Isroil G’azoni bombalamoqda

454
0

344797 So’nggi kunlarda bosqinchi yahudlarning Falastin xalqiga qarshi shafqatsiz hujumlari yanada ortdi. Isroilning harbiy samalyotlari G’azo bo’lkasini havodan bombalamoqda. Avtomobillar va uylarni nishonga olgan hujumlar oqibatida tinch fuqarolar, hatto yosh go’daklar ham halok bo’lyapti. Falastin sog’likni saqlash vazirligini so’zchisi Ashraf Qudraning bildirishicha, shu kungacha Isroil hujumi oqibatida o’lganlarning soni 49 nafarga etdi, yaralanganlarning soni esa 450dan oshdi. Ashraf Qudraga ko’ra, o’lganlar orasida ayollar va bolalarning soni talaygina. Isroildan otilgan raketaning Dayrul Balahdagi bir uyga kelib tushganligi sababli bir ona va to’rt nafar go’dak farzandi hayotdan ko’z yumdi. Bunday hodisalar juda ko’p uchramoqda. Bir necha kun avval bomdod nomozi uchun uyidan chiqqan 16 yoshli Muhammad Hudayr yahudiylar tarafidan o’g’irlab ketilib tiriklayin yoqib yuborilgan edi.

 Butun dunyo televizorlar qarshisida futbol bo’yicha jahon chempionati musobaqalarini tomosha qilayotgan bir paytda Falastin xalqi – armiyasi emas – ko’chalarga chiqib Isroil armiyasining hujumlariga qarshi turipti. Ular jonli qalqon sifatida uylari va bolalarini himoya qilishmoqda. Kecha Isroil armiyasiga qarashli F-16 qiruvchi samolyot o’z uylarini vayron qilinishiga qarshi bir binoning ustida jonli qalqon bo’lib turgan tinch fuqarolarni nishonga oldi. Hujum oqibatida 7 kishi, jumladan ikki go’dak hayotdan ko’z yumdi, 25 kishi og’ir jarohatlandi. Isroil armiyasi “biz uylarni nishonga olishdan avval uylarni bo’shatib qo’ying, deb ogohlantirganmiz”, deya o’zlarini oqlashmoqda. Isroil radiosi hujumdan avval uy egalari telefon orqali uydan chiqib turishlari haqida ogohlanrilganligini xabar qildi.

 Isroillik mas’ullar uch kun ichida qilingan hujum hisobotini ochiqladi. Isroil davlat radiosining bir harbiy mas’ulga tayanib xabar qilishicha, G’azoga qilingan hujumda uch kun ichida 400 tonna bomba otilgan. Isroil armiyasi tarafidan berilgan yozma bayonotda G’azodagi 440ta nuqtaga zarba berilgani aytiladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.