2014 yildan so’ng Afg’onistonda 9800 nafar amerikalik harbiy qolishi mumkin

464
0

AQSh Prezidenti Barak Obama Afg’onistonda 2014 yildan so’ng 9800 nafar miqdorda Amerika harbiy kontingenti qolishini ma’lum qildi. 2017 yilning boshiga qadar esa Afg’onistonda bironta ham amerikalik harbiy qolmaydi.

Amerika rahbarining qayd etishicha, Amerikalik harbiylar 2014 yildan ikkita missiyani amalga oshirishadi: Afg’on qurolli kuchlarini tayyorlash hamda Al-Qoida tashkilotiga qarshi kurashishda turli amaliyotlarni olib boradi. Prezidentning qayd etishicha, ayni paytda Amerika harbiylari Afg’oniston hukumati ikkitomonlama xavfsizlik shartnomasini imzolasagina qolishi bilan ogohlantirdi.

Barak Obama AQSh tashqi siyosatida Afg’oniston va Iroqqa haddan tashqari ko’p e’tibor qaratilayotganini va harbiylar olib chiqilgach, boshqa yo’nalishlarga katta e’tibor qaratilishini ma’lum qildi.

Shu yilning yozida o’z lavozimidan ketadigan Hamid Karzay Amerika taklif qilgan shartnomani imzolashdan bosh tortib kelmoqda. U buni yangi prezident qilishi kerakligini aytdi. Hamid Karzaydan farqli ravishda Afg’onistonda prezidentlik saylovida ishtirok etayotgan ikkala asosiy nomzod — Abdulla Abdulla hamda Ashraf G’ani ham mazkur bitimni qo’llab-quvvatlashini ma’lum qildi.

Barak Obamaning qayd etishicha, 2014 yildan so’ng Afg’onistonda AQShning ikkita harbiy bazasi ish olib boradi. 2016 yil oxiriga kelib esa faqatgina AQSh elchixonasi va uning xavfsizligini ta’minlash uchun zarur bo’lgan harbiy kuchlar ushbu mamlakatda qoladi.

Turkiston:

Abamaning aslida boshi qotgan. U va uning mulozimlari tez tez bir biriga teskari bayonotlar bilan chiqa boshlashdi. Bu bir jixatdan boshqa davlatlarni qo’rqitish yoki xavotirga solish maqsadini xam ko’zlagan bo’lishi mumkin. Lekin Islom olamidagi keskin o’zgarishlar va ularning aytib bo’lmas darajada AQShning nazoratidan chiqib, aqilbavvor qilmas siyosiy xarakatlar ketayotgani, bularni o’z pozitsiyalarida barqaror emasliklariga qattiq ta’sir ko’rsatadi albatta.

AQSh O’rta Osiyoda qolish re’jasini ilgari sura boshladi. O’zbekistonda NATOning bosh sekratariyatida O’ Osiyo bo’yicha rasmiy raisi Jeyms Appaturay ishtirokida, 16 may kuni Toshkentda NATOning rasmiy vakolatxonasi ochildi. Bu Afg’onistondagi NATOning texnik uskunalari va xarbiy texnikalarini O’zbekistonga joylash uchun jiddiy qadam bo’ldi. Bu ishlardan ko’zlanayotgan asosiy maqsadlaridan biri,

 O’zbekistonning xarbiy texnikasini modrenizatsiya qilish ekanini ochiq aytishmoqda. Demak AQSh Afg’onistondan chiqib ketmoqchi emas, balki uning bir qismini O’ Osiyoga ko’chirmoqchi. AQSh Rossiyaning Ukrainadan Qrimni tortib olgani va mintaqadagi saqofiy ta’siridan foydalanib Ukrainadagi boshalamonliklarga katta xissa qo’shayotganidan xavotirga tushib qolgan Qozog’iston va O’zbekiston rejimlarining shu xolatlaridan foydalanib qolmoqchi.

 Xulosa qilib aytganda AQShning oldida bir necha variantlar turibdi. Bular Afg’onistonda qolish: buning uchun yangi prizident bilan yangi shartnomalar tuzib olinadi. O’rta Osiyoga ko’chib o’tish: bu yo’lda Rossiya bilan O’ Osiyo mamlakatlarining o’rtalarini buzish ishlari olib borilayapti. Butunlay chiqib ketish: bu xalqaro siyosatga bog’liq yuqorida aytganimizdek.

 Demak AQSh mintaqadan chiqib ketmoqchi emas. Balki vaziyatlardan foydalanib o’z pozitsiyalarini kulay va mustaxkam qilib olmoqchi. Bu NATOni O’ Osiyo bo’ylab ta’sirini kengaytirishga muvaffaq bo’lish bilan bo’ladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.