Human Rights Watch Jahon Bankini O’zbekiston paxta tarmog’ini moliyalashdan voz kechishga chaqirdi

405
0

55915-640x480-100-0-634629136130000000-thumb-354x266 Inson huquqlarini muxofaza qiluvchi Human Rights Watch xalqaro tashkiloti Jahon Bankini bolalar va kattalar majburiy mehnatidan keng ko’lamda foydalaniladigan O’zbekiston paxta sanoatini rag’batlantiruvchi loyihalarini moliyalashni to’xtatishga chaqirdi.

 Jahon Banki boshqaruv kengashi 10 iyun kuni O’zbekiston qishloq xo’jaligini moliyalash, xususan irrigatsiya sohasida amalga oshirilishi ko’zlangan loyihalar uchun 260 million dollar miqdorida pul ajratish masalasini ko’rib chiqdi.

 “Jahon Banki O’zbekistondagi moliyalashtirish sohasi rivojida juda muhim rol o’ynaydi, lekin bu bank majburiy mehnatdan foydalanadigan tizimni qo’llab-quvvatlamasligi kerak. Garchi bank majburiy mehnatni bartaraf etish bo’yicha bir qator choralarni ilgari surgan bo’lsada, ammo o’zbek hukumati mazkur tizimni islox qilish uchun sezilarli qadamlarni tashlamas ekan bu choralarni amalga oshirib bo’lmaydi”, – dedi Human Rights Watch tashkilotining xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan ishlash bo’yicha katta xodimasi Jessika Evans.

 Human Rights Watch tashkilotining ta’kidlashicha, O’zbekiston hukumati 2013 yilgi paxta yig’im-terimi davrida tahdid va nochor sharoitda bolalar va kattalardan iborat 1 milliondan oshiq aholining majburiy mehnatidan foydalangan.

 Avvalroq, O’zbekiston paxtachiligidagi majburiy mehnatni tugatishni maqsad qilgan o’nlab xalqaro huquq guruhlarini birlashtiruvchi Cotton Campaign koalitsiyasi ham huddi shunday bayonot bilan chiqqan edi.

 Turkiston:

 Mustamlakachi davlatlar, xususan AQSh tomonidan boshqa davlatlarni iqtisodiy mustamlaka qilish uchun tashkil etilgan Jahon banki, Xalqaro valyuta fondi, Osiyo taraqqiyot banki va boshqa moliyoviy tashkilotlar tomonidan mablag’lar va qarzlar faqatgina engil sanoat, qishloq xo’jaligi, madaniyat kabi sohalargagina ajratiladi. Bu sohalarga qancha mablag’ ajratilishidan qat’iy nazar, sarflangan pul hech “qumga singgan suvdek” yo’q bo’lib ketaveradi va o’zini o’zi qoplamaydi hamda mustamlakachilar nazarida “uchinchi olam” deb e’tibor qilinadigan davlatlarni qarz botqog’iga botirib boraveradi. Mazkur tashkilotlar hech qachon og’ir sanoatni rivojlantirish uchun mablag’ ajratmaydi va “uchinchi olam” davlatlariga bu sohani rivojlantirishga yo’l ham bermaydi.

 Garchi Human Rights Watch va Cotton Campaign kabi tashkilotlar O’zbekistonda paxta etishtirishda bolalar va kattalar majburiy mehnatidan foydalanilishi to’g’risida jar solib o’zbek paxtasiga baykot e’lon qilishga charirishsada, ammo o’zbek paxtasining asosiy xaridori bo’lgan Bangladesh mamlakati bu dod-voylarga e’tibor ham bermay kelaveradi. O’zbekistonda etishtirilgan paxta tolasining 65 foizini aynan shu davlat sotib oladi va qayta ishlaydi. Bu mamlakatdagi engil sanoatning asosiy qismini AQSh kompaniyalari tashkil etadi. O’zbekiston bir yilda aholi sog’ligi va hayoti evaziga etishtirgan paxtadan bir milliard dollar foyda ko’radigan bo’lsa, uni xom ashyo bazasiga aylantirib olgan AQSh kompaniyalari undan bir necha o’n barobar ko’proq foyda ko’radi. Shu sababli ham o’zbek hukumati paxta etishtirishda kimdan qanday foydalanganini unga hech qanday qizig’i yo’q.

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.