Sharqiy Turkistonda 25ta muslima qiz qamoqqa olindi

428
0

sss Sharqiy turkistonda 25ta muslima qiz shariatga mos kiyim kiyib maktabga kelganligi uchun Xitoy xavfsizlik kuchlari tarafidan qamoqqa olindi. Qamoqqa olish qaroriga e’tiroz bildirgan xalqqa esa o’q otar qurolni ishga solish bilan javob qaytarildi. Natijada voqea joyida ikki kishi shahid bo’ldi.

Dunyo uyg’ur qurultoyi so’zchisi Dilshod Rashid voqea o’tgan hafta chorshanba kuni Sharqiy Turkistonning Alaxoja shahrida yuz berganligini bildirdi. Rashidga ko’ra, Xitoy mas’ullari doimiy ravishda bu kabi hodisalarni matbuotdan yashirib keladi.

Hodisa quyidagi shaklda yuz bergan: Alaxoja shahrida joylashgan maktabda o’qiydigan uyg’ur qizlar rumol o’rab maktabga kelishgan paytda o’qituvchilar ularning rumollarini majburan echishga urinishgan. Bunga qarshilik qilgan 25 chog’li muslima qizlar Xitoy politsiyasi tarafidan qamoqqa olingan. Voqeadan xabar topgan qizlarning yaqinlari qizlar ushlab turilgan binoning atrofida to’planishib, qizlarning qo’yib yuborilishini talab qilishgan. Tushdan so’ng, soat 16:00 chamasi voqea joyiga Xitoy politsiyasining maxsus guruhlari safarbar etilgan. Ular etib kelishi bilan, to’planib turgan kishilarga o’t ochishi natijasida ikki musulmon uyg’ur hayotdan ko’z yumgan. Hodisada aybdor sanalib yana 80dan ortiq kishi Xitoy politsiyasi tarafidan qo’lga olingan.

22 may kuni Sharqiy Turkistonning poytaxti Urumchida portlashlar yuzaga kelib, xodisada 39 kishi o’lib, 90ga yaqi kishi jarohat olgan edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.