Qozog’istonda Hizbut Tahrir a’zolariga hukm o’qildi

534
0

01-4_31f8d7df Qozog’istonning Olma-Ota shahrida Hizbut-Tahrir uyushmasiga a’zolikda ayblanib hibsga olingan besh kishiga 6 va 7,5 yil orasida qamoq jazosi belgilandi.

 Olma-Ota mahkamasining so’zchisi Kuandk Yeshimet “Novosti-Kazaxstan” axborot agentligiga bergan intervyusida besh kishining mamlakatda faoliyati ta’qiqlangan Hizbut-Tahrirga a’zoligi da’vosi bo’yicha uzoq vaqtdan buyon davom etib kelayotgan mahkama jarayoni tamomiga etganligini bildirdi. Kuandk Yeshimetning bildirishicha, aybdor deb topilgan besh kishiga 6 va 7,5 yil orasida qamoq jazosi belgilangan.

 Mahkama so’zchisi Hizbut-Tahrir uyushmasiga a’zolikda ayblangan kishilarga guvohlarning so’zlari va video tasmalardagi qaydlarga ko’ra jazo belgilanganligini ta’kidlab o’tdi. Shuningdek u qozog’iston fuqarolari bo’lgan Muhit

 Musaxojanov, Erbolat Ospanov Kuanish Botbaev, Onlasn Duysenbay va Ashat Sarsambaevlarga qo’yilgan ayblar o’z isbotini topganligini bildirdi. So’zchining aytishicha, yuqorida nomi zikr qilingan shaxslar Olma-Ota shahridagi ikki yig’ilishga ishtirok etib, amaldagi konstitutsion tuzumni kuch ishlatish yo’li bilan o’zgartirishga uringan.

 Olma-Ota prokraturasi Musaxojanov Muhitni Hizbut-Tahrirning Olma-Otadagi lideri bo’lgan, deya ta’rifladi. Uning ochiqlashicha, Musaxojanov, Ospanov va Sarsambaevlarning uylarida o’tkazilgan tintuv jarayonida Hizbut-Tahrir uyushmasiga oid hujjatlar topilgan.

 Olma-Ota shahar mahkamasi Musajonovga 7 yil, Ospanov, Votbaev va Sarsambaevga 6 yildan qamoq jazosi belgiladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.