Qirg’izistonning O’sh viloyatida Xizb – ut –Tahrir a’zosi singlimiz Maxfuzaxon olamdan o’tdi

411
0

Nature___Flowers__040140_29Payg’ambarimiz (s.a.v.) deganlar:-“ Dunyo ayollari uch toifa bo’ladi….Soliha ayol ki u zamon qiyinchiligida eriga yordam beradi. Uni kӯrgan vaqtda erining kӯzi quvnaydi. U erining omonatlariga vafodor, erining g’oyibini saqlaydigan ayoldir. Undaylarni kam topasizlar”.

Bugun 12 iyun kuni Islom ahli yana bir yo’qotishga uchradi. Hizbut Tahrirning faol a’zosi, uch farzandning onasi, erining quvonchiyu tashvishlarida hamdam, taqvodor, pokiza, iffatli singlimiz Mahfuzaxon boqiy dunyoga qaytdilar.

Payg’ambarimiz (s.a.v.)dan “Qaysi odamlar fazilatliroq? ”deb so’ralgan edi: Qalbi toza, tili rostgo’y odam:, deb javob berdilar.”Tili rostgo’yniki-ku bilamiz,qalbi toza qanday bo’ladi?, deb so’rashgan edi: ”U bir taqvodor pok insonki, unda na bir jinoyat, na bir zo’ravonlik, na bir kina va na bir xasad bor”, deb javob berdilar.

Mahfuzaxonda aynan shu fazilatlar bor edi. Uning qalbi shu darajada beg’ubor ediki, hayot qiyinchiliklari, odamlardagi yomon xislatlar uning beg’uborligiga zarracha ta’sir qilolmadi. Ayniqsa er-xotin janjallashib qolganda, ayollarga qattiq pand-nasixat qilar, ”Eringni rozi qilolmasang jannatga kirolmaysan birodar “deb dardlariga malham bo’la olardi. Va gumonimiz yo’qki, o’zida xam shu xislatlar bor edi. Ikki kun oldin telefonda gaplashganimizda: ”Birodarlar meni xaqqimga duo qilinglar,sizlarga o’xshab yana halqalarimga borib darslarimni davom etkizay ,o’sha ishlarimni rosa sog’indim” degan edi . Hizbni ishlarida peshqadam, ayol kishi bo’lsa ham vadalarga vaqtida kelar, yomon ishni ko’rsa o’sha zahotiyoq muhosaba qilar, o’ziga nasihat qilsang darrov ko’ziga yosh oladigan qalbi yumshoq ayol edi. Biror muammoga yo’liqsa, birinchi ishi “Opajon bu ishim shariat bo’yicha qanday echilar ekan”deb doimo izlangan hizbiya edi.

Ey Allohim biz ojizalarni ko’rib turibsan, O’zingdan doimo yaxshiliklarni umid qilamiz. Bizni ham yaqin kunlarda tikkalanadigan Xalifalik Davlatiga ozmi-ko’pmi hissamiz qo’shilib qolishligini nasib qilgin. Hukmingni eshitganda”Labbay Allohim”deya harakat qilayotgan muslimalar safida qilgin. Saflarimizda “Mahfuza”larni ko’paytirgin. Birodarim-singlimni jannati “firdavs”da onalarimiz Xadicha, Oisha…..Fotima (roziallohu anho)lar bilan birga qilgin, Omiin!

-“Albatta, iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlar uchun Firdavs bog’lari manzil bo’lur. Ular u joylarda mangu qolar ekanlar, (boshqa biron joyga)ko’chishni istamaslar”. (18:107,108)

Barcha xamdu-sanolar butun olamlar robbisi Allohga xosdir.

Ummu Anis.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.