O’rta Sharq bo’yicha Daniyalik korrespondent Allan Sorensenning Tvitter sahifasida namoyish etilgan foto suratlar ijtimoiy tarmoqni larzaga soldi. Uning tvitter sahifasida qo’yilgan suratlarda bir guruh yahudiylar Isroil askarlarining G’azoni bambardimon qilayotgan paytini xuddiki kino ko’rib o’tirgandek maroq bilan tomosha qilib o’tirgani aks ettirilgan.
G’azodagi musulmon aholining ustidan bombalar yog’ilar ekan, yahudiylar musulmonlarning baqir-chaqirlari va ayollaru yosh bolalarning dod solib yig’lashlarini zavqlanib tomosha qilib o’tirishi suratdan ko’rinib turipti. Hatto ba’zi tomoshabinlarning qirg’inlarni xursandlik va qarsaklar bilan olqishlashlari ijtimoiy tarmoqdagilarga yanada qattiq ta’sir qildi.
Allan Sorensen Shvetsiya matbuotiga bergan intervyusida G’azo chegarasida to’plangan bir guruh isroilliklar G’azoga tushgan har bir bombadan bolalarning chinqirgan ovozi eshitilib turishiga qaramay, vijdonsizlarcha, hujumni olqishlab, ishtiyoq bilan tomosha qilganligini bildirdi.