Ayni vaqtda aviabazada 300ga yaqin AQSh harbiylari xizmatni davom ettirmoqda. Ular 11 iyulga qadar Qirg’izistondan chiqib ketishlari zarur.
Aviabaza komandiri Jon Millardning so’zlariga ko’ra, 12 yillik faoliyati davomida aviabaza hududida qurilgan 200 inshoatni barchasi 3 iyun kuni Qirg’izistonga topshiriladi. Bular bino va inshoatlar, turli xil anjomlar, umumiy qiymati 30 million dollarlik transport vasitalaridan iborat. “Manas” tranzit markazi elektr ta’minotidan uzib bo’lindi. Qolgan ob’ektlar generator yordamida faoliyat yuritmoqda. Aviabazada 300ga yaqin AQSh harbiylari o’z xizmat vazifalarini davom ettirmoqdalar. Ikkitomonlama kelishuvga muvofiq ular Qirg’iziston hududini 2014 yilning 11 iyuliga qadar tark etishlari zarur.
O’z faoliyati davomida “Manas” aviabazasi 33 ming samolyotga havoda yoqilg’i quygan bo’lsa, umumiy hisobda 136 mingta samolyotga xizmat ko’rsatgan. Bu vaqt mobaynida qaryib milliard litr aviatsiya yoqilg’isi sarflangan. Bundan tashqari taranzit markazi 5,5 million “terrorizmga qarshi kurashayotgan” ittifoqchi davlatlarning harbiy xizmatchilarini tashib o’tgan. Bu Afg’onistonga tashlangan harbiylarni umumiy soning 98 foizini tashkil etadi.
“Terrorizmga qarshi kurash ittifoqchilari safiga AQSh, Janubiy Koreya, Salvador, Polsha, Gruziya, Mangoliya va boshqa davlvtlar kiradi. Shunday qilib biz ittifoqdosh 26 davlat harbiy xizmatchilarini Qirg’iziston hududi orqali tashib o’tishga ko’mak ko’rsatdik,” – deya ta’kidlab o’tdi Jon Millard.