Muborak ramazon oyini (hilolini) kuzatish natijasi e’loni

573
0

загруженное1 (1)Muborak ramazon oyini (hilolini) kuzatish natijasi e’loni

A’uzu billahi minash shaytonir rojim

«Ramazon oyidirki, bu oyda odamlar uchun hidoyat bo’lib va hidoyat va furqon (haq bilan botilni ajratguvchi)ning ochiq oyatlari bo’lib Qur’on nozil qilingan. Bas, sizlardan kim bu oyga hozir bo’lsa, ro’za tutsin. Va kim xasta yoki musofir bo’lsa, u holda (ro’za tutolmagan kunlarining) sanog’ini boshqa kunlarda (tuzalgach yoki safardan qaytgach) tutadi. Alloh sizlarga engillikni istaydi, sizlarga og’ir bo’lishini istamaydi. Bu sanoqni to’ldirishingiz va hidoyat qilgani sababli Allohni ulug’lashingiz uchundir. Shoyad shukr qilsangiz» [Baqara 185]

Allohga hamd bo’lsin. Allohning Rosuliga, ul zotning oilalari, sahobalari va ul zot bilan do’st bo’lganlarga hamda ul zotga ergashib, yo’lidan yurgan, Islom aqidasini o’zining fikratiga asos qilib olgan, shar’iy ahkomlarni esa amallariga o’lchov va hukmlariga manba qilgan zotlarga salotu salomlar bo’lsin, ammo ba’d:

Buxoriy o’zining sahihida Muhammad ibn Ziyod orqali ushbu hadisni keltirdi. Muhammad ibn Ziyod aytadi, men Abu Hurayra Gning Nabiy A yoki Abu Qosim A bunday dedilar, deganini eshitgandim:

«صُومُوا لِرُؤْيَتِهِ وَأَفْطِرُوا لِرُؤْيَتِهِ فَإِنْ غُبِّيَ عَلَيْكُمْ فَأَكْمِلُوا عِدَّةََ شَعْبَانَ ثَلاَثِينَ»

«Oyni ko’rib ro’za tutinglar (ro’zani boshlanglar), oyni ko’rib og’iz ochinglar (ro’zani tugatinglar), agar havo bulut bo’lsa, sha’bon oyining sanog’ini to’la o’ttiz kun qilinglar».

Jumadan shanbaga o’tar kechasida muborak ramazon oyini kuzatilgandan keyin oyni shar’iy ko’rish bilan ko’rilgani o’z isbotini topmadi. Shunga ko’ra, demak, ertaga shanba kuni insha Alloh sha’bonni to’liq oxiriga etkazilib, o’ttiz kun qilinadi va ertasi yakshanba kuni muborak ramazon oyining birinchi kuni bo’ladi.

Shu munosabat bilan bizga Hizb ut-Tahrir amiri ulug’ olim Ato ibn Xalil Abu Roshtadan – u kishini Alloh O’z hifzu himoyasida asrasin – quyidagi nutq keldi:

(Bismillahir Rohmanir Rohim Allohga hamd bo’lsin. Allohning Rosuliga, ul zotning oilalari, sahobalari va ul zot bilan do’st bo’lganlarga salotu salomlar bo’lsin, va ba’d:

Da’vatni ko’tarib chiqayotgan sodiq, muxlis birodarlarga…

Yer yuzining barcha joylaridagi butun musulmonlarga…

Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh…

Men Alloh Subhanahudan musulmonlarning tutgan ro’zalarini, ibodatda qoim bo’lishlarini qabul qilishini so’rab qolaman. Alloh Subhanahu barchamizni oldin qilgan gunohlarimizni Nabiy A aytganlaridek mag’firat qilsin. Nabiy A Buxoriy va Muslim Abu Hurayradan rivoyat qilgan hadisda bunday dedilar:

«مَنْ صَامَ رَمَضَانَ، إِيمَانًا وَاحْتِسَابًا، غُفِرَ لَهُ مَا تَقَدَّمَ مِنْ ذَنْبِهِ»

«Kimki ramazon ro’zasini imon bilan va ajr umid qilib tutsa uning oldingi gunohlari mag’firat qilinadi». Abu Hurayra Gdan qilingan boshqa rivoyatda esa Rosululloh A bunday dedilar:

«مَنْ قَامَ رَمَضَانَ إِيمَانًا وَاحْتِسَابًا، غُفِرَ لَهُ مَا تَقَدَّمَ مِنْ ذَنْبِهِ»

«Kimki ramazonda imon bilan va ajr umid qilib qoim bo’lsa uning oldingi gunohlari mag’firat qilinadi».

Hurmatli birodarlar, Alloh Subhanahu hijratning ikkinchi yilida sha’bon oyida ramazon oyi ro’zasini farz qildi. Bu oy Alloh Qur’onni nozil qilgan oydir.

«Ramazon oyidirki, bu oyda odamlar uchun hidoyat bo’lib va hidoyat va furqon (haq bilan botilni ajratguvchi)ning ochiq oyatlari bo’lib Qur’on nozil qilingan» [Baqara 185]

Bu oy Alloh Ummatni nusrat va aniq fath bilan ikrom qilgan oy hamdir. Chunki katta Badr jangi ramazonning o’n ettinchisida bo’lgan. O’shanda mushriklar katta mag’lubiyatga uchrashgan… Ana shundan keyin bu ulug’ oyda boshqa hal qiluvchi janglar bo’lib o’tdi. Hijratning sakkizinchi yili muborak ramazon oyining yigirmanchisida ro’y bergan Makkai Mukarrama fathidan boshlab hozirgi Kufa shahrining yaqinida – u fors Yarmukidir – bo’lib o’tgan Buvayb jangigacha shu ulug’ oyda bo’ldi. Hijriy 31 yil 14 ramazonda bo’lib o’tgan o’sha jangda musulmonlar Musanno qo’mondonligida g’alaba qozondilar. Ana shundan keyin hijriy 223 yil 17 ramazonda Mo”tasim qo’mondonligida Amuriya fath etildi. Hijriy 658 yil 25 ramazonda esa musulmonlar mo’g’ul-tatarlarni mag’lub etgan Ayn Jolut jangi bo’lib o’tdi. Bu ulug’ oyda bundan boshqa g’alabalar ham bo’ldi…

Ro’za shunday qilib oldidan ham, ortidan ham botil yaqin yo’lolmaydigan Qur’oni Karim bilan hamda fath va nusrat bilan bog’landi… Ro’za jihod bilan ham bog’landi… Ro’za yana Alloh hukmlarini tatbiq etish bilan bog’landi… Alloh Subhanahu hukmlari bir-biridan aslo ajralmasligi ko’zi va basirati (qalb ko’zi) bor har bir kishiga ma’lumdir. Ibodatlar bo’lsin yoki jihod, muomalalar, axloq, suluk bo’lsin yoki hadlar va jinoyatlar bo’lsin, bularning barchasi bitta mishkot-manbadandir. Kimki Kitobi Karim oyatlarini va hadisi shariflarda kelgan nususlarni tadabbur qilsa buni aniq ko’radi. Musulmon Zikrul Hakim oyatlaridan ushbu oyatni tilovat qiladi

«Namozni to’kis ado qiling» [Baqara 43]

Ushbu oyatni ham tilovat qiladi:

«Ular o’rtasida Alloh nozil qilgan narsa bilan hukm qiling» [Moida 49]

Bu oyatni ham tilovat qiladi:

«Sizlarga ro’za tutish farz qilindi» [Baqara 183]

Ushbuni ham tilovat qiladi:

 «Sizlarga jang qilishingiz farz qilindi» [Baqara 216]

U shuningdek haj haqida Rosululloh A hadislarida quyidagini ham o’qiydi:

«خُذُوا عَنِّي مَنَاسِكَكُمْ»

«Manosik (haj ibodat)laringizni mendan (ta’lim) olinglar». Bu hadisni Bayhaqiy o’zining Sunan kubrosida Jobirdan chiqardi. Musulmon hadlar haqida ushbuni ham o’qiydi:

«خُذُوا عَنِّي، خُذُوا عَنِّي، قَدْ جَعَلَ اللهُ لَهُنَّ سَبِيلاً، الْبِكْرُ بِالْبِكْرِ جَلْدُ مِائَةٍ وَنَفْيُ سَنَةٍ، وَالثَّيِّبُ بِالثَّيِّبِ جَلْدُ مِائَةٍ، وَالرَّجْمُ»

«Mendan olinglar, mendan olinglar, Alloh ularga bir yo’lni belgiladi. Uylanmagan yigit bokira qiz bilan zino qilsa yuz darra urilib bir yilga surgun qilinadi. Uylangan kishi juvon bilan zino qilsa yuz darra urilib toshbo’ron qilinadi». Bu hadisni Muslim Uboda ibn Somitdan chiqardi. Musulmon muomalalar haqida ushbuni o’qiydi:

«البَيِّعَانِ بِالخِيَارِ مَا لَمْ يَتَفَرَّقَا -أو قال حتى يتفرقا-»

«Bir biri bilan oldi-sotdi qiluvchi ikki kishi modomiki ajralib ketishmagan bo’lsa – yoki to ajralib ketgungacha, dedi – ixtiyorlidir». Bu hadisni Buxoriy Hakim ibn Hizomdan chiqardi. U shuningdek xalifaga bay’at berish haqida quyidagini o’qiydi:

«وَمَنْ مَاتَ وَلَيْسَ فِي عُنُقِهِ بَيْعَةٌ، مَاتَ مِيتَةً جَاهِلِيَّةً»

«Kimki bo’ynida bay’at bo’lmagan holda o’lsa johiliyat o’limini topibdi». Bu hadisni Muslim Abdulloh ibn Umardan chiqardi. Shunday qilib demak Islom juzlarga bo’linmaydigan bir butundir. Shuning uchun uni davlat, hayot va jamiyatda tatbiq etish uchun unga da’vat ham bittadir. Demak kimki din hayotdan ajralgan yoki din siyosatdan ajralgan deb Alloh oyatlarini bir-biridan ajratib tashlaydigan bo’lsa gunohi azim va juda katta jinoyat qilibdi. Bunday gunoh va jinoyat o’z sohibini dunyoda rasvolik, oxiratda esa alamli azob sari olib ketadi.

So’zim nihoyasida shuni aytmoqchimanki, Alloh Subhanahu Baqara surasidagi besh ro’za oyati orasida duoni zikr qildi. Alloh Subhanahu bunday dedi:

«Bandalarim sizdan (ey Muhammad) Men haqimda so’rasalar, Men ularga yaqinman. Menga duo qilgan paytlarida duogo’ylarining duosini ijobat qilaman. Bas, haq yo’lga yurishlari uchun (ular ham) Mening (da’vatimga) javob qilsinlar va Menga imon keltirsinlar» [Baqara 186]

Bir-biriga qattiq aloqador bu ikki narsani alohida keltirish alohida keltiruvchining azamatiga bir dalildir. Chunki Alloh Subhanahu ro’zaga buyurgandan keyin duoga ham buyurdi. So’ng duo sha’nini ulug’lash uchun ro’za oyatlarini mukammal oxiriga etkazdi. Shuning uchun ramazonda duoni ko’p qilinglar. Zero Rosululloh A Ahmad Abu Hurayradan rivoyat qilgan hadisi sharifda bunday deganlar:

«ثَلَاثَةٌ لاَ تُرَدُّ دَعْوَتُهُمْ: الإِمَامُ الْعَادِلُ، وَالصَّائِمُ حَتَّى يُفْطِرَ، وَدَعْوَةُ الْمَظْلُومِ تُحْمَلُ عَلَى الْغَمَامِ، وَتُفْتَحُ لَهَا أَبْوَابُ السَّمَاوَاتِ، وَيَقُولُ الرَّبُّ عَزَّ وَجَلَّ: وَعِزَّتِي لَأَنْصُرَنَّكَ وَلَوْ بَعْدَ حِينٍ»

«Uch kishining duosi rad etilmaydi: odil imom-xalifaning, ro’zadorning to og’zini ochguncha va mazlumning duosi. Bu duolar bulutlar uzra ko’tariladi, ularga samovot eshiklari ochiladi, Robb Azza va Jalla bunday deydi: Izzatimga qasamki, senga bir oz vaqtdan keyin bo’lsa ham albatta yordam beraman». Demak duoning ro’za oyatlari orasida zikr etilgani ro’za oyida uni ko’p qilishga undashga dalolatdir hamda duo fazlining bayoni va ijobat qilinishi haqidagi bashoratdir. Zero Alloh yaqin, ijobat qiluvchi Zotdir.

Va eng oxirida shuni aytamanki, Alloh bizdan rozi bo’lishi va oldingi gunohlarimizni mag’firat qilishi uchun ro’zaga haris bo’lishimiz vojib bo’lganidek, roshid Xalifalikni tiklab islomiy hayotni qayta boshlashga harakat qilishga ham shunday haris bo’lishimiz vojibdir. Chunki biz o’shandagina Alloh hukmlarini tatbiq etib dunyoda zafar topuvchilardan, Rosululloh Aning royasi, Uqob royasi, La ilaha illalloh Muhammadur Rosululloh royasi soyasida yashovchilardan bo’lamiz. Biz Alloh Subhanahu izni ila oxiratda ham zafar topuvchilardan, hech qanday soya bo’lmaydigan, faqat U Zotning soyasigina bo’ladigan kunda U Zotning soyasida soyalanuvchilardan bo’lamiz. Natijada dunyo va oxirat hovlisida zafarga erishamiz. Bu esa buyuk zafardir.

Vassalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh

Birodaringiz Ato ibn Xalil Abu Roshta – Hizb ut-Tahrirning amiri) tamom.

Alloh Hizb ut-Tahrir amiri ulug’ olim Ato ibn Xalil Abu Roshtaga bu go’zal so’zlar va sidqidildan qilingan murojaat uchun barakot eto etsin… Men shuningdek, Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot bo’limi raisining va matbuot bo’limi xodimlarining mana shu ulug’ oy munosabati bilan Hizb ut-Tahrir amiri ulug’ olim Ato ibn Xalil Abu Roshtaga va barcha musulmonlarga yo’llagan tabrigini etkazishdan ham baxtiyorman. Alloh Subhanahudan bizni ushbu fazilatli ramazon oyida do’zaxdan ozod etilgan bandalar jumlasidan qilishini hamda Laylatul Qadrda hozir bo’lgan va uning ajriga erishgan zotlardan qilishini so’rab qolaman…

Ey barcha joydagi musulmonlar… Mana Alloh bizga marhamat ko’rsatib bizni muborak ramazon oyiga, toat-ibodatlar, fath va g’alabalar oyiga etkazdi. Shunday ekan Allohga o’zingizdan bir yaxshilikni ko’rsating, Alloh Subhanahuga taqarrub hosil qilishda jiddu jahd qiling. Biz sizlarni buyuk pozitsiyani egallashga chaqiramiz. Zero bunday pozitsiya Robbul olaminni rozi qiladi, zimmani poklaydi, Ummatni u aziyat chekayotgan musibatlardan xalos qiladi, uning shavkatini sindirish, ustidan zo’ravonlarcha hukmronlikni saqlab qolish va davlatining hayot maydoniga yana qaytishiga yo’l qo’ymaslik maqsadida unga qarshi qilinayotgan olamiy til biriktiruvdan uni xalos qiladi… Mana hozir Iroqda falokatlar yuz bermoqda, Suriyada musulmonlar ustiga itdek tashlanishmoqda, Falastinda Aqso Masjidi bosqinchilar zo’ravonligi ostida asirlikda qolmoqda, Markaziy Afrikada esa musulmonlar qirg’in qilinmoqda, boshqa yurtlarda ham bosqinchilar izg’imoqda, qirg’in, quvg’in, hurmat va muqaddas narsalarni poymol qilishlar yuz bermoqda. Agar musulmonlarning Xalifaligi bo’lganida edi bu fojialar aslo yuz bermagan bo’lardi. Agar musulmonlarning ishlarini g’amxo’rlik bilan boshqaradigan, ularni va manfaatlarini sergak turib himoya qiladigan bir xalifasi bo’lganida edi bu fojialar aslo yuz bermagan bo’lardi…

Shuning uchun biz sizlarni Hizb ut-Tahrir a’zolari bilan birgalikda Islom va musulmonlar daxlsizligining himoyachisi bo’lmish Xalifalikni, Robbimiz va’dasi va Nabiyyimiz A bashorati bo’lmish Xalifalikni tiklab Allohning dinini hayot maydoniga qaytarish uchun bor kuch va tezlik bilan harakat qilishga chaqiramiz…

Ey musulmonlar: Biz Ummatning muxlis farzandlarini Islomiy Ummatga qarshi to’qilayotgan fitna to’rlaridan, tazyiq, qamal va til biriktiruvdan ogohlantirib kelyapmiz. Bu fitna to’rlaridan maqsad musulmonlarni o’z dinida tubanlarcha yon berishga, natijada adovatli, makkor G’arb qarshisida tiz cho’kishga majburlashdir. Shuning uchun qaroringiz uzil-kesil, keskin va aniq bo’lsin, tiz cho’ktirish maqsad qilingan makkorona «yordam»larga yo’q deng, dushman bilan aloqalarni yaxshilash maqsad qilingan harom pullarga yo’q deb ayting… Ey musulmonlar, xiyonatkor G’arb echimlarini keskin rad eting, oldi-sotdi, malaylik va xiyonat fitnalarini bo’g’ib tashlang, mehmonxonalarda ag’anab yotgan aldamchi oppozitsiyalarni ag’darib tashlang… ularning demokratiya degan soxta narsalarini ham, usti yaltiroq madaniyatlarini ham aslo qabul qilmang. Zo’r kuch va baland ovoz bilan roshid Islomiy Xalifalikni baralla e’lon qiling. Xalifalikda Qur’oni Karim dastur (konstitutsiya), ulug’ shariat qonun va Payg’ambarimiz Muhammad A siyrati tariqat va minhoj bo’ladi…

Mana sizning hizbingiz bo’lmish Hizb ut-Tahrir qizib borayotgan fikriy kurash va siyosiy olishuvga kirib sizlarga makkor G’arbning rejalarini fosh qilib bermoqda, sizlarga Islomning mustaqim yo’lini aniq ko’rsatib bermoqda. Shunday ekan o’zingizning pokiza qo’lingizni uning qo’liga bering. Shoyad Alloh bizning qo’limizda nusrat va g’oliblikni bitib, Islomiy Xalifalikni tiklasak. Shoyad Alloh Hizb ut-Tahrir amiri, ulug’ olim Ato ibn Xalil Abu Roshta qo’lida aniq fathni bitsa. Natijada unga xalifa sifatida Allohning Kitobi va Ulug’ Payg’ambari Sunnati asosida bay’at berasiz. Xalifalikda Allohning hanif shariatini qoim qilasiz va Islom da’vatini butun olamlarga hidoyat mash’ali sifatida ko’tarib chiqasiz.

Ey armiya zobitlari, ey quvvat egalari, ey qudrat egalari, shuni yaxshi bilinglarki Alloh O’z diniga albatta yordam beradi. Shunday ekan bu buyuk sharafni qo’ldan boy bermaslik uchun Ummat safiga qo’shiling. O’shanda Alloh roziligiga, dunyo va oxirat azizligiga erishib zafar topasiz.

Allohim, osmonlar va er Robbisi, bizni yaqinda tez orada ikkinchi to’g’ri yo’lni tutuvchi Xalifalikda musulmonlar xalifasiga bay’at berish bilan sharaflantir…

Allohim omin, omin, omin. Vassalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh

Shanba kuni hijriy 1435 yil sha’bon oyining oxirgi o’ttizinchi kuni.

Usmon Baxxosh

Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot bo’limi raisi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.