AQShda Isroil va Saudiyaning sobiq razvedka rahbarlari uchrashadi

424
0

assa Isroil va Saudiya arabistoni razvedkasining sobiq rahbarlari Qo’shma shtatlar mezbonligida o’tkazilayotgan Marshall forumida uchrashuv o’tkazadi. Sobiq razvedka rahbarlari ishtiroq etadigan yig’ilishda O’rta Sharqdagi oxirgi vaziyat va xavfsizlik siyosatlari haqida so’z yuritiladi.

 AQSh mezbonligida Germaniyaning Marshall fondi tarafidan tashkil qilingan yig’ilishda asosan Eron yadroviy dasturining mintaqaga ta’siri va O’rta Sharq bitimining kelajagi haqidagi mavzular ko’rib chiqilishi ko’zda tutilgan.

 26 may kuni AQShda o’tkazilishi rejalashtirilgan yig’ilishda Saudiya razvedkasining sobiq rahbari shaxzoda Turki bin Faysal as-Saudiy va Isroil razvedkasining sobiq rahbari general Amos Yadlin so’zga chiqadi va Saudiya – Isroil xavfsizligi muhokama qilinadi. Yig’ilishni esa Voshington Post gazetasining muxbiri Devid Ignatius olib boradi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.