Ukrainada 250 kishi halok bo’ldi

412
0

bilol Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko harbiy amaliyotlarni to’xtatish qarorini uzaytirish fikridan qaytganidan so’ng Ukraina armiyasi bilan rossiyaparast ayirmachilar o’rtasida shiddatli janglar boshlanib ketdi. Ukraina harbiylari rossiyaparast kuchlar joylashgan sharqiy mintaqalarga keng qamrovli amaliyot boshladi.

 Ukraina prezidenti Poroshenko ayirmachilar tarafidan tartib buzilganligi tufayli 20 iyunda e’lon qilingan “vaqtinchalik o’t ochishni to’xtatish qarori”ni uzaytirmasligini, balki terrorga qarshi kurash amaliyotlarini takror boshlashini bildirdi.

 Ukraina prezidentining rasmiy saytida Poroshenkoning “Yerlarimizni tozalaymiz. “o’t ochishni to’xtatish qarori”ni uzaytirmaslik bilan tinch insonlarimizga nisbatan kuch ishlatgan, davlat iqtisodini falaj holatiga keltirgan, ishchilar va nafaqaho’rlarni maoshlaridan mahrum qilgan, kanallar va temir yo’llarni vayron qilgan, vatandoshlarimizning tinchini buzgan terroristlar va buzg’inchilarga o’z javobimizni beramiz”, degan so’zlari keltirildi.

 Ukraina parlamentining so’zchisi Aleksandr Turchinov tarafidan berilgan bayonotda esa hukumat rossiyaparast ayirmachilarga qarshi “terrorga qarshi kurash” amaliyotini qayta boshlaganligini ochiqlandi.

 “Ukraina qurolli kuchlari terroristlarning bazalari va saqlangan joylariga xujum boshladi”, dedi Turchinov.

 “Union” axborot agentligi tarqatgan xabarga ko’ra, 25-artelliyachi otryad Slavyansk shahridagi ayirmachilarning mashg’ulot lagerini bombalagan. Hujumda 250 nafarga yaqin rossiyaparast kuchlar halok bo’lgani aytilmoqda. Kramotorsk shahridagi to’qnashuvda esa bir xalq avtobusi ikki o’t orasida qolib ketishi natijasida tinch aholidan 4 kishi hayotdan ko’z yumib, 5 kishi yaralandi.

 Ayirmachi kuchlar Slyavyansk shahrida amalga oshirgan hujumda chegarachilarning zirxli avtoulovini nishonga olishdi. Raketa bilan urilgan avtoulovdagi 6 kishi yaralangani aytilmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.