Merkel, Olland, Poroshenko va Putin Ukrainadagi vaziyatni muxokama qilishdi

0
367

Merkel, Olland, Poroshenko va Putin Ukrainadagi vaziyatni muxokama qilishdi

“Agence France-Presse” axborot agentligining xabar qilishicha, Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko, Frantsiya davlat rahbari Fransua Olland, Germaniya kantsleri Angela Merkel va Rossiya prezidenti Vladimir Putin to’rt tomonlama telefon konferentsiyasi davomida Ukrainadagi vaziyatni muhokama qilishgan.

 “Olland va Merkel Rossiya Senatining Ukraina hududida rus harbiylaridan foydalanish huquqini Putindan qaytarib olish to’g’risidagi qarorini qayd etib, Ukraina janubi-sharqidagi nizoni barqarorlashtirish uchun tashlangan “birinchi qadamlar”dan qoniqish hosil qilganini bildirdi”, – deyiladi xabarda.

 Bundan tashqari, Frantsiya va Germaniya Putin va Poroshenkoni o’t ochishni to’xtatishni tekshirish dasturini amalga oshirishga va Rossiya-Ukraina chegarasidagi faoliyat ustidan nazorat o’rnatishga chaqirdi.

Xabar qilinishicha, bu ishlar uchun Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti vakillari jalb etiladi.

Izohlar yo'q