ham, biroq shu kunlarda Hizbullohning haqiqiy dushmani Suriyadagi yahudiylarning hamtovog’i bo’lgan zolim Asaddan qutilish uchun jihod qilayotgan musulmonlar ekanligi hech kimga sir emas.
Ayni paytda Amerika, Yevropa ittifoqi va Isroil davlatlari G’azo bo’lkasini bomba bo’ron qilinishida Hamas tashkilotini aybdor deb sanamoqda. Isroilning havodan, erdan va dengizdan uyushtirgan hujumlari oqibatida 200dan ortiq musulmon halok bo’ldi. Ammo BBS axborot agentligi namoyish qilgan video lavhada aytilishicha, Hamas tarafidan Isroilga otilgan raketalardan bir kishi ham halok bo’lgan emas.