Chunki 5 milliondan ziyod aholiga ega Qirg’izistonning aksar aholisi Islom diniga e’tiqod qiladi. Shu sababdan maktabda ta’lim oluvchi aksar o’quvchilarning ota-onalari o’z farzandlari, xususan o’quvchi qizlarini maktabga islomiy qadriyatlarga muvofiq kiyinib, maktabga ro’mol o’rab kelishini xohlashadi.
Respublikada yagona maktab formasi joriy etilmagani turli muommolarga sabab bo’layotgan, maktab direktorlari mintaqalarda aholining Islom dini va qadriyatlariga qarashlaridan kelib chiqqan holda o’quvchi qizlarga ro’mol o’rashga ruxsat berishi yoki ta’qiqlashlari aholi o’rtasida turli noroziliklarni keltirib chiqarayotgan edi.
Mazkur muammoni xal qilish uchun Qirg’iziston hukumati 2014 yangi o’quv yilidan boshlab maktab o’quvchilari uchun yangi maktab formasini joriy etish qarorini tasdiqladi. Hukumatning hisob-kitobicha yangi makta formasi ota-onalarga 1 700 somga tushadi.
Ammo muammo faqat yangi maktab formasini joriy etish bilan xal bo’lib qoladimi? Albatta yo’q!
Sobiq Sovet ittifoqi o’z farzandlariga kommunistik saqofatni singdirdi. O’zining saqofatiga kapitalistik yoki islomiy saqofatdan bir tomchi ham kiritmaslikka harakat qildi. Bugungi kunda esa G’arb farzandlarini dinni hayotdan ajratish ustiga qurilgan kapitalistik saqofat asosida tarbiyalab, yashash tarzini ham shu asosda shakllantirib, o’z aqidasi va saqofatiga islomiy saqofatdan biror qatra sizib kirib qolmasligi uchun urushlar uyushtirdi.
O’z ta’sir doirasini kengaytirish va mustamlaka qilib olgan islomiy o’lkalarda musulmon farzandlari Islom dini asoslaridan boxabar bo’lib qolmasliklari uchun bu o’lkalarning barcha sohalariga aralashgani kabi ta’lim sohasining ham ikir-chikirlarigacha aralashdi.
Musulmon farzandlariga o’z dunyoqarashidan kelib chiqqan saqofatni singdirishga, hatto hech qanday ehtiyoj bo’lmagan holda yigit-qizlarni aralash ta’lim olishlarini joriy etib, musulmon farzandlarini mayl-istaklarini ham o’zgartirishga qattiq intildi.
Buning natijasida esa yigitlardan g’ayirlik, qizlardan esa or-nomus, iffat ko’tarilib ketdi. Hozirgi kunda kapitalistik asosda ta’lim berilayotgan barcha ta’lim muassasalarida (bolalar bog’chasidan tashqari) yoshlar orasida buzuqchilik, turmushga chiqmagan o’quvchi qizlar orasida xomiladorlik holatlarini ko’payib ketayotgani ham aynan mana shu aralash ta’lim olib kelgan balolardan boshqa narsa emas.
Bundan tashqari barcha ishlarini sof moddiy manfaat ustiga barpo etadigan va beradigan ta’limida ham shu jihatni ustun qo’yadigan G’arb saqofati natijasida ota va farzand, aka va uka o’rtasidagi mehr oqibat ko’tarilib ketdi. Bugungi kunda etimxonalar, qariyalar uyi o’z yaqinlari voz kechgan bolalar va qariyalar bilan to’lib ketdi. Bularning barchasi faqatgina shu dunyoda yaxshi yashab qolish tushunchasi asosida shakillashtirilgan ta’lim dasturining natijasidir.
Mazkur muommolardan qutulish uchun G’arb saqofati bilan sug’orilgan aralash ta’lim dasturidan butunlay voz kechish, Allohning roziligini ota-ona roziligi bilan bog’lovchi, qarindosh-urug’chilik rishtalarining uzishni Allohning rahmatidan bebahra qilishga olib boruvchi gunoh, dayuslik Allohning jannatidan mahrum etuvchi amal sifatida baholanuvchi islomiy ta’lim-tarbiya asosiga qaytishlik bilan amalga oshadi.
Bu esa, bizlardan avvalo o’zimizning dunyoqarashimizni o’nglashimizni, so’ng nega farzangdarimizdan Al Buxoriy, ibn Sino, Beruniylar kelib chiqmay, aksincha lezbiyanka va geylar kelib chiqa boshlagani. Nega bu kabi unsurlar girdobidagi farzanglarimiz o’zlarini jamiyatga mag’rur e’lon qila boshlaganlari. Ertaga mening farzandim xam shulardan ta’sirlanib, o’z jinsidan bo’lgan insonga turmushga chiqishni e’lon qilib qolsa nima qilaman deb fikirlashimiz lozim ekaniga olib boradi. Bu fikrlash bizni, yuqoridagi muammolarda ta’lim siyosatining salmoqli xissasi bor ekanini angtadi.
Faqat ana shundagina o’sib kelayotgan yosh avlod ishlarini moddiy manfaat asosiga emas, balki savob va gunoh asosiga barpo etadi va o’zi egallagan ilm va ma’rifatni jamiyat rivoji uchun sarflashga o’rganadi. Buning natijasida esa jamiyatda xotirjamlik, o’zaro mehr-oqibat qayta tiklanadi, insha Alloh.